Xorijiy filologiya fakulteti


Download 16.25 Kb.
Sana02.11.2023
Hajmi16.25 Kb.
#1741247
Bog'liq
O


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY
UNIVERSITETI

XORIJIY FILOLOGIYA FAKULTETI

SAYFULLAYEV NAJIBULLO HAYRIDDIN O‘G‘LI

“O‘ZBEKCHA IJTIMOIY-SIYOSIY SO‘ZLAR SEMANTIKASI”


5A120102-Lingvistika (o‘zbek tili)


Magistr
akademik darajasini olish uchun yozilgan


DISSERTASIYA
Ilmiy rahbar: f.f.d. Xudoyberganova D.S.
Mavzuning dolzarbligi: Ma’lumki, til – bu har bir xalqning asriy tajribasini o‘zida mujassam qiladigan hodisa. Ona tilidagi lisoniy boyliklarni asrab qolish, ularni ilmiy tahlil qilish, keyingi avlodlarga yetkazish hozirgi fan oldida, xususan, tilshunoslik oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Shunday ekan, tilshunoslik doimiy harakatda bo‘lishi kerak.
Hozirgi taraqqiyot davrida axborot texnologiya hayotning barcha sohalariga kirib kelar ekan, o‘z navbatida, so‘z va terminlar ham jadallik bilan kirib kelmoqda. Shunaqa globallashuv davrida o‘zbekcha so‘z va terminlarning o‘rnini chet el so‘z va terminlariga bo’shatib berishi ehtimoldan holi emas. O‘zbekcha ijtimoiy-siyosiy terminlarni kundalik hayotda ko‘proq qo‘llash, chetdan kirib kelayotgan terminlarning muqobil variantini topish orqali tilimizdagi terminlarni saqlab qola olamiz.
“Ayni paytda dunyoda ilm-fan va texnologiya shiddat bilan rivojlanib, mamlakatimizning xalqaro hamkorlik aloqalari tobora kengaymoqda. Natijada, hayotimizga chetdan ko‘plab yangi tushuncha, so‘z va iboralar kirib kelmoqda. Globallashuv sharoitida milliy tilimizning sofligini saqlash, uning lug‘at boyligini oshirish, turli sohalarda zamonaviy atamalarning o‘zbekcha muqobilini yaratish, ularning bir xil qo‘llanishini ta’minlash dolzarb vazifa bo‘lib turibdi”1.
Terminlar, xususan, ijtimoiy-siyosiy terminlarni o‘rganish, ularning ularni tilshunoslik nuqtayi nazaridan tadqiq etilishi o‘zbek tili lug‘at tarkibining kengayishiga, terminologiya sohasining rivojiga sezilarli ta’sir o‘tkazadi. Terminologik lug‘atlar muayyan mutaxassislik sohasidagi aloqalar muvaffaqiyatli amalga oshishi uchun yaratiladi. Hozirda foydalanilayotgan ijtimoiy–siyosiy terminlarning ko‘pchiligi rus, arab-fors va boshqa tillarga tegishlidir. Agar shu terminlarning o‘zbekcha muqobilini topib, amaliyotga kirita olsak, lug‘at boyligimiz ancha kengayadi. O‘zbekcha ijtimoiy-siyosiy terminlar semantikasiga bag‘ishlangan ushbu tadqiqotda tilimizda amalda bo‘lgan o‘zbekcha ijtimoiy-siyosiy terminlarning semantikasi: ma’nolari, sinonim, antonim, paronim, omonimlari haqida so‘z yuritiladi. Dissertasiyaning dolzarbligi shulardan iboratdir.
Tadqiqotning ob’yekti va predmeti: Ushbu tadqiqotning ob’yektini terminologiya va o‘zbekcha ijtimoiy-siyosiy terminlar tashkil qiladi. O‘zbekcha ijtimoiy-siyosiy terminlarning semantik strukturasi, ma’nolari, sinonimiya, omonimiya, antonimiya va paronimiya hodisalari tadqiqotning predmetini tashkil qiladi.
Tadqiqotning maqsadi: Dissertasiyaning maqsadi o‘zbekcha ijtimoiy-siyosiy terminlar semantikasini tadqiq etish, ijtimoiy-siyosiy terminlarning semantik lug‘atini tuzishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari: - o‘zbekcha ijtimoiy-siyosiy teminlarni yig‘ish va ularni semantik tahlil qilish;

  • to‘plangan ijtimoiy-siyosiy terminlarni ma’lum tizimga solish va tavsif qilish;

  • tilimizda faol qo‘llanilayotgan boshqa tillarga oid terminlarning muqobilini topish;

  • ijtimoiy-siyosiy terminlarning o‘zbekcha muqobilini adabiy tilga kiritish yo‘llarini topish.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi: O‘zbek tilshunosligida o‘zbekcha ijtimoiy-siyosiy terminlar semantikasi ilk bor o‘rganilmoqda. Ijtimoiy-siyosiy terminlar ma’lum sistemaga solindi, guruhlarga bo‘lindi. Ijtimoiy-siyosiy terminlarning sinonimiya hodisasi o‘rganildi va semantik lug‘ati tuzildi.
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazalari:
Tadqiqotda qo‘llanilgan metodalar tavsifi:
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati:
Ish tuzilmasining tavsifi: Dissertasiya kirish, uch bob, xulosa, adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat.



1 Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 21-oktabrdagi o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining o‘ttiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqidan.

Download 16.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling