Xizmat ko'rsatish sifatini modeli. Reja


Download 26.47 Kb.
bet1/6
Sana20.12.2022
Hajmi26.47 Kb.
#1035671
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
XIZMAT KO\'RSATISH SIFATINI MODELI.


XIZMAT KO'RSATISH SIFATINI MODELI.
Reja:

  1. Xizmatning sifati - boshqarish ob’ekti

  2. Xizmatning sifati iste’molchi nuqtai nazarida

  3. Mehmonxona xizmatlari sifatini boshqarish

Foydalanilgan adabiyotlar.


    1. Xizmatning sifati - boshqarish ob’ekti

«Xizmatning sifati» tushunchasini talqin qilishga nisbatan har xil yondashuvlar mavjud. ISO 8402-94 «Sifatni boshqarish va ta’minlash. Lug‘at» xalqaro standartida berilgan ta’rif ayniqsa ko‘p qo‘llanadi:
«Xizmatning sifati – xizmatning belgilangan yoki taxmin qilingan ehtiyojlarni qondirish qobiliyatini ta’minlovchi xususiyatlari majmui».
ISO 8402-94 xalqaro standartida «xizmat ko‘rsatish sifati» atamasi ham qabul qilingan bo‘lib, unga iste’molchining aniqlangan yoki taxmin qilingan ehtiyojlarini qondirish imkonini beruvchi xizmat ko‘rsatish jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari va shartlari majmui deb qaraladi.
Xizmatning muayyan ehtiyojlarni qondirish qobiliyatini ta’minlovchi eng muhim xususiyatlariga quyidagilar kiradi:

  • ishonarlilik;

  • jonkuyarlik;

  • ishonchlilik;

  • tezkorlik;

  • kommunikativlik;

  • seriltifotlik.

Ishonarlilik deganda xodimlarning va’da qilingan xizmatni aniq ko‘rsatish qobiliyati tushuniladi. Sifatli xizmat ko‘rsatish dasturini ishlab chiqish ishonarlilikni ta’minlashdan boshlanishi lozim. Xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar kasbiy layoqati darajasining yuqoriligi ishonarlilikni ta’minlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Xodimlarning layoqatsizligi natijasida mehmonxona obro‘siga yetgan puturni mehmonxona binosini rekonstruksiya qilish va qayta jihozlashga sarflangan katta harajatlar ham, mijozga do‘stona va xushmuomala munosabat ham silliqlay olmaydi.

Download 26.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling