Xususiy mulk huquqi


Download 32.75 Kb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi32.75 Kb.
#1581892
  1   2   3   4
Bog'liq
Xususiy mulk huquqi


Xususiy mulk huquqi
Reja:
1. Xususiy mulk tushunchasi
2. Xususiy mulk huquqi subyektlari
3. Xususiy mulk huquqi obyektlari
O`zbekiston Respublikasi FKning 207-moddasiga asosan xususiy mulk huquqi shaxsning qonun hujjatlariga muvofiq tarzda qo`lga kiritgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidir. Ya`ni u meros tariqasida, ishlab chiqarishda o`z mehnati bilan shaxsan ishtirok etish, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish, bitimlar tuzish, yollanma mehnatdan foydalanish tartibida hamda qonunda ta`qiqlab qo`yilmagan boshqa asoslarda olgan huquqidir. Xususiy mulk huquqi bilan bog`liq muhim qoida shuki, xususiy mulk bo`lgan mol-mulk mulkdor va qiymat jihatdan cheklanmaydi.
Xususiy mulk huquqining subyektlari fuqarolar, xo`jalik shirkatlari va jamiyatlari, kooperativlar, jamoat birlashmalari, ijtimoiy fondlar va davlatga qarashli bo`lmagan boshqa yuridik shaxslardir (FKning 208-moddasi).
Xususiy mulk huquqi subektlari turli-tuman va keng doirada bo`lsa ham ularni birlashtiruvchi belgi mulkning vujudga kelishi, undan foydalanish, boshqarish, tasarruf etish, uning natijalaridan bahramand bo`lishda jismoniy shaxs (xususiy shaxs)ning u yoki bu darajada ishtirok etishi, ishtirok etganida ham ommaviy mulkdagi kabi fuqaro (davlatga mansub shaxs) yoki maxsus vakolatli mansabdor shaxs sifatida emas, balki mulkdor shaxs sifatida ishtirok etishidir. Bunday ishtirok etish bevosita (masalan, fuqarolarga tegishli mol-mulk bo`yicha mulkdor vakolatlarini amalga oshirishdi) yoki bevosita (masalan, yuridik shaxsni ta`sis etuvchisi yoki yuridik shaxs mol-mulkidan bahramand bo`luvchi subyekti sifatidagi huquqlarni amalga oshirishda) namoyon bo`ladi. Har ikkala ko`rinishda ham xususiy shaxsga ma`lum mulkiy huquqlar tegishli bo`ladi va u bu huquqlarni o`ziga xos tarzda ro`yobga chiqaradi.
Xususiy mulk huquqi subyektlari
Yuqorida aytganimizdek, xususiy mulk huquqi fuqarolar va nodavlat yuridik shaxslar mulki ko`rinishida uchraydi. Fuqaro mulki xususiy mulkning o`ziga xos ko`rinishi bo`lib, mulkning boshqa turlari nisbatan quyidagi afzalliklarga ega:
1. Mulkdor har doim konkret shaxs bo`ladi;
2. Mulkdor mulkka nisbatan eng yaqin bo`ladi va shu sababli ham unga ta`sir qilishda qator ustunliklarga ega;
3. Binobarin, bunday mol-mulk tashmachilik, o`g`rilik, xo`jasizlikning qurboni bo`lish ehtimolidan uzoqdir.
Boshqacha aytganda, xususiy mulkning bu turini fuqarolarga yakka tartibda tegishli bo`lgan mol-mulk ma`nosida tushunish mumkin. Bu mulkning eng asosiy belgilari mol-mulkka nisbatan mulkdor yakka shaxs, ya`ni fuqaro ekanligi va u mol-mulkka nisbatan o`z huquqlarini xususiy tarzda amalga oshirishga haqli ekanligidir. Xususiy tarzda amalga oshirish deyilganda, mulk sohibi bo`lgan shaxsning boshqa har qanday shaxslardan ruxsat olmay, o`z xohishiga ko`ra mulkiy huquqlarni e`tirof etish, yollanma mehnatni qo`llash asosida foyda olish maqsadini ko`zlab ishlab chiqarish vositalariga, korxonalarga egalik qilish imkoniyatlariga yo`l ochdi. Ayni vaqtda xususiy mulk huquqini fuqarolarning o`ziga yakka tartibda tegishli mol-mulkka nisbatan erki va irodasini amalga oshirishda mutlaq xohishni ro`yobga chiqarish ma`nosida tushunmaslik lozim. Xususiy mulk egasi o`z huquqlarini amalga oshirishda atrof-muhitga zarar yetkazmasligi va boshqa shaxslarning manfaatlarini buzmasligi lozim. Yuqorida ta`kidlanganidek, barcha mulk turlari ichida faqat fuqarolar mulkida mulkdor o`z mulkiga eng yaqin turadi. Qachonki mulkdor aniq va muayyan bo`lsa, o`z mol-mulkiga bevosita tez va oson ta`sir ko`rsatishga, nazorat qilishga imkon tug`iladi, bunday mol-mulk esa xo`jasiz qolmaydi. Aksincha, mulkdorning doimiy nazorati, boshqaruvi, g`amxo`rligi ostida ko`payib, rivojlanib boradi. Fuqarolar mulki sifatidagi bunday xususiy mulk bozor munosabatlari tizimida tadbirkorlik faoliyatining moddiy negizi mo`l-ko`lchilik va farovonlik manbai sifatida o`ziga xos mavqega ega bo`ladi. Shu bilan birga mulkdorning o`z mulkiga yaqin turishi, bozor iqtisodiyoti sharoitida o`zgarib turuvchi talab va taklifga tez moslashish imkonini beradi.
Fuqarolarga qarashli mol-mulk oila mulki ko`rinishida ham bo`lishi mumkin. Oila
– kishilarni bir-birlari bilan qon-qarindoshlik yoki nikoh asosida birgalikda yashab, umumiy xo`jalik yurituvchi uyushmasidir. Oilaviy mulkning tarkibiga quyidagilar kiradi:
–er-xotinning birgalikdagi mulki;
–oila a`zolarining har biriga shaxsan tegishli bo`lgan mulk, shu jumladan nikohgacha bo`lgan mulk ham;
–oilaviy umumiy mulk
– oila mulki oila a`zolarining umumiy kelishuvi asosida boshqariladi. Umumiy qoidaga ko`ra oila yuridik shaxs emas, biroq oila zamirida dehqon xo`jaligi tashkil etilsa, u yuridik shaxs huquqidan foydalanish mumkin. Biroq, bu yerda oila bilan dehqon xo`jaligini aslo aralashtirib yubormaslik kerak.
Xususiy mulk huquqining ikkinchi ko`rinishi nodavlat yuridik shaxslarning mulk huquqidir.
Nodavlat, ya`ni davlatga qarashli bo`lmagan yuridik shaxslar mulkining iqtisodiy mazmuni tashkiliy jihatdan uyushgan kishilar guruhiga moddiy ne`matlarning tegishli ekanligida ifodalanadi. Ba`zi iqtisodiy adabiyotlarda yuridik shaxslar mulki shu jamoa a`zosi hisoblangan shaxslarning umumiy hissali mulki deb ko`rsatiladi. Bu noto`g`ri. Mazkur mulkning subyekti faqat yuridik shaxs hisoblanadi.
Yuridik shaxslar mulkida umumiy mulkdagi kabi ko`p subyektlilik emas, balki bir subyektlilik mavjud. Yuridik shaxslar mulkining quyidagi turlari mavjud:
a) mahalla mulki;
b) kooperativ mulk;
v) jamoa korxonalarining mulki;
g) ijara korxonasining mulki;
d) xususiy korxonalar mulki;
e)xo`jalik shirkati va jamiyati mulki;
z) jamoat birlashmalarining mulki; i) diniy tashkilotlarning mulki.

Download 32.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling