Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. Kirish


Download 38.82 Kb.
bet1/2
Sana04.01.2023
Hajmi38.82 Kb.
#1077150
  1   2
Bog'liq
sotish siyosati


Sotish siyosati
Reja:
Kirish
1. Tovar harakati sistemasining mohiyati.
2. Tovar tarqatish kanallari va ularning vazifalari.
3. Ulgurji va chakana savdo.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

Kirish.
Marketingning eng muhim va ajralmas tarkibiy qismi mahsulotni sotish va taqsimlashxisoblanadi bu jarayonda tashkiliy nuqtai nazardan eng murakkab vazifa-ishlab chiqarilgan mahsulotni istemolchiga yetkazish xal etiladi
1.Taqsimot yo’li Tovar yoki xizmatning ishlab chiqaruvchidan istemolchiga qarab xarakat qiladigan yo’lidir.Taqsimot yo’lining tarkibiy qismlari bir qator vazifalarni bajaradi.
* Tovarni bir joydan boshqa joyga ko’chishi.
* Tovarga yoki undan foydalanish uchun mulk egasi xuquqnini berish.
* Undovchi faoliyati.
* Tovarlar buyurtmasi.
* Xavf-xatarni bo’yniga olish.
* Muzokaralar olib boorish.
* Bozor malumoti tahlili.
2.Sotish siyosatida asosa Chakana savdo, Ulgurji savdo, va Vositachini tanlash kabi savdo turlari mavjuddir.
Chakana savdo-axoliga tug’ridan tug’ri Tovar sotish va xizmat qilish bilan bog’liq bo’lgan tadbirkorlik faoliyatini
o’z ichiga oladi.
Ulgurji savdo-umumlashgan vositachi xisoblanadi va ko’pchilik vazifalarni bajaradi.Ulgurji savdodan sanoat korxonalari, tijorat firmalari va davlat muassasalari ulgurjisiga tovar sotib olishlari mumkin.
Vositachi tanlash;Diler-mustaqil kichik vositachi tadbirkor bo’lib, oldi sotdi ishlarini bajaradi va moddiy javobgarlikka ega. Vositachi xamkorlarni tanlash xamma ishlab chiqaruvchilar uchun muxim davr xisoblanadi.
3.Savdo qilishning yangi turlariga internet, elektron pochta, to’g’ri marketing, franchayzing va boshqalarni kiritish mumkin.


1. Tovar harakati sistemasining mohiyati
Tovar harakati – bu tovarni ishlab chiqarilgan joydan iste’molchigacha siljitish bilan bog’liq bo’lgan hamma faoliyat turlaridir. Ma’lum bir savdo firmasi ishlab chiqarish korxonasiga buyurtma berib, buyurtma berilgan tovarni yuklashtushirish, saqlash, magazinlargacha transport vositasida tashish va hatto magazinlarni tovar zahiralari bilan to’ldirib turish mas’uliyatlarni o’z zimmasiga oladi. Ana shu funksiyalarning jami birgalikda tovar harakati sistemasini tashkil etadi.
Bu sistemaning maqsadi esa tovarni o’z vaqtida yuklash, tovarni kerakli joyga, kerakli miqdorda o’z vaqtida yetkazib berish va iste’molchilarning ehtiyojlari bo’yicha aniq axborotlarga ega bo’lishdan iboratdir. Tovarlarni kerakli assortimentda, o’z vaqtida, yuqori sifat bilan va iste’molchilar haqida ishonchli axborotga ega holda mijozlarga yetkazib bergan firmalar raqobat kurashida albatta ustunlikka ega bo’ladilar.
Tovar harakati – bu faqatgina xarajatlar manbai bo’lib qolmasdan, balki talabni shakllantiruvchi muhim vosita hisoblanadi. Tovar harakati sistemasini takomillashtirish hisobiga xizmat ko’rsatishni yaxshilash yoki narxni pasaytirib, qo’shimcha mijozlarni topishga erishish mumkin. Firmalar tovarni o’z vaqtida yetkazib bermasalar, u holda mijozlarini yo’qotib qo’yishlari ham mumkin.
Ko’pgina firmalar eng minimal xarajatlar bilan kerakli tovarni kerakli joyga belgilangan vaqtda yetkazib berishni tovar harakatining asosiy maqsadi qilib qo’yadilar. Afsuski, tovar harakati sistemasining birontasi ham bir vaqtning o’zida tovar tarqatish bilan bog’liq xarajatlarni minimal darajagacha kamaytirib va mijozlar uchun maksimal servis ko’rsatishga layoqatli emas. Mijozlar uchun maksimal servis deganda katta miqdordagi tovar zaxiralarini saqlab turish, tovar tashishni yuqori darajada tashkil etish va ko’plab omborlarga ega bo’lish tushuniladi. Bular esa o’z navbatida tovar tarqatish bilan bog’liq xarajatlarning ko’payib ketishiga olib keladi. Xarajatlarni kamaytirishni ko’zlash esa, arzon transport sistemasi, kam hajmdagi tovar zaxiralarini saqlab turish va kam sonli omborxonalarga ega bo’lish bilan bog’liqdir.
Tovar harakati xarajatlari bir-biri bilan teskari proporsional bog’liqlikka egadir. Masalan, tovar-ekspedisiya boshqaruvchisi tovarni ko’pchilik hollarda samolyot bilan emas, arzon transport vositasi – temir yo’l orqali jo’natishga harakat qiladi. Bu albatta firmaning transport xarajatlarini kamaytiradi. Lekin, mijozning yetkazib berilgan tovar uchun hisob-kitob ishlari uzoq muddatga cho’ziladi va ikkinchidan bu holat mijozlarni tovar yetkazib berishning qisqa muddatini taklif etuvchi subyektlar bilan ishlashga majbur etadi. Yoinki, tovar zaxiralari xizmati boshqaruvchisi kam miqdordagi tovar zaxiralari bilan ishlashni afzal ko’radi, chunki bunday yondashuv albatta tovar zaxiralarini saqlash bilan bog’liq xarajatlarni kamaytiradi. Lekin, bunday holatda mijoz so’raganda Tovar mavjud bo’lmay qolish ehtimoli katta, ikkinchidan hujjatlarni rasmiylashtirish xarajatlari oshib ketadi. Demak, bajarilmaydigan buyurtmalar sonining ortishi, firmaning o’z mijozlaridan ajralib qolish xavfini keltirib chiqaradi.
Yuqorida keltirilgan fikrlardan shuni anglash mumkinki, tovar harakatini tashkil etish bilan bog’liq faoliyat juda murakkab hisoblanadi va bu yerda biron bir qaror qabul qilganda ishni kelishuv asosida, sistemali yondashuv tamoyilidan foydalanib amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.



Download 38.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling