Xix asr oxiri XX asr boshlarida Samarqandda an`anaviy hunarmandchilik


Download 189 Kb.
bet1/2
Sana09.01.2022
Hajmi189 Kb.
#259917
  1   2
Bog'liq
Islomov J maqola


XIX asr oxiri XX asr boshlarida Samarqandda an`anaviy hunarmandchilik.

Samarqand – yer yuzining sayqali bo`lgan bu qadimiy va navqiron shahar necha asirlardirkim jahon ommasi nigohida bo`lib kelmoqda. Sohibqiron asos solgan ulkan mamlakat poytaxti bo`lgan jannatmonand bu shahar haqida qancha gapirsak ham oz.

Biz shu o`rinda Samarqandning XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi an`anaviy hunarmandchiligi va uning ahvoli haqida qisqacha yoritishga harakat qildik.

Rossiya imperyasining O`rta Osiyoga qilgan harbiy harakatlari Samarqandni ham chetlab o`tmadi. Buxoro amirligi tarkibida bo`lgan shahar 1868 – yilgi harbiy harakatlar natijasida rus qo`shinlari tomonidan egallandi.

Samarqandda hunarmandchilikning bir qancha sohalari: qog`oz ishlab chiqarish, gilamdo`zlik, o`ymakorlik, zardo`zlik, tegirmonchilik, ko`nchilik, to`quvchilik, temirchilik, kulolchilik, beshikchilik, sandiqchilik, etikdo`zlik, moy juvozlik, sovungarlik keng rivojlangan. (O`zbekistonning yangi tarixi. 1-kitob. “Sharq” nashiryoti matbaa konserni bosh tahririyati. Toshkent – 2000 yil 44-45 bet). To`quvchi ustalar o`zining ishlab chiqargan mahsulotlariga qarab, xususan, baxmal to`quvchilar- baxmalbofon,kimxabgoron, belbog` va salla uchun gazmol tayyorlovchilar – futa-bofon, ro`mol to`quvchilar esa chaxorgulbofon deb atalgan( Samarqand tarixi. Toshkent 1971. 270-bet). Qimmatbaho matolarni to`qish qo`l mehnatini talab etga. Ammo o`lkaga rus tovarlarining kirib kelishi va sanoat korxonalarining ko`payishi natijasida mahalliy hunarmandchilikning inqirozini ko`rishimiz mumkin. Aholi xarid quvvatining pastligi hunarmandlarning o`z ishini kengaytirishga imkon bermagani biro mil bo`lsa, ikinchidan rus tovarlari bilan raqobatlsha olmas edi.

1893 – yil ma`lumotlariga nazar soladigan bo`lsak mahalliy hunarmandchilik sohalarining ahvoli haqida ma`lumotlarga ega bo`lishimiz mumkin. Asosan ichki bozor ehtiyojlari uchun xizmat qiladigan mahalliy hunarmdlarning mahsulotlari turli hududlarda turlicha bo`lgan. Masalan Katta Qo`rg`on uyezdida qog`oz ishlab chiqarish ustaxonalari soni 564ta, mahsulot ishlab chiqarish hajmi 84600 rubl bo`lgan bo`lsa, Xo`janda bu ko`rsatgich biroz kam, ya`ni ustaxonalar soni 200ta, mahsulot ishlab chiqarish hajmi esa 30000 rublni tashkil etgan. Boshqa hunarmandchilik ustaxonalari haqidagi ma`lumotlarni quydagi jadval asosida bayon qilib o`tamiz.





Download 189 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling