Xorazmiy, Abu Jaʼfar (Abu Abdulloh) Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana23.04.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1386558
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Al-Xorazmiy - Vikipediya



Al-Xorazmiy
XorazmiyAbu Jaʼfar (Abu Abdulloh)
Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (783,
Xiva — 850, Bagʻdod) — xorazmlik
matematik, astronom, geograf, fan
tarixidagi ilk qomusiy olimlardan.
Zahiriddin va Firdavs qoʻlida tahsil olgan
bilan birga ishlagan.


Abu Abdullah Muhammad ibn
Musa al-Xorazmiy
Tavalludi
taxminan 783,
Xorazm
Vafoti
taxminan 850,
Bagʻdod, Iroq
Fuqaroligi
Abbosiylar
Bilimi
Bayt ul-Hikma
Olgan taʼsirlari
Ptolomey


Dastlabki maʼlumotni Xiva shahrida olgan
va yetuk olim boʻlib shakllangan. Bunda
arab istilosidan soʻng muayyan darajada
saqlanib qolgan qadimgi Xorazm fani
anʼanalari asosiy rol oʻynagan. Xalifa
Horun ar Rashidning oʻgʻli va uning
Xurosondagi voliysi al Maʼmun
huzuriga — Marvga taklif etilgan. 819-
yilda Bagʻdodni egallagan al Maʼmun
Markaziy Osiyolik olimlardan Xorazmiy,
Ahmad al Fargʻoniy, Habash al Hosib
Marvaziy, Abul Abbos Javhariy va
boshqalarni oʻzi bilan olib ketib, oʻziga
xos ilmiy jamoa tashkil etgan. Bu jamoa
fan tarixidagi dastlabki rosmana
akademiya deb qaraladigan ilmiy
muassasa — "Bayt ul Hikmat"


(„Donishmandlik uyi“)ning asosini tashkil
etgan. Bu akademiyada Xorazmiy
yetakchi olim va ilmiy rahbar boʻlgan. U
shu davrdan boshlab Bagʻdodda al
Maʼmun (813-833), soʻng al Moʻʼtasim
(833-842), al Vosiq (842-847) xalifaligi
davrlarida yashab ijod etgan.
Xorazmiyning bizgacha oʻntacha asari
toʻliq, qisman yoki ayrim parchalar tarzida
yetib kelgan. Shu asarlarning oʻziyoq
koʻrsatadiki, Xorazmiy insoniyat
sivilizatsiyasiga buyuk hissa qoʻshgan
olimdir. Amerikalik fan tarixchisi George
Sarton Xorazmiyni „Oʻz zamonasining eng
buyuk matematigi, agar barcha holatlar
eʼtiborga olinsa, barcha zamonlarning


eng buyuk matematiklaridan biri“, deb
baholagan. Bunday baho Xorazmiyning
matematika tarixida tutgan beqiyos oʻrni
sabab.
Miloddan avvalgi 6-asrdan milodiy 5-
asrgacha ravnaq topgan yunon
madaniyati 4-asrga kelib inqirozga yuz
tutdi. 415-yilda yunon fanining xazinasi
boʻlgan Iskandariya kutubxonasi vayron
qilinib, minglab kitoblar yoqib yuborildi.
Natijada fan taraqqiyotdan toʻxtab, hatto
qoʻlga kiritilgan yutuqlar ham unutila
boshladi. 4-8-asrlarda olis Xitoy va
Hindistondagi ayrim olimlar faoliyatini
hisobga olmaganda Konstantinopol
(Vizantiya) va Gandishapurda (Eronning


hozirgi Huziston viloyatida) jon saqlagan
yunon olimlari, ayrim suryoniy, yahudiy va
nasroniy ruhoniylari omon qolgan
yunoncha kitoblarni saqlash, tarjima
qilish, sharxlar bitish bilangina
shugʻullangan, diniy ehtiyojlar tufayli
ayrim astronomik kuzatuvlargina olib
borilgan.
9-asrda Arab xalifaligi kuchayib, uning
poytaxti Bagʻdod ulkan iqtisodiy-ijtimoiy
markazga aylandi va bu yerga ilm ahli
oqib kela boshladi. Al Hajjoj ibn Matar al
Kufiy, Abu Zakariyya Yahyo ibn al Bitrik,
Huaayn ibn Ishoq, Qusta ibn Luqo al
Baalbakiy va boshqa yunon olimlarining
asarlarini, Muhammad al Fazariy, Yaʼqub


ibn Tariq va boshqa olimlar hind tilidagi
kitoblarni arab tiliga tarjima qila
boshladilar, arab tilida dastlabki sharxlar
bitildi. Lekin fan yangi marralarni
egallashi uchun uni yangi rivojlanish
bosqichiga koʻtarish lozim edi. Fan
tarixchisi Adam Mets iborasi bilan
„Musulmon renessansi“ deb atalgan fan
tarixidagi bu hodisa birinchi navbatda
Xorazmiy nomi va ilmiy jasorati bilan
bogʻliq.
Xorazmiy Bagʻdodda yunon fanining
yutuqlarini oʻrganadi, hind va eron
manbalari, hatto bevosita Bobildan
kelgan ayrim faktlar hamda xitoy
manbalari bilan ham tanishadi, ularni


oʻzining muhim kashfiyotlari bilan
boyitadi va fan tarixida abadiy iz
qoldirgan fundamental asarlar yaratadi.
Shuning uchun Xorazmiy oʻzigacha
mavjud boʻlgan sivilizatsiya merosini
sintez qilib, boyitib jahonga yoygan fan
dahosi hisoblanadi.
Al-Xorazmiy va algebra


Xorazmiy algebra faniga asos solgani, bu
fan atamasi uning „Kitob muxtasar min
hisob aljabr valmuqobala“ („Aljabr
valmuqobala hisobi haqida qisqacha
kitob“) asari nomidan kelib chiqqani
yaxshi maʼlum. Lekin baʼzan Xorazmiy
faqat oʻzidan avval maʼlum boʻlgan
chiziqli va kvadrat tenglamalar yechish
usulini tizimga solgan, degan nuqtai
nazar uchraydi. Bu fikr Xorazmiy asari
shu mavzudan boshlanganligi tufayli
paydo boʻlgan. Holbuki, Xorazmiyning
kitobi, birinchi navbatda, algebraik
hisobga bagʻishlangan. Bu shundan ham
koʻrinadiki, kitob nomi ikki muhim

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling