Xalq og’zaki ijodida axloq-odob tarbiyasi masalalarining aks etishi reja: I. Kirish. II. Asosiy qism
Download 50.85 Kb.
|
XALQ OG’ZAKI IJODIDA AXLOQ-ODOB TARBIYASI MASALALARINING AKS ETISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- III.XULOSA. IV. Adabiyotlar ro’yxati. KIRISH
XALQ OG’ZAKI IJODIDA AXLOQ-ODOB TARBIYASI MASALALARINING AKS ETISHI Reja: I.KIRISH. II. ASOSIY QISM. 1. Xalq og‘zaki ijodida yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash 2. Xalq og‘zaki ijodi - dastlabki kitob mutolaasi va mushohadasidir.. 3. Farzand tarbiyasida xalq pedagogikasining aks etishi (ona allasi) 4. Xalq pedagogikasida oila tarbiyasining aks etishi III.XULOSA. IV. Adabiyotlar ro’yxati. KIRISH Mustaqil vatanimizning ertangi porloq yorqin kelajagi uchun har tomonlama yetuk, mukammal, axloqiy pok, ma’naviy ustuvor, iymone’tiqodi butun, o‘z xalqi, o‘z ona vataniga fidoiy, barkamol kishilar yetkazish uchun ular tarbiyasiga alohida ahamiyat bera boshladik. Darhaqiqat, vatan taqdiri, xalq ravnaqi, mustaqil yurtning kelgusi boshqaruvchisi - yangi avlod tarbiyasi birinchi o‘ringa chiqdi. Ushbu vazifani amalga oshirishda asosiy ko‘makchi sifatida, xalqimizning milliy ma’naviy tarixi, milliy qadriyat, an’ana va urf odatlariga tayandik. Xalq pedagogikasi hayotning, tafakkurning, odob-axloq, ta’lim-tarbiyaning hamma jabhasini, barcha muammolarini qamrab olishi bilan xarakterlanadi. Uning oldiga qo‘ygan maqsad vazifasi aniq, ravshan, ayni chog‘da xayrli, savobli va ilohiydir: hayot guli, sarvari, egasi insonni yuksak fazilatlar ruhida tarbiyalashdir1 . Mazkur jarayonda har bir ulg‘ayib borayotgan yosh avlod ong-u, tafakkurida yuksak axloqiy tuyg‘ularni tarkib toptirib borishda, oila va unda yaratilgan ijobiy muhit muhim o‘rin tutadi. Negaki, bolada yuzaga keladigan ijtimoiy xulq-atvor aynan dastlab oilada yuzaga kelishi hech kimga sir emas. Bu xususida fransuz psixologi E. Dyurkgeym, ulg‘ayish - kishilarning his-tuyg‘ularni o‘zlashtirishi ekanligini, shu bois, idrok qilingan tasavvurlar bolaning ruhiy faoliyatini ifodalashini, bolaning tajriba, an’ana, urf-odatlarni taqlid orqali egallashini, biologiyada irsiyat qanchalik ahamiyatli bo‘lsa, taqlid ham jamiyatda shunday o‘rin tutishini aytib o‘tadi. 2 Shunday ekan bolaning tabiat va jamiyat haqidagi dastlabki tasavvurlari bevosita asrlar osha yashab kelayotgan xalq pedagogikasining: ertak, maqol, matal, doston qolaversa ona allasi orqali ongiga yetib borishini barchamiz yaxshi bilamiz. Aynan kamol topib borayotgan murg‘ak vujudda biz yuqorida sanab o‘tgan xalq og‘zaki ijodi yuksak tuyg‘ularni uyg‘otib, hissiy shakllanishida muhim o‘rin tutadi. Xalq og‘zaki ijodida, yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash va tarbiya usullari, insoniy qadriyatlar va yurtsevarlik tarbiyasi; do‘stbirodarlik, ahillik, mehnatsevarlik, kasb-hunarga muhabbat, yaxshilik va yomonlikning, yaxshi va yomon so‘zning oqibati, adolat, halollik va to‘g‘rilik, olijanoblik tarbiyasi, salomlashish, ko‘cha odobi, jamoat va kattalar oldida o‘zini tuta bilish, kitob, ilm-u hunarni ardoqlash, chin insoniy fazilatlar, xislatlar, tarbiyaning barcha tarkibiy qismlari jamlangan. Shuningdek, o‘zbek xalq pedagogikasi an’analarida farzandlarni estetik idroki, hissiyoti va tasavvurlarini rivojlantirish hamda mukammallashtirish; bolalarning badiiy-ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish va kamol toptirish, estetik didini shakllantirish va takomillashtirish; ustoz-shogirdlik an’analarining pedagogik, axloqiyestetik ahamiyati alohida o‘ringa egadir. Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017- yil 12-yanvar kuni “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida"gi farmoni aholining keng qatlamida kitobga muhabbat uyg‘otish va aholi ayniqsa yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda kitoblarning o‘rni naqadar muhim ekanligidan dalolat beradi. Bundan ko‘rinib turibdiki, bolada kitobga muhabbat tuyg‘ulari eng avvalo xalq pedagogikasining: ertak, maqol, matal, doston qolaversa ona allasi orqali ongiga yetib borishi barchamizga ayon bo‘lgan oddiy haqiqatdir. Darhaqiqat, xalqning ko‘p asrlar mobaynida to‘plagan, sayqal bergan ijodiyoti durdonalarining tarbiyadagi roli bebahodir. Xalq donishmandligi ildizidan bahra olib tarbiya ko‘rgan, eng ezgu tilaklari ma’naviy kamolot, madaniyatga borib taqaladigan xalqimiz ruhida bu donishmandlikka hurmat bilan qarash, ergashish, o‘rganish hamisha oldinda bo‘lib kelgan. Biz ajoyib yozuvchilar, olimlarning biografiyalariga nazar tashlar ekanmiz, ularning o‘sib yuksalishi-da, insoniyat tarixida buyuk kishilar bo‘lib yetishishlarida buvi va buvalarning katta hissasi borligini ko‘ramiz. Hamza, Oybek, Hamid Olimjon, G‘afur G‘ulom, Quddus Muhammadiy kabi atoqli adiblarimiz asarlarida xalq og‘zaki ijodiyotining ta’siri beqiyos ekanligini yaxshi bilamiz. Ular bolaligini eslashib bobo - buvilaridan ertak, hikoya va rivoyatlar ichida ulg‘ayganliklarini ko‘p bora eslashgan. Yuqorida sanab o‘tilgan fikrlardan ko‘rinib turibdiki, xalq pedagogikasi na’munalari o‘sib voyaga yetayotgan har bir farzand (bola) hayotida muhim o‘ringa ega. Bugungi globallashuv jarayonlari shiddat bilan kechayotgan, axborot oqimi ortib borayotgan ayni bir zamonda farzandlarimizda qadriyatlarga nisbatan hurmat ruhini saqlab qolish, bu borada otaonaning ya’ni oilaning o‘rni va shu oilada tarbiya topib, ulg‘ayib, voyaga yetayotgan farzandlar qalbida ezgulik sifatlarini uyg‘ota bilish har qachongidan-da dolzarbroq mazmun kasb emoqda. Shunday ekan ota-ona ma’naviyati, ota-ona kitobxonligi, oilaviy badiiy muhit farzand tarbiyasida muhim o‘rin tutishi va farzandlar kamolida birlamchi axloqiy parvozlar aynan xalq pedagogikasi asosida shakllanishini yanada chuqurroq anglashimiz darkor. Ota-onalarga farzanlarining kitobga mehr qo‘yishida ularga bolalikdanoq (ona qornidaligida) ibratli ertaklar, hikoyalar va boshqa xalq og‘zaki ijodining ta’sirchan vositalaridan foydalanib borishini anglatilsa, farzandlarida ma’naviy sifatlarni rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirgan bo‘lar edik. Xalqimiz yaratgan ma’vaviyat durdonalarini unutmasdan, bola hayotiy ko‘nikmalarining shakllanishida, rivojlanishida o‘z mas’uliyatimizni oshirib borsak, ayni bugungi kun farzand tarbiyasiga yetkaza olsak, kelajak bunyodkorlarinining parvoziga qanot bo‘lgan bo‘lamiz. Download 50.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling