Yangi darsliklar o‘qishga qiziqmaydigan bolani ham qiziqtira oladi


Download 12.62 Kb.
Sana21.11.2023
Hajmi12.62 Kb.
#1793354
Bog'liq
Andijonlik boshlang


Andijonlik boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi: “Yangi darsliklar o‘qishga qiziqmaydigan bolani ham qiziqtira oladi”
KECHA, 18:31 13075
Maktab darsliklari zamonaviy ta’lim standartlariga javob berishi barobarida o‘quvchini qiziqtirishi va fanga bo‘lgan mehrini uyg‘otishi kerak. Boshlang‘ich sinf darsliklarining tubdan yangilangani nafaqat o‘quvchi va o‘qituvchilarni, balki ota-onalarni ham quvontirgani aytilmoqda. Tan olish kerak, bu borada tanqidiy fikrlar ham yo‘q emas. 
Xo‘sh, 2023/2024-o‘quv yilida taqdim etilgan darsliklar avvalgilaridan nimasi bilan farq qiladi? Bu savolga javob olish maqsadida “Daryo” muxbiri Umidjon Mamarasulov o‘n yildan buyon Andijon tumanidagi 54-umumiy o‘rta ta’lim maktabida boshlang‘ich sinfda dars berib kelayotgan Ilmira Musina bilan suhbatlashdi. 
Ilmira Musina.Foto: “Daryo”
Ta’lim sohasida yigirma yildan oshiqroq vaqtdan beri ishlayman. Dastlab oliy ta’lim dargohida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlagan bo‘lsam, o‘n yildan buyon ushbu maktabda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritib kelyapman. Pedagoglik kasbining aynan boshlang‘ich sinf o‘qituvchiligini tanlaganimda xursand bo‘laman. Chunki beg‘ubor bolajonlarga dars o‘tish orqali o‘zimga energiya olaman. Ular bilan ishlash katta yoshdagilar bilan ishlashdan ko‘r zavqli va boshqacha, — deydi Ilmira Musina.
Suhbatdoshimizning aytishicha, yangi darsliklar avvalgilariga nisbatan o‘zining rang-barangligi hamda o‘quvchilar uchun berilgan topshiriqlarning qiziqarli ekanligi bilan farq qiladi.
Yangi darsliklar haqida aytadigan bo‘lsam, darsliklar 4K moduliga tayanib tayyorlangan bo‘lib, yangi metodikalar asosida o‘qitishimiz uchun har tomonlama qulaylik yaratmoqda. O‘quv yili avvalida darsliklarni qo‘lga olar ekanmiz birinchi navbatda ularning muqovasi va sahifalari uchun tanlangan ranglar e’tiborimni tortdi. To‘g‘risi darsliklardagi rang-baranglikni ko‘rib, eng avvalo o‘zimiz bolaga o‘xshab quvondik. Mavzular bilan tanishib chiqish maqsadida sahifalarni ochib qaraganimizda nafaqat mavzu balki berilgan topshiriq va vazifalarning bir-biridan qiziqarli ekanligi bilan ham bizda yaxshi taassurot qoldirdi.
O‘quvchilarimiz kichik yoshdagilar bo‘lgani uchun kuz-qish mavsumi va bahor arafasida ularning tez-tez kasal bo‘lish holati uchraydi. Bu esa mavzularni o‘z vaqtida o‘zlashtirishiga to‘siq bo‘lar edi. Yangi darsliklarda uyda yoki shifoxonada davolanayotgan darslarda qatnasha olmagan o‘quvchilarning boshqa sinfdoshlari bilan mavzularni teng olib ketishi uchun ham imkoniyati yaratilgan. Ya’ni har bir mavzu so‘ngida Quar-kodlar joylashtirilgan bo‘lib, ular orqali mavzularni mustaqil o‘rganishi mumkin.
Bir narsani alohida qayd etmoqchiman, aksariyat ota-onalarimiz rus tilini bilmaydi, bu esa biz o‘qitayotgan bolalarning o‘zlashtirishida ham qiyinchilik tug‘dirar edi. Quar-kod orqali kirilganda mavzular video tarzida qo‘yilgan bo‘lib, nafaqat o‘quvchilarning balki ota-onalarning ham rus tilini o‘rganishiga yoki nazorat qilishiga xizmat qiladi, — deydi suhbatdosh o‘qituvchi.
Pedagogning ta’kidlashicha, asosiy fanlar to‘rt qismga bo‘lingan bo‘lib, har biri alohida choraklarda o‘qitiladi. Shuningdek, dasrliklar oxirida nakleykali stikerlarning joylashtirilganligi o‘quvchining kayfiyati va qanchalik o‘zlashtirganligini anglashga xizmat qilmoqda.
Foto: “Daryo”
Yangi o‘quv yilidan boshlab 1-sinflar uchun informatika va axborot texnologiyalari fani kiritildi. Biz boshida ushbu fan kiritilganda hayron bo‘ldik va qanday qilib boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga informatikani tushuntira olamiz, deb o‘yladik. Lekin tanishish asnosida fan mavzulari atrofimizdagi olam bilan bog‘liq ekanligini ko‘rib, haqiqatan judayam kerakli fan ekanligini tushunib yetdik.
Yana bir qulaylik tomoni shundaki asosiy, kundalik o‘qitiladigan fanlarning darsliklari to‘rt qismga bo‘lingan, ya’ni har bir chorak uchun alohida kitoblar tayyorlangan. Ayrim fanlarda esa ikki qismga bo‘lingan. Avvalari har bir fan to‘liq bir kitob shaklida chiqarilar edi va kitoblar yil davomida olib yurilardi. Natijada kitoblar urinib, ko‘rimsiz holatga kelib qolishiga sabab bo‘lardi. Endilikda birinchi chorakda o‘qilgan kitoblar keyingi choraklarda ishlatilmaydi. Har bir chorak boshida o‘quvchilar darsliklarni yangi holatda qo‘llariga olishadi. Bolalar shu darsliklarga qarab, kitoblarni yaxshi holatda saqlab qolishim kerak ekan, degan fikrga borishyapti va qanday holda olingan bo‘lsa shunday tarzda topshirilmoqda.
Bu yildan boshlab, darsliklarimizga qo‘shimcha ravisha daftarlar ham berilayapti. Ularda juda qiziqarli topshiriqlar ham berilgan bo‘lib, uyga vazifalarni o‘z vaqtida bajarishga undaydi. Bu o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirishga katta hissa qo‘shyapti. Yana bir ajoyib qo‘shimchalardan biri darsliklarning oxirgi betida turli kayfiyatni aks ettiruvchi nakleykali stikerlar bor. Ushbu stikerlar bolajonlarga juda ham yoqayapti. Ular har bir darsdan so‘nggida shu nakleykali stikerlardan foydalanib, qanday ishtirok etgan bo‘lsa shunga mosini qo‘yadi mavzu joylashgan sahifaga yopishtirib qo‘yadi, — deydi pedagog.
Ilmira Musinaning aytishicha, yangi darsliklar boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining darsdan tashqari vaqtlarda ham o‘quvchilarga vaqt ajratishiga zamin yaratgan. 
Avvallari ishdan tashqari ko‘proq vaqtimizni keyingi kungi darslarga tayyorgarlik ko‘rish, ya’ni turli o‘quvchini qiziqtirish mumkin bo‘lgan narsalarni chiqarishga sarflagan bo‘lsak yangi darsliklarimiz bunga barham berib, bizni hattoki darsdan tashqari ham bolajonlarimiz bilan qo‘shimcha ishlashga imkon yaratayapti. Bundan tashqari biror narsa chiqarish uchun sarflab kelgan mablag‘larimizni tejayapmiz. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsa, oldingi darsliklarimiz mualliflari ta’lim sohasida ishlagan bo‘lsa ham bolalar bilan ishlamaganliklari uchun o‘quvchini qiziqtirishi qiyin edi. Yangi darsliklarning mualliflarining aksariyati boshlang‘ich sinflar o‘qituvchilari bo‘lganligi bois har bir o‘quvchining harakteridan kelib chiqib, tayyorlanganligi yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Bu esa o‘yinqaroq, qiziqmaydigan yoki o‘zlashtirishi qiyin bo‘lgan bolalarni ham o‘ziga jalb etib, o‘qishga qiziqtira olyapti, — deydi Ilmira Musina.
FacebookTwitterLinkedInTelegramEmail



Download 12.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling