Xitoy Xalq Respublikasi iqtisodiy jihatdan tez rivojlanayotgan


Download 38 Kb.
Sana27.04.2020
Hajmi38 Kb.

Xitoy Xalq Respublikasi iqtisodiy jihatdan tez rivojlanayotgan

mamlakatlardan biri sifatida dunyoning ko`plab mamlakatlari bilan iqtisodiy

hamkorlik munosabatlarini rivojlantirib kelmoqda. Shunigdek, bir qator

makroiqtisodiy ko`rsatkichlar bo`yicha ham dunyoning yetakchi mamalaktlari

qatoridan joy olmoqda. Xitoy hukumati tomonidan ilgari surilayotgan iqtisodiy

loyihalar hozirgi davrda jahon ho`jaligida muhim ahamiyat kasb etishi bilan

birgalikda, dunyo mamlakatlari o`rtasida integratsion jarayonlarning yangi

bosqichga ko`tarilishi uchun asos bo`lib xizmat qilmoqda.

Qadimda Buyuk Ipak Yo`li deb nomlangan hamda Xitoy va g`arb

mamlakatlarini bog`lab turgan savdo yo`llari o`sha davrda mamlakatlar o`rtasida

savdo-iqtisodiy munosabatlarining rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etgan.

Hozirgi kunda Xitoy hukumati tomonidan ilgari surilayotgan loyiha ―Buyuk Ipak

Yo`li iqtisodiy tasmasi‖ deb nomlanib, ushbu yangi iqtisodiy konsepsiya

dunyoning 65 mamlakatini, dunyo aholisining 60% qismini o`z ichiga qamrab

oladi. Buyuk Ipak Yo`li iqtisodiy tasmasi sharqiy Osiyo mamlakatlarini G`arbiy

Yevropa mamlakatlari bilan bog`lovchi ikki yo`nalish: quruqlik hamda dengiz

yo`nalishiga ega ekanligi bilan qadimgi Buyuk Ipak yo`lidan farq qiladi.

Ushbu konsepsiya Xitoy hukumati rahbari Si Szinpin tomonidan 2013-yil

sentabr oyida XXR raisining Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo mamlakatlariga

qilgan rasmiy tashriflari davomida Qozog`istonning Ostona shahrida keng

jamoatchilikka e`lon qilindi. Ushbu loyihaning dunyo mamlakatlari, xususan,

Markaziy Osiyo hamda O`zbekiston uchun iqtisodiy ahamiyati haqida gapirganda

quyidagi xulosa va takliflarni bildirish mumkin.

Birinchidan, Ushbu konsepsiya jahon xo`jaligida integratsion jarayonlarni

yangi bosqichga olib chiqishi hamda Markaziy Osiyo mintaqasi bu loyihada Sharq

va G`arbni bog`lovchi iqtisodiy ko`prik vazifasini bajarishi mintaqa mamlakatlari

iqtisodiy salohiyatiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi.

42

Ikkinchidan, Mintaqa mamlakatlari konsepsiya doirasida quruqlikdagi 6 ta



yirik iqtisodiy ko`ridorning 4 tasida bevosita ishtirok etishi mintaqada savdo

hamda transit hududlarning ahamiyati va samaradorligi ortishini ta`minlaydi.

Uchinchidan, Markaziy Osiyo mintaqasi tabiiy resurslar, xususan gaz va neft

zahiralariga boy mintaqa sifatida jahon xo`jaligida muhim ahamiyatga egadir.

Xitoy esa so`nggi yillarda tabiiy gaz va neft iste`moli va importini keskin oshirishi

bilan birgalikda import qiluvchi mamlakatlar diversifikatsiyasini ham

kengaytirmoqda. O`rta Sharq hamda Rossiya kabi mintaqa va mamlakatlar singari

Markaziy Osiyo mintaqasi mamalakatlari ham Xitoyga gaz va neft eksportini

tobora orttirib bormoqda. 2008-yildan Xitoyning CNPC kompaniyasi tomonidan

amalgam oshirilayotgan Markaziy Osiyo-Xitoy gaz quvuri loyihasi 4 liniyadan

iborat loyiha hisoblanib, dunyodagi eng yirik loyihalardan biri hisoblanadi.

Kelajakda ushbu gaz quvuri orqali Markaziy Osiyo mamlakatlaridan Xitoyga gaz

eksporti yanada ortishi bevosita konsepsiyaning rivojlanishi bilan bog`liqdir.

To`rtinchidan, Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi savdo hamkorlari orasida

mintaqaning barcha mamlakatlari uchun Xitoy eng yirik savdo hamkori

hisoblanadi. Ikki tomonlama o`zaro hamkorlik loyihalarining amalgam oshirilishi

mintaqa mamlakatlarining Xitoy bilan iqtisodiy hamkorlik munosabatlarini yanada

mustahkamlaydi.

Oltinchidan, Ushbu iqtisodiy kosepsiyaning amalgam oshirilishi natijasida

mintaqa mamlakatlarining Yalpi ichki mahsuloti hamdauning aholi jon boshiga

tog`ri kelish qiymati sezilarli darajada ortishini ko`rishimiz mumkin. 2015 -yilda

mintaqa mamlakatlarida YAIMning aholi jon boshiga to`gri kelishi 4495$ni tashkil

etgan bo`lsa, 2030-yilga qadar bu ko`ratkich 6202$ga yetishi taxmin qilinmoqda.

Bu esa mintaqa mamlakatlarida aholi turmush darajasi ortishidan dalolat beradi.

Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari orasida O`zbekiston iqtisodiy

salohiyati va barqaror o`sish sur`atlari bilan ajralib turadi. Buyuk Ipa k Yo`li

iqtisodiy tasmasi konsepsiyasida ishtirokchi mamlakat sifatida O`zbekistonning

hozirgi davrdagi iqtisodiy salohiyati va imoniyatlaridan kelib chiqib quyidagilarni

taklif etish mumkin.

43

Birinchidan, O`zbekistonda erkin savdo hudularini tashkil etish va bu orqali



xorijiy va mahalliy tovarlar savdosini kengaytirish natjasida mintaqada yirik savdo

markazlarini tashkil etish.

Ikkinchidan, O`zbekistonning turizm salohiyatini yanada kengaytirish, Buyuk

Ipak yo`li chorrahasida joylashgan Samarqand va Buhoro kabi turizm markazlariga

xorijiy sayyohlar oqimini ko`paytirish.

Uchinchidan, O`zbekistonda rivojlanayotgan tekstil sanoati va tekstil

mahsulotlarini tashqi bzorga yo`naltirish va Yevropa bozorlariga chiqish

imkoniyatidan foydalanish.

To`rtinchidan, O`zbekistonda erkin iqtisodiy hududlar salohiyatini yanada

kengaytirish hamda bu hududlarda qo`shma korxonlar tashkil etishni yanada

rivojlantirish orqali sanoat sohasini yanada rivojlantirish.

Buyuk Ipak yo`li iqtisodiy tasmasi konsepsiyasi dunyo mamlakatlari



shuningdek Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyotini rivojlantirish uchun yangi

imkoniyatlar yaratishini xulosa qilish mumkin.
Download 38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling