Xvii. Gidromeliorativ tizimlarni tashkil etuvchi elementlari va suvdan foydalanish rejalarini tuzish


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana09.06.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1465814
  1   2   3   4   5
Bog'liq
jyUbZdy3H7qkB4BjkjvXG3v4tcGT6gNkmtcVxBh6 (4)



XVII. GIDROMELIORATIV TIZIMLARNI TASHKIL ETUVCHI 
ELEMENTLARI VA SUVDAN FOYDALANISH REJALARINI TUZISH
17.1 Gidromeliorativ tizimlarini loyixalash uchun tabiiy sharoitlarni 
o’rganish va ularni loyixalash 
Gidromeliorativ tizimlar bajaradigan ishlariga qarab turlicha bo’lishi mumkin. 
Markaziy Osiyoda gidromeliorativ tizimlarini asosan sug’orish tizimlari tashkil 
etadi. yerlarni sug’orishdan asosiy maqsad qishloq xo’jalik o’simliklaridan barqaror 
hosil olishni ta’minlashdan iboratdir.
Sug’orish suvini manbadan olib uni sug’orish tizimlari orqali ekin dalalariga 
yetkazish, hamda sug’orish, texnikasi (usullari) yordamida oqim holatidagi suvni 
tuproq namligiga aylantirish borasidagi barcha tashkiliy, boshqarish ishlari suvdan 
foydalanish deb yuritiladi. 
Suvdan foydalanish gidromeliorativ tizimlardan foydalanishni asosini tashkil 
qiladi. Bunda quloq boshidan uzoqlashgan sayin sug’orish tarmoqlari va ulardagi 
suv sarfini tarqatuvchi tarmoqlar soni ortib boradi va shu bilan birga suvni 
boshqarish ishlari murakkablashib boradi. SHuning uchun ham barcha sug’orish 
tizimlari uchun mavjud maydonlarni me’yoriy holatda suv bilan ta’minlash 
maqsadida suvdan foydalanish rejalashtiriladi. 
Suvdan foydalanishni rejalashtirishni mohiyati sug’orish uchun mo’ljallangan 
suv miqdorini suvdan foydalanuvchi xo’jaliklarga ularni ekin maydonlari va ekin 
turlariga qarab ekinlarni sug’orish rejasiga muvofiq rejalashtirish sug’orish 
manbaidan olib sug’orish tizimlari orqali yetkazib berishdir. 
Suvdan samarali foydalanishni suvdan foydalanish rejasini tuzishga olib 
keladi. Suvdan rejali foydalanish sug’orish tizimidan maqsadli va unumli 
foydalanishning asosidir. Suvdan foydalanuvchi xo’jaliklarning suvdan foydalanish 
rejalarida qo’yidagilarga rioya qilinishi ko’zda tutilishi lozim: 
-qishloq xo’jalik ekinlarini sug’orish uchun belgilangan optimal sug’orish 
tartiblariga rioya qilishni va sug’orish texnikasining ratsional elementlarini hisobga 
olgan xolda reja bo’yicha aniqlangan suv sarfini olish, yoki davlat sug’orish 
sistemasining limiti bo’yicha belgilangan suv sarfidan to’g’ri foydalanish; 


-suvning sug’orish tarmoqlarida isrof bo’lishini shuningdek sug’orish usullarining 
takomillashmaganligi, sug’oriladigan dalalarni tekislanmaganligi tufayli sug’orish 
tarmoqlaridan va sug’orish dalalaridan suv sarfini maksimal kamaytirish; 
-sho’r yuvishni sifatli tashkil qilish va o’tkazish orqali meliorativ xolati yomon 
yerlarni to’zini ketkazish, yozgi sug’orish mavsumida sug’orishni, vegetatsiya 
sug’orishni sho’r yuvish tartibi darajasida o’tkazish va zovurlarning uzunligi va 
chuqurligini optimal uzunlikda bo’lishini ta’minlab sizot suvlari sathining 
ko’tarilishiga yo’l qo’ymaslik; 
-sug’orishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish hisobiga tuproqning hosildor 
qatlamidagi ozuqa moddalarin yuvilib ketishiga yo’l qo’ymaslik; 

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling