Xiv o‘choq bo‘limi texnologik tizimi


Download 53.28 Kb.
bet1/2
Sana31.03.2023
Hajmi53.28 Kb.
#1314318
  1   2
Bog'liq
Sulfat kislotasini kontakt usuli bilan ishlab chiqarishning klas

REJA


XIV.1. O‘CHOQ BO‘LIMI TEXNOLOGIK TIZIMI.
S02 gazini tozalash. Kolchedanni kuydirib olingan kuyundi gazlari tarkibida S02(16 % gacha, odatda 7-9 %),°2 (9-11 %), kuyundi changlari (200 g/m3) , qaynovchi qatlamda kuydirilganda kuyundi changlari asosan temir oksidi; ozroq temir sulfidi, mis sulfidi, As2O3 mishyak oksidi, Se02 selen oksidlarini ushlaydi. Bular katalizator «zaharlari» bo'lib, katalizatorni tez yaroqsiz holga keltiradi. Shuning uchun ham S02 barcha qo'shimchalardan tozalanishi kerak.
Kuyundi gazlari eng awal siklonlarda tozalanadi (siklon apparati jadvaliga qaralsin), so'ngra gaz issiqligidan bug' hosil qilish uchun (gaz issiqligi 400°C bo'ladi), bug' qozonlariga yuboriladi va harorati ancha pasaygach, quruq elektrofiltrlar orqali o'tkaziladi. Bu apparatlarning hammasi zavodning pech bo'lirnidajoylashgan bo'ladi. Kuyundi gazlaming tarkibidagi qo'shimchalar siklon apparatidan o'tgach 20 g/m3 qoladi. Qolgan changlar juda mayda bo'lib, ular elektrofiltrdan o'tgach 0,1 g/m3 qoladi, xolos.
S02 ni chang zarrachalaridan hamda As2 0 3, Se02 lardan batamom tozalash maqsadida, (ayniqsa, As2 0 3, Se02 lar katalizatomi qaytmas qilib zaharlaydi) gaz (S02) yuvuvchi minoralarda maxsus tozalanadi. Unda gaz ho'llanadi va 30-50°C haroratgacha sovitiladi. Natijada gazda tuman, ya'nijuda mayda suv tomchilari hosil bo'lib, kondensatsiyalanib ajralib chiqadi. Bu tomchilarda S03 va As20 3 lar erigan bo'ladi. Shunday yo'l bilan katalizator zaharlaridan gaz batamom tozalangach, quritgich minoralarda 93-95% Ii sulfat kislotada quritiladi. So'ngra toza va quruq gaz kompressori yordamida kontakt bo'limiga yuboriladi.
Bu bo‘lim asosan quyidagi apparatlardan iboradir: 1-yuvish minorasi, 2-yuvish minorasi, birinchi nam elektrofiltr, namlash minorasi, ikkinchi nam elektrofiltr. 1-yuvish minorasini ichi bo‘sh bo‘lib, tagi kengaytirilgan doira shaklidadir. Bu minora tepasidan 70%li sulfat kislota bilan forsunkalar orqali o‘choq gazi yuviladi. Natijada o‘choq gazi tarkibidagi temir zangining temir 3 oksidi yo temir 4 oksidi yuvilib, pastga tushiriladi. Sulfat kislota As2O5 bilan birikkan holda tuman shaklidagi birikma hosil qiladi. Bu birikma o‘choq gazi bilan 2-n.chi yuvish minorasiga yuboriladi.1-yuvish minorasini tagi tor, tepasi keng qilib ishlangan. Buni sababi o‘choq gazi changdan tozalashga qaratilgan 1-yuvish minorasi tepa qismida o‘choq gazi o‘z chiziqlik tezligini to‘satdan pasaytiradi. Bu esa o‘choq gazini changdan tozalashga olib keladi. Minora pastki qismidan temir selen birikmalari, selen kislotasi hamda sulfat kislotasi oqib tushadi. Bu selen kislotasi boshqa apparatga yuborilib toza selen olinadi. 2-yuvish minorasi Rashig xalqalari bilan to‘ldirilib, tepadan 30%li sulfat kislota eritmasi bilan yuailadi. Bu minorada sulfat kislota bilan mish’yak oksidlarining tumanlari ushlanadi. O‘choq gazi mish’yakdan tozalanadi. Qolgan o‘choq gazi 1-nam elektrofiltrga yuboriladi. U erda asosan yirik ftor zarrachalari ushlanadi. Mayda ftor zarrachalari esa o‘choq gazi bilan birga namlik minorasiga yuboriladi. Bu 4-minora Rashig xalkalari bilan to‘ldirilgan bo‘lib, u 5%li sulfat kislota eritmasi bilan yuviladi va bu vaqtda mayda ftor zarrachalari suv bug‘i xisobiga yiriklashtiriladi. Bu ftor zarrachalari esa 2- nam elektrofiltrda ushlanadi.
YUvish bo‘limidan so‘ng o‘choq gazi 35-45oS da quritish- absorbsiya bo‘limiga (14.3.-rasm), aniqrog‘i quritish minorasiga, yuboriladi. O‘choq gazi shu minoraga kirib, u erda 93-95% sulfat kislota bilan yuvilib, o‘choq gazi suv bug‘laridan batamom tozalanadi. SHuni aytish kerakki, o‘choq gazini suv bug‘idan quritish uchun boshqa moddalar ham ishlatish mumkin, edi ammo bunday moddalar, aksariyat holatda, sulfat kislota ishlab chiqarish korxonalarida bo‘lmaydilar va ularni chet davlatlar zavodlaridan keltirish kerak. SHu munosabat bilan, hamda sulfat kislotasi zavodda doimo bor bo‘lgani uchun, odatda, asosan kuporos moyi bilan quritiladi. Bu jarayon fizik jarayoni bo‘lib, kuporos moyi isiydi va suyuladi, chunki o‘choq gazi tarkibidagi suv bug‘i kislota bilan uchrashganda kondensatlanib, suyuqlikka o‘tadi. So‘ngra bu suv kuporos moyi bilan aralashadi, va uni konsentratsiyasini pasaytiradi. Bu jarayon natijasida katta issiqlik chiqadi. SHuning uchun, tepadan berilayotgan kislota bilan pastdan chiqayotgan kislotani konsentratsiya farqi miqdori 0,5% dan oshmasligi kerak. Aks holda ko‘p suyuqlanish issiqligi chiqib, u esa kislotani bug‘latib va suv bug‘ini ajralib chiqishiga sabab bo‘lib, umumiy jarayonni ketishiga aks ta’sir ko‘rsatadi. Qurigan o‘choq gazi turbogazoduvkaga yuboriladi. U erdan o‘choq gazi kontakt bo‘limiga yuboriladi.
O‘choq gazi kontakt bo‘limini tashqi issiqlik almashgichiga yuborilib, u erda 250-260oS ga isib, so‘ng kontakt apparatini qatlamlari orasiga joylashtirilgan, issiqlik almashgichiga yuboriladi. U erda 450oS gacha isib, kontakt apparatni 1, 2, 3 va 4 qatlamlarida oksidlanib, oltingugurt uch oksidga aylanib, so‘ng o‘choq gazi 380-420oS atrofida angidridli sovutgichga yuborilib, 60oS gacha sovutilib, uni tarkibidagi SO3 ni absorbsiyalash uchun o‘choq gazi, yana quritish-absorbsiya bo‘limini oleum va monogidrat absorberiga yuboriladi.(14.3.-rasm).

Download 53.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling