R E J A:
1. Atom-molekulyar ta`limot.
2. J. Dal'ton ishlari.
4. XIX asr I yarmida kimyo fanining rivojlanishi.
XYIII asrda atom xaqidagi
I. N'yuton
ning yangi fikrlari
bilan boyigan edi. Uning fikricha, kichik zarrachalar
shunday tabiiy kuch bilan bog`langanki, ularning o`zaro
ta`sirini shu kuch belgilaydi. I. N'yutonning fikricha:
"Atomlar o`tkir ilmoqlari bilan emas, balki ma`lum
kuchlar bilan ta`sirlashadi. Bu kuch birinchi bo`lib
zarrachalar orasida tortishish kuchi borligini, juda
yaqin masofada esa, ular o`zaro itarishishi mumkin",-
deb aytadi.
XYIII va XIX asr olimlariga N'yutonning g`oyalari katta
ta`sir etdi. Burgave 1732 yilda yozgan "Kimyo
elementlari" kitobida bundan to`la foydalangan. U
kimyoviy xodisalar kichik zarrachalar orasidagi tortishish
va qarama-qarshi kuchlar ta`sirida bo`ladi deb tushuntiradi.
1732 yili materiya tuzilishi xaqida
Leonard
Эyler
(1707-1783 yy.) Peterburg Fanlar
akademiyasida axborot berdi. Bu ma`ruzada dastlabki
atom ta`limoti va kimyoviy elementlarni
birlashtiruvchi fikr tug`iladi. Korpuskulyar ta`limot
o`zining fizik moxiyati bilan shu davrning progressiv
fikr yurituvchi olimlarini xech qoniqtirmadi.
M.V.
Lomonosov
(1711-1765 yy.) atom tuzilishi xaqida
yangi ta`limot yaratib, fizik-kimyoviy xodisalarni
tushuntirmoqchi bo`ldi. Uning fikricha, tabiat
xodisalari zarrachalarning ichki xarakatlari oqibatida
ro`y beradi. M. Lomonosov o`zining ta`limotini
1741-1750 yillar orasida olib borgan
tadqiqotlari asosida atom-korpuskulyar nuqtai-nazardan
yaratdi va 1756 yili massalar saqlanish qonunini e`lon
qildi. 1747-1752 yillarda olib borgan izlanishlari natijasida
kimyoni chuqur o`rganish uchun fizika kerakligini
asosladi. Dastlab bu soxaning nazariy bo`limini "fizikaviy
kimyo " deb, amaliy tomonini "texnikaviy kimyo" deb
ajratdi. Uning ishlari natijasida naturfalsafa bilan
tabiatshunoslik orasidagi aniq chegara qo`yildi.
M. Lomonosov, J. Bekon, R. Boyl', Guk, Lokk ishlarida
issiqlik xodisasining mexanik tabiati tushuntirilib, issiqlik
xam moddalar kichik zarrachalari xarakatidir deb tan
olindi.
Ingliz fizik va kimyogari
J. Dal'ton (1766-1844 yy.) atmosferadagi gaz
aralashmasi va suv bug`i xolatini o`rganib, 1801-1802 yillarda