Yangi O„zbekistonda el aziz, inson aziz


Download 25.73 Kb.
Sana13.01.2023
Hajmi25.73 Kb.
#1090837
Bog'liq
Mavzu musta


Mavzu: Bu aziz vatan barchamizniki
Dars shiori: “Yangi O„zbekistonda el aziz, inson aziz”

  1. Maqsadlar: ta'limiy: o‗quvchilar mustaqillik bergan ne‘matlarning qadriga yetish, Vatanimizga sodiq bo‗lish muqaddas burch ekanini, ijodiy fikrlashni, mamlakatimiz taraqqiyotiga, rivojiga munosib hissa qo‗shishni, buning uchun a‘lo o‗qish lozimligini, insoniy fazilatlar egasi bo‗lishni o‗rganadilar; tarbiyaviy: o‘quvchilar Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat, vatanparvarlik ruhida tarbiyalanadilar; rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning Vatan tarixi, buyuk ajdodlarimiz, ulug' siymolar haqidagi bilimlarni kengaytiriladi. Tayanch kompetensiya elementlari: Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish. O‟z-o‟zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarda o‘zini tuta bilish. Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o‘zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash. Mavzuga oid tayanch tushunchalar: vatan, mustaqillik, ota-ona Dars turi: mustahkamlovchi, yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi. Dars usullari: yakka tartibda va kichik guruhlarda ishlash, suhbat-munozara, taqdimot, savol-javob. Dars jihozi: mavzuga mos bukletlar, tarqatma materiallar, rasmlar Vatan timsollari haqidagi slaydlar, DVD-disk. Darsning texnik chizma: 1.Tashkiliy qism 10 daqiqa 2.Yangi mavuz bayoni 50 daqiqa 3.Aqliy hujum 15 daqiqa 4.Uyga vazifa 5 daqiqa

  2. Darsning borishi:

  3. 1.Tashkiliy qism: Salomlashish, Davomatni aniqlash, Ta‘til taasurotlari bilan tanishish.

  4. 2.Yangi mavzu bayoni: Yurtimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng biz o‘zligimizni, qadriyatlarimizni, ma'naviyatimizni teran anglay boshladik. O‘zbek nomining shoni-shavkati, g‘ururi dunyoga tanildi. Xalqim, tantiliging o’zi bir olam, Yurtboshing boshingda yonib turgan sham. Ta'rifingni bitib charchamas qalam, Mag’rur o’g’lonlaring doim bor bo’lsin. Darhaqiqat o‘tgan 31 yil mobaynida katta muvaffaqiyatlarga erishildi. Shu davr ichida qo‘lga kiritilgan yutuqlarni sarhisob qilish qiyin. Istiqlol davrining yilma-yil tahlili yana bir muhim xulosani aytishga asos beradi: O‘zbekistonimizning siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy qiyofasi batamom o‘zgardi. Odamlar tafakkurida keskin sifat o‘zgarishi sodir bo‘ldi. Bugungi xalq yigirma to‘qqiz yil burungi xalq emas. Bu o‘zgarishlar, o‘n-o‘n besh yildan keyin yana qanday shirin mevalar berishini bir ko‘z o‘ngimizga keltirib ko‘raylik. Shunda ko‘ngilga baxtiyor umidbaxshlik, shukr va faxr xissi unadi. Mustaqillik, avvalo, millatning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini kafolatlaydi. Bu degani esa - biz millat, xalq sifatida taqdirimiz bilan bog‘liq barcha masalalarni o‘zimiz hal etishimiz lozimligini anglatadi. Mamlakat hayotida yuz berayotgan o‘zgarishlarni uchta - siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy islohotlarga bo‘lib tahlil etish mumkin. Siyosiy jihatdan O‘zbekiston Respublikasi jahondagi teng huquqli mustaqil davlat sifatida yuz ko‘rsatdi. Xalqaro maydonda munosib o‘rinni egalladi. O‘z ovoziga, o‘ziga xos mavqeiga ega bo‘ldi. MUSTAQILLIK BU KUNLARGA YETGANLAR BOR FIDOIYLIK O'Z TAQDIRI BILAN BOG' LIK BO'LGAN MUOMMOLAR HAQIDA O'YLASH TENGLIK DUNYO MUAMMOLARINI O'YLASH TASHABBUSKORLIK ORZU HURRIYAT BIRODARLIK AHILLIK OZODLIK QUYOSHLI KUN ONGLI YASHASH Hammamizga ma‘lumki, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2022-yil 1-avgustda 340-sonli ―O‗zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‗ttiz bir yillik bayramiga tayyorgarlik ko‗rish va uni yuqori saviyada o‗tkazish to‗g‗risida‖gi qarorni imzoladi. Qarorda ta‘kidlanishicha, xalqning ulkan jasorati va matonati bilan 1991-yil 31-avgustda qo‗lga kiritilgan O‗zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi ko‗p ming yillik tarixdagi hech qachon unutilmaydigan, qadr-qimmati va ahamiyatli yillar, asrlar o‗tgani sayin tobora ortib boradigan buyuk tarixiy voqeadir. ―Aynan milliy mustaqillik el-yurt uchun jahon hamjamiyatidan munosib o‗rin egallab, huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyatini qurish, shu jumladan, hayotning turli soha va tarmoqlarida keng ko‗lamli islohotlarni amalga oshirish uchun mustahkam zamin yaratib, erishayotgan barcha yutuq va marralarimizning asosiy manbasi bo‗lib kelmoqda. Ayniqsa, so‗nggi yillarda, dunyoda koronavirus pandemiyasi va iqtisodiy inqiroz, keskin raqobat, turli qarama-qarshilik va ziddiyatlar tufayli yuzaga kelgan g‗oyat og‗ir va murakkab vaziyatda mard va olijanob xalqimizning fidokorona mehnati bilan Yangi O‗zbekistonni barpo etish va uni jahonga tarannum qilish bo‗yicha muhim natijalarni qo‗lga kiritayotganimiz, bu yutuqlar xalqaro jamoatchilik tomonidan e‘tirof etilayotgani, eng asosiysi, vatandoshlarimizning ong-u tafakkuri, dunyoqarashi o‗zgarib, ular islohotlar samarasini kundalik hayotida his qilib yashayotganini alohida ta‘kidlash zarur. 2022—2026-yillarga mo‗ljallangan Yangi O‗zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish, erishilgan yutuqlarni mustahkamlab, tub islohot jarayonlarini yangi bosqichga ko‗tarish, inson huquq va manfaatlari, uning qadri, sha‘ni va g‗ururini yetakchi o‗ringa olib chiqish ustuvor vazifamizga aylangan hozirgi vaqtda yurtimizda tinchlik va barqarorlikni saqlash, davlatimizning hududiy yaxlitligi va bo‗linmasligi, sarhadlarimiz daxlsizligini ta‘minlash, millatlararo totuvlik, diniy bag‗rikenglik va hamjihatlikni mustahkamlashga intilish ko‗p millatli xalqimizni yanada birlashtiradigan, yuksak marralarga safarbar etadigan beqiyos kuchga aylanib bormoqda‖, – deyiladi qonun matnida. 2022-2026 yillarga mo„ljallangan Yangi O„zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish, erishilgan yutuqlarni mustahkamlab, tub islohot jarayonlarini yangi bosqichga ko‗tarish, inson huquq va manfaatlari, uning qadri, sha‘ni va g‗ururini yetakchi o‗ringa olib chiqish ustuvor vazifamizga aylangan hozirgi vaqtda yurtimizda tinchlik va barqarorlikni saqlash, davlatimizning hududiy yaxlitligi va bo‗linmasligi, sarhadlarimiz daxlsizligini ta‘minlash, millatlararo totuvlik, diniy bag‗rikenglik va hamjihatlikni mustahkamlashga intilish ko‗p millatli xalqimizni yanada birlashtiradigan, yuksak marralarga safarbar etadigan beqiyos kuchga aylanib bormoqda. Buyuk istiqlolimizning xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‗ularini kamol toptirish, yurtimizni har tomonlama erkin, obod va farovon mamlakatga aylantirishdagi ulkan ahamiyat va mohiyatini hisobga olib hamda O‗zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‗ttiz bir yilligini munosib kutib olinmoqda. Yangi O'zbekistonni barpo etish davrida ichki ishlar organlari tizimida tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Islohotlarning 1-bosqichi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 apreldagi PF-5005-son farmoni asosida boshlanib, bu borada 13 ta qonun, Prezidentning 9 ta farmoni, 40 ta qarori va 3 ta farmoyishi, 115 ta Hukumat qarorlari, 167 ta idoralararo hujjatlar qabul qilindi. Ichki ishlar organlarining boshqaruv tizimi to'liq maqbullashtirilib, 85 foiz (ilgari 54 %) shaxsiy tarkib bevosita aholi uchun qulay joylarda xizmat qilinishi ta'minlandi. Har bir rahbar va xodimning jinoyatchilikka qarshi kurashishga bo'lgan qarashi tubdan o'zgardi. Ularning kundalik xizmat faoliyati raqam va foizlar orqasidan quvish emas, balki fuqarolarning haq-huquqlarini himoya qilish birinchi navbatdagi vazifaga aylandi. Kriminogen vaziyatni xolisona tahlil qilish, jinoyatlarni yashirmaslik maqsadida, xodimlar tashabbusi bilan aniqlanadigan jinoyatlar ijobiy natija sifatida baholash tizimiga o'tildi. Tizimdagi barcha sohaviy xizmatlar qaytadan isloh etildi. Zamon talabidan kelib chiqib, xavfsiz turizmni ta'minlash, probatsiya, surishtiruv va kiberjinoyatchilikka qarshi kurashishga ixtisoslashgan bo'linmalar yangitdan joriy etildi. Mahallalarda jinoyat oqibatlari bilan kurashish emas, balki, barvaqt oldini olishga o'tildi. Buning uchun, har bir mahallaga bir nafardan profilaktika inspektori ajratilib, ularning soni 9 784 nafargacha (ilgari 5 867) etkazildi va o'rtacha 3,5 ming aholiga (ilgari 5,5 ming) xizmat qilinishi ta'minlandi. Ularning uzluksiz xizmat faoliyati amalga oshirilishi uchun 6 787 ta xizmat uylari va 7 388 ta shaxsiy avtomashina xarid qilish uchun imtiyozli kreditlar ajratildi. Profilaktika inspektori mahalla raisning huquq-tartibotni ta'minlash bo'yicha o'rinbosari etib belgilandi. Xotin-qizlarning qonuniy manfaatlarni ruyobga chiqarish va ularning xavfsizligini ta'minlash uchun 362 nafar ayollar masalalari bo'yicha inspektorlar faoliyati yo'lga qo'yildi. (ilgari bu vazifani profilaktika inspektori bajargan) Tor doiradagi soha mutaxassisligi bo'yicha jinoyat ishlarini tergov qilish sifatini oshirish maqsadida, yo'l-transport hodisalari, firibgarlik, kiberjinoyatchilikka ixtisoslashgan alohida bo'linmalar tashkil etildi va o'ziga xos jinoyatlarni tergov qilish metodikasi yaratildi. Inson qadrini ulug‘lash, uning shaxsiy huquq va erkinliklarini ta‘minlash maqsadida jazoni ijro etish muassasalarida saqlanadigan mahkumlarga saylash, pensiya ta'minoti va ijtimoiy sug'urta olish, kasb egallash, sifatli tibbiy yordam olish huquqi berildi. Ularni mehnatga to'liq jalb etish orqali jamiyatning munosib vakili sifatida shakllantirish uchun 114 ta yangi sexlar tashkil etilib, qo'shimcha 4 896 ta yangi ish o'rinlari yaratildi. III. Jamoat xavfsizlikni ta'minlash borasida ichki ishlar organlarining Milliy gvardiya va jamoatchilik bilan hamkorlikda 3 bosqichli patrullik xizmati tashkil etildi. Jamoat joylarida xavfsizlikni ―inson omili‖ni istisno etgan holda ta'minlash uchun, yo'l-patrul` va post-patrul` xizmati xodimlari 6 100 ta ―bodikamera‖, 179 ta alkotester, 6 514 ta huquqbuzarliklarni qayd etuvchi planshetlar bilan ta'minlandi. Aholiga qo'shimcha qulayliklar yaratish maqsadida ichki ishlar organlari tomonidan ko'rsatilayotgan 12 ta davlat xizmatlari interaktiv usulga o'tkazildi. Xalqaro standartlarga javob beradigan ID-karta, ―biometrik‖ xorijga chiqish pasporti va haydovchilik guvohnomasining yangi namunalari amaliyotga joriy etildi. Kadrlar salohiyatini oshirish, tizimda korruptsion oimllarga barham berish choralari ko'rilmoqda. Bu borada, Vazirlik Akademiyasida 8 ta (ilgari 4 ta) yo'nalish bo'yicha kunduzgi va sirtqi shaklda o'qish tizimi yo'lga qo'yildi. Yoshlikdan boshlab kadrlar o'zagini shakllantirish maqsadida, 14 ta idoraviy akademik litseylar, ―Temurbeklar maktabi‖ va ixtisoslashgan maktab-internati joriy etildi. 2022-yil 12 fevralida Davlatimiz rahbarining raisligida ilk bor o'tkazilgan Ichki ishlar vazirligi Hay'atining kengaytirilgan majlisida berilgan topshiriqlar asosida tizimda islohotlarning 2-bosqichi boshlandi. Bu borada, jamoat xavfsizligini ta'minlash sohasida tizim faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish maqsadida, bugungi kunga kelib, Prezidentimizning 1 ta farmoni va 7 ta qarorlari, 3 ta Hukumat qarorlari hamda 19 ta idoraviy va idoralararo normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Kelgusi davr uchun vazifalar: Birinchidan, jamoat xavfsizligini ta'minlash sohasida ichki ishlar organlarining xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish choralari ko'riladi. Bu borada, ko'cha va jamoat joylarida jamoat tartibini saqlash bo'yicha Milliy gvardiya bilan javobgarlik hududlarni qat'iy ajratgan holda mavjud kuch va vositalarining yagona boshqaruv tizimini joriy etiladi. Ikkinchidan, tizimda xizmat qilayotgan barcha shaxsiy tarkibning kasbiy bilimsaviyasini oshirish, har bir xodim tomonidan ―Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burch !‖ ezgu g'oya asosida xizmat faoliyatini amalga oshirish borasida tizimda ma'naviy-ma'rifiy ishlar mutlaqo yangi shaklda yo'lga qo'yiladi. Uchinchidan, jinoyatchilikni ―mahallabay‖ jilovlash, ayniqsa, shaxsning hayoti, sog'lig'i va mol-mulkiga nisbatan jinoiy tajovuzlardan himoya qilish, bu borada, uyushmagan yoshlar, deviant xulq-atvoridagi o'smirlar, nosog'lom va gayriijimoiy hayot kechirayotgan shaxslar bilan ―fuqarobay‖ ishlash amaliyotini har bir hududda jadallashtirish bo'yicha kompleks tezkor va profilaktik tadbirlar o'tkaziladi. To'rtinchidan, yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash, ayniqsa, og'ir oqibatli avtoavariyalar sodir etilishining oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Beshinchidan, fuqarolar uchun qo'shimcha qulayliklar yaratish, asosiy xizmat faoliyati yo'nalishlarida manfaatlar to'qnashuviga yo'l qo'ymaslik va ―inson omili‖ ta'sirini kamaytirish maqsadida tizimni bosqichma-bosqich to'liq raqamlashtirish ishlari davom ettiriladi. Xulosa o‘rnida mustaqillik tufayli Oʻzbekiston xalqaro miqyosda oʻzini tanitish, ayni chogʻda xalqaro huquq meʼyorlari asosida jahondagi barcha davlatlar bilan teng hamkorlik qilish imkoniyatini qoʻlga kiritdi. Jahon haritasida Oʻzbekiston yangi, yosh mustaqil davlat sifatida oʻz oʻrniga ega boʻldi. Iqtisodiyotda tub oʻzgarishlar qilish uchun imkoniyat yaratildi. Yaʼni jahon amaliyoti isbotlagan bozor iqtisodiyotiga oʻtish uchun sharoit barpo etildi. Mulkka munosabat tubdan oʻzgarib, jamiyatda yangi mulkdorlar sinfini shakllantirish uchun imkon ochildi. Mustaqillik xalqning maʼnaviy uygʻonishi uchun toʻla imkoniyat yaratdi. Yurt tarixi, qadimiy madaniyat tiklana boshladi. Xalqining azaliy urf-odatlari, maʼnaviy qadriyatlari unga qaytarib berildi. Dinga munosabat mutlaqo ijobiy tomonga oʻzgardi. Shunday qilib, qoʻlga kiritilgan Mustaqillik oʻzbek xalqi tarixida tamoman yangi davrni boshlab berdi, milliy dunyoqarashda yangicha tafakkur shakllana bordi. Xalq kelajakka ishonch bilan qaray boshladi. Oʻz yurtining toʻla xoʻjayini ekanligini, oʻz taqdirini oʻzi belgilash imkoniyatini qoʻlga kiritganligini his qila boshladi. Aqliy hujum: 1. O‘zbekiston Respublikasi qachon mustaqillikka erishgan? 2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qachon qabul qilingan? 3. O‘zbekiston Respublikasida qaysi til Davlat tili hisoblanadi? 4. O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi qachon qabul qilingan? 5. O‘zbekiston Respublikasi davlat gerbi nimani anglatadi va qachon tasdiqlangan? 6. O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi qachon tasdiqlangan? 7. O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i qachon tasdiqlangan va u nimani anglatadi? 8. O‘zbekiston Respublikasi qanday tabiiy boyliklarga ega? 9. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini 1-bo‘lib qaysi davlat tan olgan? 10. Qanday unvonlarni bilasiz? 4.Uyga vazifa Sifatida sinflarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda " Bu aziz vatan barchamizniki" mavzusida erkin fikrlarini daftarlariga tushurib kelishlarini berish.

Download 25.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling