Xix asrning 70-90 yillarida turkiston o'lkasida xalq ozodlik harakatlari


Download 1.19 Mb.
bet1/3
Sana16.02.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1204040
  1   2   3
Bog'liq
XIX asrning 70-90 yillarida turkiston o\'lkasida xalq ozodlik harakatlari


XIX asrning 70-90 yillarida turkiston o'lkasida xalq ozodlik harakatlari

Reja:




  1. XIX asr oxirlarida o’lka xalqlarini turmush tarzining pasayib borishi

  2. Milliy va mustamlaka zulmning kuchayishi , xalq ommasining norozilik harakatini kuchayishi

  3. Qurbonjon dodxox boshchiligida harakatlar.

Odamzodda ong paydo bo'libdiki, o'z davriga xos turmush tarziga, moddiy va ma'naviy madaniyatiga, ya'ni ma'lum darajadagi sivilizatsiyasiga ega bo'la boshlagan. Markaziy Osiyo, xususan O'zbekiston xalqlari ham qadim zamonlardan beri hayot tarzini takomillashtirar ekan, turli qulayliklar yaratgan, odatlar, rusumlar esa an'anaga aylangan. Ajdodlarimiz qoldirgan bu bebaho meros keyingi yillarda chuqur o'rganilmoqda. Qadimshunoslar va boshqa olimlar o'lkamiz o'tmishini tadqiq etib, bu makon jahon sivilizatsiyasining o'choqlaridan biri ekanligini ta'kidlaydilar. O'zbekiston Prezidenti I.A.Karimov "Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q" asarida "Hozir O'zbekiston deb ataluvchi hudud" ya'ni bizning Vatanimiz nafaqat Sharq, balki umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo'lganligini jahon tan olmoqda", - deydi.


Uzoq muddat davomida shakllangan, rivojlangan Movarounnahrning uch mustaqil, alohida davlatlarga bolinib ketishi bir xalq, yagona iqtisodiy xo’jalik uchun salbiy voqea edi. Xonliklar o„rtasidagi tinimsiz ozaro urushlar barcha mamlakatlar uchun birdek og’ir siyosiy vaziyatni yuzaga keltirgandi. Bu holat o’lkaga yangi, navbatdagi dushmanning kirib kelishi uchun yaxshi omil edi. Markazlashgan rus davlati XVI asrning 50-yillarida tashkil topa boshladi. Dastlab oz atrofidagi unga doimo tahdid solib kelgan davlatlarga zarba berdi va bosib ola boshladi. Keyinchalik o’z qoshnilarining erlarini turli sabablar bilan bosib olish siyosatini yurgizdi. XIX asrning 30-40-yillarida jahonning yirik kolonial davlatlari tomonidan bo’lib olingan dunyoni qayta bo’lib olishga intilishlari natijasida Angliya va Rossiya Markaziy Osiyodagi manfaatlari toqnashishiga olib keldi. Angliyaning asosiy maqsadi xonliklarni bosib olishga chog’lanayotgan Rossiyaning rejalarini barbod qilish, O’rta Osiyo bozorlarini egallash edi. Rossiyaning O’rta Osiyoni bosib olishini tezlashtirgan quyidagi omillarni eslaylik: 1. Rossiya engil sanoatini ta'minlab beruvchi arzon xomashyo bazasining O’rta Osiyoda mavjudligi. 2. Qrim urushi (1853-1856 yy.) tufayli Qora dengiz bandargohlarining qolidan ketishi va uning ornini O’rta Osiyoni egallash orqali to’ldirish. Shu orqali janubdagi muzlamaydigan dengizlarga chiqish va Turkiston bu bosqinchiiik yurishlarida platsdarm vazifasini otashi. 3. Rossiyaning Evropa bozorlari bilan raqobat qila olmasligi sababli ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish uchun O’rta Osiyo bozorlarini egallash. 4. Rossiyada o’tkazilgan islohotlari tufayli qashshoqlashib qolgan aholini bu erga kochirib keltirish va ularni er bilan ta'minlash. Yuqoridagi iqtisodiy va siyosiy sabablardan kelib chiqib, Chor Rossiyasi jiddiy harakatlarni boshlab yubordi. Turkistonning Rossiya- imperaryasi tomonidan bosib olinishi tort bosqichda roy berdi.
I bosqich- 1847-1864-yillar bo’lib, bu davrda chorizm armiyasi 1847-yili Sirdaryoning quyi oqimini bosib oldi. 1853-yilda Qoqon xonligining Oqmasjid qal'asi bosib olindi va uning ornida Perovsk istehkomi qurildi. 1864 yilda chor qo„shinlari Pishpek va Toqmoqni bosib oldilar. II bosqich- 1865-yildan boshlanib, 1868-yilga qadar davom etadi. 1865 yilda Toshkent, 1866-yilda Xojand, Oratepa, Jizzax, 1968-yilda Samarqand va Kattaqorg’on shaharlari bosib olindi.
III bosqich – 1873-yili fevralidan to 1879-yil avgust oyigacha davom etadi. 1873 yili Xiva, 1876-yil Namangan bosib olindi. Biroq Goktepa qal'asini qamal qilayotganida chor qoshinlari mag’lubiyatga uchradi. IV bosqich-1880 yil oxiridan to 1885-yilga qadar davom etadi. 1881-yilda Goktepa (Ashxobod) qal'asi bosib olindi, 1885-yilda esa ingliz ofitserlari qomondonlik qilgan afg’on otryadlari tor-mor etildi. Chorizm bosqinining ayrim tafsilotlariga toxtatamiz. 1859 yilda Aleksandr II Qoqon xonligini bosib olish tog’risida qaror qabul qildi. Qoqon xonligining hali 1853-yildayoq bosib olingan sobiq Oqmasjid qal'asi bolmish «Perovskiy istehkomi» hujumning tayanch manziliga aylandi. Qoqonliklar qahramonlarcha mudofaa qilishiga qaramasdan, Oqsuv, Peshtepa va Chordevor qal'alari ham bosib olindi. 1864-yil iyun oyida Turkiston, oktyabrda esa Chimkent shahrlari bosib olindi. 1864-yil oktyabrda general Chernyaev Toshkent shahrini egallash maqsadida hujum boshladi. Toshkent aholisiga yordamga lashkarboshi Mulla Alimqul Qoqondan yetib keldi va shahar mudofaasini tashkil etishga kirishdi. Shahar mudofaachilari bu hujumni qaytardi va chor qoshinlari Chimkentga chekinishga majbur bo’ldi. Bu og’ir mag’lubiyat chorizmni toxtatib qololmadi. 1865 yilning bahoridan general Chernyaev Toshkentga qarshi yangi hujum harakatlarini boshlab yubordi. Chernyaev 1865-yil 7 mayida Toshkentga yaqinlashib keladi. Jang dahshatli tus olib, ikki tomondan ko„p qurbonlar va yaradorlar boladi. Jangda Mulla Alimqul og’ir yarador bo’lib, Toshkentda vafot etadi. Chernyaevning buyrug’i bilan uylar yondirildi, egalari otib tashlandi, birorta ham yoshu qariga shafqat qilinmadi. 1865 yil iyun oyida Toshkent taslim bo’ldi. Orenburg general-gubernatorligi tarkibida Turkiston viloyati tuzildi, uning harbiy gubernatori etib M. Chernyaev tayinlandi. Chernyaev 1866-yil yanvarida Jizzaxga hujum qiladi va mag’lubiyatga uchraydi, oqibatda Chernyaev Sankt-Peterburgga chaqirib olinadi, orniga general D.Romanovskiy tayinlandi. U Sibir va Orenburgdan yordam olib Buxoro amirligiga qarshi yurish boshladi. 1866 yil may oyida bo’lgan jangda amir Muzaffar qo’shinlari engildi. Romanovskiy Xojandni egalladi. 1866-yil avgustda Orenburgdan general-gubernator Krijanovskiy Toshkentga keldi va Romanovskiy bilan birgalikda Buxoro amirini tobe qilish harakatini boshlashdi. Katta qoshin tortib 1866 yil oktyabrda Oratepa viloyati, Zomin qal'asini bosib oldi, so’ng Jizzaxni egalladi. Podsho Aleksandr II 1867-yil 14-iyulda Turkiston general-gubernatoriligi va Turkiston harbiy okrugini tuzish tog’risida Farmon berdi. General-gubernator va okrug qomondoni etib general-ad'yutant Fon Kaufman tayinlandi. Unga keng vakolat berilib harbiy-ma'muriy, moliyaviy-iqtisodiy, fuqarolik ishlarini mustaqil hal qilish huquqlari berilgan edi, shu boisdan u «Yarim podshoh» deb atalardi. Bu tadbir Chor Rossiyasining O„rta Osiyoni bosib olish yolidagi harakatida yangi bosqich bo„ldi. Qoqon xonligining aholisi uch million som tovon tolashga majbur qilindi. Chor Rossiyasi O„rta Osiyoda mustamlakachilik siyosatini olib bordi. Milliy davlatchilik tugatildi. O’lkada mutlaq hokimiyat general-gubernator qo’lida toplandi. General-gubernatorlik kengashi va to’rt bolimdan iborat mahkama tuzildi. Turkiston general-gubernatorligi tarkibida XIX asr oxirlariga kelib besh viloyat tashkil etildi. Sirdaryo, Farg’ona, Samarqand, Ettisuv, Kaspiyorti viloyatlarini shaxsan imperatorning ozi tayinlagan harbiy gubernatorlar boshqarardi. General-gubernator ayni bir vaqtda podshoh noibi, harbiy okrug qoshinlari qomondoni, bosh mirshab, bosh prokuror bo’lgan . U Buxoro amiri faoliyatini Rossiya imperator agentligi orqali, Xiva xonini esa Amudaryo bolimi boshlig’i orqali nazorat qilib turgan. Turkiston general-gubernatorligi viloyatlarga, viloyatlar uezdlarga, uezdlar esa volostlarga, volostlar uchastkalarga, uchastkalar esa oqsoqollar boshqaradigan hududlarga bolingan. Mustamlakachilar Toshkent shahrini Turkiston general-gubernatorligining ma'muriy markazi etib tanlashdi. Bosqinchilar Toshkentning sharqiy qismidan joy tanlab, tanlangan joydagi mahalliy aholini ko„chirib, Rossiyadan kelganlar yashaydigan uylar, kochalar, oromgohlar qurdilar. Shaharning bu qismi yangi shahar deb ataldi (shaharni hokim boshqargan). Eski shaharning, ya'ni mahalliy aholi yashaydigan qism aholisining rus mustamlakachilari yashaydigan shahar 69 qismiga otishi ta'qiqlangan edi. Rus mustamlakachiligining Turkistondagi asosiy tayanch ma'muriy va majbur qiluvchi tashkiloti politsiya idorasi bo’lib, u katta vakolatlarga ega edi. Mustamlakachilik ma'muriyatining muhim huquqiy bog’ini sud organlari hisoblangan. Sudlar ikki xil ko„rinishga ega bo„lib, ular sudlar va xalq sudlari deb atalgan. Ularning birinchisi sof mustamlakachilik shaklida bolsa, xalq sudlari shariat asosida ish yurituvchi qozilik idorasi edi. Rossiya imperiyasining 1886-yilgi «Nizom»i o’lkaga rus aholisini kochirib keltirish yoli bilan o’lkani ruslashtirish harakatini qonunan mustahkam lab, unga siyosiy tus berdi. Kochib keluvchi har bir oilaga 10 tanobdan ham bo„lmagan er ajratish belgilandi. Imperiyaning qora tuproqli markaziy hududlaridan er taqchilligidan qutulish siyosati oqibatida mustamlaka Turkistonda boyish uchun rus mujiklari ko„plab kela boshladi. 15 yil davomida (1875-1890 yy.) Turkistonga 1300 oila kochib kelib joylashdi. Turkiston aholisining 5 foizini tashkil etuvchi rus mustamlakachilari qoliga hosildor erlarning 60 foizi berib qoyilgan edi. Turkistonni paxta xomashyosi etishtiradigan bazaga aylantirish Rossiya agrar siyosatining bosh maqsadi deb belgilandi. Rossiya Turkistonni qisqa muddatda o„z sanoati uchun xomashyo manbaiga aylantirdi. 1885-1915- yillar davomida paxta maydoni 13 barobarga osdi. O„lka Rossiyaning asosiy paxta bazasiga aylandi. Rus toqimachilik sanoati Turkiston paxtachiligining rivoji tufayli jahon bozorida mustahkam marrani egalladi. 1900 yilda Turkiston paxtasi rus sanoati ehtiyojining 25% ni tashkil qilib, bu raqam yil sayin oshib bordi va 1913-yilga kelib 50% ga oshdi. Xonliklar davrida davlat mulki hisoblangan katta er maydonlari Rossiya davlat xazinasiga tegishii deb e'lon qilindi. Vaqf mulklari ham asta-sekin davlat ixtiyoriga olindi. Chor ma'muriyati Turkistonni Rossiyaning bir qismiga aylantirish, uning janubiy chegaralarida harbiy istehkomlar qurish, boyliklarni va etishtirilayotgan xomashyoni tashib ketish maqsadida temir yol qurilishini boshlab yubordi. 1880- 1889 yillarda Krasnovodsk, Ashxabod, Marv, Chorjoy, Buxoro, Samarqand, Toshkent, Qoqon, Andijon shaharlarini bog’lovchi O’rta Osiyo temir yo’li qurildi. Rossiya imperiyasi Turkiston xalqini ma'naviy-madaniy jihatdan tutqunlikka solish, uzoqqa moljallangan manfaatiga boysundirish siyosatini yuritdi. Uning mohiyati, mazmuni mahalliy xalqni uning milliy, tarixiy ildizlaridan uzib tashlash, xalqning ma'naviy, madaniy, tarixiy merosini yoq qilish, ruslashtirishdan iborat edi. 1884-yilda Toshkentda dastlabki «rus-tuzem maktabi» ochildi. Shunday maktablarda rus va o’zbek muallimlari dars mashg„ulotlarini otadigan bo„ldi. Maqsad o’zbek yoshlariga rus tilini orgatish va rus turmush tarzini singdirish edi. Chor mustamlakachilari o’lkaning er osti va er usti boyliklarini ko„proq ozlashtirish maqsadida Turkistonning tabiiy va geografik dunyosini tekshirishga alohida e'tibor berdilar. 1867-yilda Toshkentda meteorologik stantsiya ochildi. U o’lka iqlimini organish bilan shug’ullandi. 1870- yilda Toshkentda kutubxona tashkil qilindi. 1874-yilda observatoriya ochildi. 1870-yil O„rta Osiyo olimlari jamiyati tuzildi. 70 II Rossiya Turkistonni o’z mustamlakasiga aylantirgach, uning siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy-madaniy zulmi kuchayib bordi. Chorizmning mustamlakachilik zulmiga qarshi xalqning noroziligi oshib bordi, isyon va qozg’olonlar kotarishga sabab bo’ldi. 1880-1883 yillarda Ho’jand, Oratepa, Namangan, o’sh va Chustda ko’tarilgan qozg’olonlar bunga misol bola oladi. Manbalarda 1885-1892 yillarda Farg’ona viloyatida xalqning 205 marta siyosiy chiqishlari qayd etilgan. Qozg’olonlarning harakatlantiruvchi kuchi dehqonlar, shahar hunarmand-kosiblari, hambag’allar bo’ldi. Bu harakatlarda vatanparvar ruhoniylar, milliy g’ururini yoqotmagan boy zamindorlar ham ishtirok etdilar. 1892-yilning yozida Turkiston markazi Toshkentda rus mustamlakachilarini talvasaga solgan va tarixga «Vabo isyoni» yoki «Toshotar voqeasi» sifatida kirgan qozg’olon bo’ldi. lyun oyida Toshkentda vabo tarqaldi. Shahar ma'muriyati shoshilinch choralar kordi. Mustamlaka ma'muriyati tibbiyot nuqtai nazaridan tog’ri bo’lgan tadbirlar haqida aholi o„rtasida tushuntirish ishlari olib bormadi, musulmonchilik odatlari, marosim, qonun-qoidalarini hisobga olmadi. Va'da qilingan 4 ta yangi qabriston o’rniga faqat bittasi ochildi. Shaharning taniqli kishilaridan hisoblanmish Aziziyor Eshon, Abdulqosim xoja, bozor oqsoqoli Ziyomuhammad boshchiligidagi mingga yaqin kishi shahar boshlig’I polkovnik S.R Putintsev va eski shahar oqsoqoli Muhammad Yoqub toqnash kelishdi. Qamchisini oynatib kelgan oqsoqol xalqning so’zlarini, arz-dodini tinglash o’rniga unga dag’dag’a qila boshladi. Mashhur «Toshotar» voqeasi boshlanib ketdi. Oqsoqol otdan tushib hokimning idorasiga qochib yashirindi. Polkovnik Putintsev esa ozining sodiq qulini panohiga olib., xalqni tinchitishga urindi. Xalq undan oqsoqolni berishni talab qildi. Putintsev ham muzokara orniga kuch ishlatishni afzal korib, topponchasini g’ilofdan chiqarib dag’dag’aga otdi. Sabr kosasi tolgan olomon, uzoq oylab o’tirmay, hokimga hujum boshladi. Qurollangan soldatlar etib kelgach, xalq ayamay oqqa tutildi. Natijada ko’p kishi halok bo’ldi va yaralandi. Qo’lga olingan 60 kishi turli muddatlarga qamoq jazosi va surgunga hukm qilindi. Turkistonda kotarilgan ozodlik harakatining yana biri 1898-yilgi Andijon qozg’olonidir. Qozg’olonga Andijon yaqinidagi Mingtepa qishlog’ida yashovchi Muhammad Ali Eshon boshchilik qildi. Qozg’olonchilar Andijondagi mustamlakachilarning harbiy gornizoniga bostirib kiradi va kazarmaning piramidalarida 30 ga yaqin turli miltiqni olja qilib olib, birinchi qatordagi soldatlar ustiga tashlanishadi. Ularga ichkaridagi soldatlar qarshilik korsatadilar. Harbiy qoshinlar shaharni o’rab olib, qo’zg’olonni harbiy kuch bilan shafqatsizlarcha bostiradi. Mustamlakachilar Muhammad Ali Eshonni tutish uchun Mingtepaga bostirib kirdilar, uch soatcha otishma va tintuv o„tkazdilar. Nihoyat, Eshon Arslonbob yaqinidagi Toshko’prikda qo„lga tushirildi. Eshon va uning muridlari, tanish-bilishlari, maslakdoshlariga nisbatan dahshatli qatag’on uyushtirildi. Dukchi Eshon osib o’ldirildi, uning 45 nafar yordamchilari qatl etildi, 208 kishi Sibirga surgun qilindi. Dukchi Eshon qozg„oloni izsiz ketmadi. Butun Farg’ona vodiysida mustamlakachilarga qarshi harakat davom etdi. Bu hol xalqning kuchli noroziligiga olib keldi. Iyul oyida Xojand shahrida norozilik namoyishi boshlanib ketdi. Unga dehqonlar, mardikorlar, chorakorlar, ayollar-jami 3000 dan ortiq kishi qatnashib, namoyish «Mardikor bermaymiz!» shiori ostida o„tdi. Politsiya namoyishni bostirishga kirishdi, ular ustiga tosh yog„ildi. Harbiy qismdan soldatlar etib kelib politsiyachilar bilan birgalikda namoyishni bostirdi. Samarqand uezdining Urgut qishlog’ida g’azabga kelgan 2000 kishilik dehqonlar olomoni volost boshqaruvining mahkamasi oldiga toplandi. Mahkama xodimlari kaltaklandi. O„sha kuni Samarqand uezdining Siyob, Mahalla, Ho’ja Ahror va Angor volostlarida ham namoyishlar bo’lib o’tdi. 11-iyulda Toshkentda hunarmandlar, ishchilar, shahar hambag’allari va shahar atrofidagi dehqonlar Beshyog’ochdagi politsiya boshqarmasi tomon yo„l oldilar. Namoyishchilar «bolalarimizni bergandan kora ozimiz olganimiz yaxshiroq, podshoh o’lib ketsin» deya maydonni larzaga keltirib qichqirdilar. Mahalliy aholi faollaridan Yolchi Ibrohimov (konchi), G’ulom Kamolov (g’isht teruvchi), ishchi ayol Zuhrabibi Musaeva va boshqalar xalqni podshoh hukumatiga qarshi qat'iy kurash boshlashga da'vat etdilar. Tez orada jazo qoshini etib keldi. Natijada ular 5 kishini otib oldirishdi, 15 kishi yarador bo’ldi. Noroziliklar Farg’ona vodiysida tobora kuchaya boshladi. G’alayonlar Qoqon shahri, Kattaqorg’on, Rishton qishloqlarida ham bo’lib otdi. Ularning barchasi ayovsiz bostirildi. 9 iyul kuni Andijon jome masjidida podshoh farmoni oqib eshittirildi. Aholi yashin tezligida maydonni toldirdi. Xalq safarbarlikni bekor qilishni talab etdi. Politsiya va kazaklarga hujum boshlandi. Jazolovchilar qozg’olonchilarga o’t ochib 3 kishini oldirib, 12 kishini yarador qildilar. 1916-yildagi qozg’olonning eng kuchli nuqtasi Jizzaxda bo’ldi. Shahar aholisi 13 iyul kuni safarbarlikka chaqirilganlar royxatini talab qilib oqsoqol va mingboshi mahkamasiga toplandilar. Oqsoqolni o’ldirib, mingboshi mahkamasini vayron qildilar, royxatni topib olib yondirib tashladilar. Iyul oyiga kelib butun Turkiston o’lkasida harbiy holat e'lon qilindi. Jazo otryadlari va mustamlakachi ma'murlarga juda katta huquq berildi. Qozg’olonchilar safi kengayib bordi. 18 iyul kuni Nazirxo’ja Eshon boshchiligida yangi shahar tomon yurdilar. Jazo otryadi bilan qozg’olonchilar o’rtasida bo’lgan toqnashuvda ikkala tomondan ham qurbonlar bo’ldi. Turkiston general-gubernatori Jizzax qozg„olonini bostirish uchun polkovnik Ivanov boshchiligida oltita topi bor 13 ta rota askar, 300 kishilik kazak otryadi va 3 rota sapyorlarni safarbar etdi. Jazo I otryadi qozg’olonni shafqatsizlarcha bostirdi. Omon qolgan Jizzax aholisi jazirama cho’lga haydaldi. 72 Jizzax ishi bo’yicha 1000 dan ortiq kishi hibsga olindi, 151 kishi sud qilinib, turli muddatlarga qamaldi. 1916 yilgi qozg’olon butun Turkistonga yoyildi, dehqonlar va hambag’allar qozg’olonni harakatga keltiruvchi asosiy kuch bo’ldi. Qozg„olon bostirilgan bo’lsa-da, mustamlakachilar ham anchagina kuchlaridan ajraldilar. Shuning uchun ham, A.F Kerenskiy «Urush frontlariga yangi bir front-Turkiston fronti qoshildi», -deb vaziyatga jiddiy baho bergan edi. 1916-yil qozgoloni o’lkadagi Chor Rossiya mustamlakachilik tizimining tagi bosh zaminda ekanligi va uning ustunlari qimirlay boshlaganini hamda Turkiston xalqlarining vatanparvarligi, g’ururi sonmasligini korsatdi. III Sharq bilan G’arbni taqqoslab, xususan Rossiya tasarrufiga olingan musulmonlarning jahon taraqqiyotidan uzilib qolayotganini qrim-tatar farzandi Ismoil Gaspirali birinchi bo„lib angladi. U turkiy xalqlardagi jaholatni yo’q qilish, ma'naviyat-ma'rifat orqali taraqqiy topgan mamlakatlar darajasiga ko’tarilish harakatini boshlab berdi. Ismoil Gaspirali maorifni isloh qilish, maktablarda dunyoviy fanlarni oqitish masalasini ko’tardi. U 1884-yiida Qrimdagi Bog„chasaroy shahrida jadid maktabiga asos soldi. "Jadid" arabcha so’z bo’lib, "yangi" degan ma'noni bildiradi. Ismoilbek g’oyalarini qabul qilgan yangilik tarafdorlari "jadidlar", uning g’oyalari esa jadidchilik nomini oldi. Ismoilbek Gaspirali darslik yaratdi, ozining "Tarjimon" (1883-1914 yy.) gazetasini tashkil etib, jadidchilikni turkiy xalqlar orasida targ„ib qildi. Bu gazeta Turkiston oikasi shaharlarida, shuningdek Buxoro amirligi va Xiva xonligida ham tarqala boshladi. 1892-yilda Ismoil Gaspirali Turkistonga tashrifi ham jadidchilik g„oyalarining keyingi rivojiga ta'sir korsatdi. U chor ma'murlari hukmdorlari va Buxoro amiri Abdulaxadxon qabulida bo’ldi. U Buxoro amirini qiyinchilik bilan amirlik poytaxtida yangi usul maktabi ochishga kondirishga erishdi. Bu maktabga "Muzaffariya" nomi berildi. 1899-yilda Andijonda Shamsuddin domla, 1901-yilda Qoqonda Salohiddin domla, Toshkentda Munavvarqori Abdurashidxonov va Samarqandda Abduqodir Shakuriylar birinchi bo„lib jadid maktablari ochdilar. 1903-yilga kelib birgina Turkiston o„lkasida 100 dan ziyod boshlang„ich jadid usuli maktablari ochilgan edi. Turkiston jadidlariga Mahmudxo„ja Bexbudiy, Abduqodir Shakuriy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy va boshqa onlab milliy ziyolilar rahnomolik qildilar. Jadidchilik harakatining yirik namoyandalari jadid maktablari uchun darsliklar ham yaratganlar. Xususan, Saidrasul Aziziyning "Ustozi avval" (1903), Munavvarqorining "Adibi avval" (1907), Abdulla Avloniyning "Birinchi muallim", "Ikkinchi muallim" (1912) darsliklari alohida e'tiborga molikdir. Jadidlar yoshlarni chet ellarga oqishga yuborish tashabbusi bilan chiqdilar. Boy tabaqaning ilg„or vakillari jadidlarning bu harakatini ma'qullab tegishli mablag„ bilan komaklashdilar. Ko„pgina umidli yoshlar Germaniya, Misr, Turkiya va Rossiyaning markaziy shaharlariga oqishga yuborildi. 1910-yili Buxoroda mudarris Hoji Rafiy va boshqalar "Bolalar tarbiyasi" xayriya jamiyatini tashkil etib, 1911-yilda 15 ta, 1912-yilda 30 ta talabani Turkiyaga oqishga jonatdi. Jadidchilik Turkistonda madaniy-ma'rifiy harakat 73 sifatida rivojlandi va asosiy maqsadi milliy hayotni zamonaviylashtirishga qaratildi.
Bu jumladan quyidagilarni anglataredi: -xalq ta'limini isloh qilish; -adabiyotni rivojlantirish; -zamonaviy matbuotni yaratish; -islom aqidaparastligi va mutaassibiikni rad etish; -zamonaviy teatr va dramaturgiyani yaratish; -tarix fanini rivojlantirish va o’zbek xalqining yangi tarixini yozish. Jadidlar etiqodli, izchil va chinaham musulmonlar bo’lib, hech mahal Turkistonda islom dini arkonlarini taftish qilishni istamaganlar. Jadidlar islomni har xil sohtaliklardan tozalab, haqiqiy dinni qaror toptirish va dunyoviy bilimlarni egallash yoli bilan jamiyatda uning ta'sirini mustahkamlashga erishmoqchi edilar. Jadidlarga mutaassib ruhoniylar qarshilik korsatdilar. Ular jadidlarni padarkushlar, maktablari haqida esa «bu xil maktabda o„quvchi-talabalar birinchi yili gazeta oqiy boshlaydi, ikkinchi yili ozodlikni talab qilishadi, uchinchi yili esa janobi oliylarni taxtdan ag’darib turmaga tiqib qoyishadi», -der edilar. Aholini tarbiyalash, mafkurasini belgilashda Jadidlar tarix va o’z milliy qadriyatlarini ishlab chiqish masalalariga katta e'tibor berishgan. Jadidlarning xalqaro aloqalari keng qamrovli bo’lgan. Ular Rossiya, Turkiya, Misr va boshqa mamlakatlardagi jadidchilik oqimlari dasturlaridan xabardor bo’lganlar. Shu bilan birga, jadidlar milliy teatrga asos soldilar. Munavvar qori rahnamoligida 1913-yilda musulmon drama san'ati havaskorlari jamiyati - «Turon» truppasi tuzildi. 1914-yil 27-fevralda Toshkentdagi «Kolizey» teatr binosida o’zbek milliy teatrining 1-rasmiy ochilish marosimi bo’ldi. O’sha kuni sahnada M.Behbudiyning «Padarkush» pesasi namoyish etildi. Milliy teatr sar. odamlarga millatda mavjud bo„lgan qusurlar va ijobiy tomonlarning tushuntiruvchi oyna bo’lib xizmat qildi. Abduqodir Shukuriy, Mahmudxo’ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Munavvar qori va boshqalar kuch-g’ayratlarini o„z islohotchilik g’oyalarini aholi orasida targ„ib etishga qaratishdi. Qattiq qol senzuraga qaramasdan, ular o„z gazeta va jurnallarini nashr eta boshlashdi. Turkistonda 1906-1908-yillarda jadidlarning «Taraqqiy», «Shuxrat», «Xurshid», 1913-1917-yjllarda «Sadoi Turkiston», «Samarqand», «Oyina», «Turon», «Buxoroi Sharif», «Sadoi Farg„ona» va boshqa gazetalari bosmadan chiqa boshladi. Mustamlakachi ma'murlar jadidlar harakatini jilovlash choralarini kordilar. Ular ustidan nazorat o„rnatar, gazeta va jurnallarini man etib, nashriyotlarni buzib tashlar, kitob dokonlari, qiroatxonalarni yopib tashlar edi. Mustamlakachilarning jadidlarga nisbatan qo’llagan zoravonlik choralari ularni ma'naviy-ma'rifiy islohotdan siyosiy qarshilik korsatish darajasiga kotarilishga olib keldi. Jadidlar boy tarixiy merosida milliy g„oya va milliy mafkura alohida orin tutadi. Jadidchilik faqat madaniy hodisa bo’lib qolmasdan, u, avvalo, siyosiy hodisa ham edi. Milliy taraqqiyparvarlar o’z faoliyatida davlat va uning qurilishidan tortib, jamiyat va uning ma'naviy hayotigacha bo„lgan barcha masalalarni qamrab olishgandi.
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkistonda maydonga kelgan Jadidchilik madaniy-ma'rifiy, milliy, ijtimoiy-siyosiy harakat edi. U osib mustamlakachilarga 74 qarshi kotarilgan milliy-ozodlik harakatining mafkurasiga aylandi. Xulosa qilib aytganda, XIX asrdagi parokandalik, uch xonlikdagi ozaro notinchlik va mahalliychilik yurtimizni jahongir davlatlar iskanjasiga soldi. Bosqinchilar uchun qulay zamin yaratdi. Natijada, XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya imperiyasi Turkiston xalqlarini asoratga soldi. U o’lkani siyosiy-hududiy jihatdan zabt etibgina qolmay, balki erksevar, zahmatkash xalqni ma'naviy-ruhiy boysundirishga erishdi. Rossiya imperiyasi o’lkani Turkiston general-gubernatorligi, Buxoro amirligi va Xiva xonligidan iborat uch qismga bo’lib, tub aholi birligi va siyosiy qudratini sindirish yolida barcha vositalardan foydalandi. Mustamlakachilar Turkiston xalqlari turmushida nimaiki ularning istiqboliga to’g’anoq bo’lsa, ularni ozodlik uchun kurashdan chalg’itsa, hammasini qo’llab-quvvatlagan holda, istiqlolga xizmat qiluvchi barcha intilishlarning payini qirqdilar. Rossiya mustamlakachilarining og’ir asorati sharoitida ham xalqimiz o’zligini, milliy qadriyatlarini, ma'naviyatini, madaniyatini, urf-odatlari va turmush tarzini saqlab qola oldi.
Rossiya imperiyasining Turkistonni bosib olishini tezlashtirishga olib kelgan sabablardan yana biri − Rossiya bilan Angliya o‘rtasidagi siyosiy va iqtisodiy ziddiyatlar bo‘ldi.
XIX asr ikkinchi yarmining boshlarida O‘rta Osiyo xonliklarini bosib olish maqsadida Rossiya tomonidan olib borilayotgan siyosat Angliyaning bu borada uzoqni ko‘zlab tuzgan rejalariga jiddiy xavf solar edi. 1860 yildan boshlab Rossiya imperiyasi Turkiston o‘lkasini bosib olish uchun jiddiy harbiy harakatlarni boshladi. Undan tashqari Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyo xonliklarini bosib olishni tezlashtirgan bir nechta sabablar bor ediki, ular quyidagilardan iborat bo‘lgan:

  1. Rossiya yengil sanoatini doimiy ravishda ta’minlab turuvchi arzon xom ashyo bazasining O‘rta Osiyoda mavjudligi;

  2. Qrim urushi (1853-1856 yy.) tufayli Qora dengiz portlarining Rossiya qo‘lidan ketishi hamda uning o‘rnini O‘rta Osiyo xonliklarini egallash hisobiga to‘ldirish, O‘rta Osiyo orqali Eron, Afg‘oniston, Xitoy, Hindiston kabi davlatlarda Angliyaning ta’sirini yo‘qotib, bu davlatlar bilan savdo va diplomatik aloqalar o‘rnatish.

  3. Rossiya Yevropa bozorlari bilan raqobat qila olmasligi sababli ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish uchun O‘rta Osiyo bozorlarini egallashi lozim edi.

  4. Rossiyada o‘tkazilgan yer islohotlari tufayli qashshoqlashib qolgan aholini ko‘chirib keltirish va ularni yer bilan ta’minlash kerak edi.

O‘rta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi to‘rt bosqichda amalga oshirildi:

Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling