Yangi tug'ilgan chaqaloq kindigining tushishi


Download 18.94 Kb.
Sana21.02.2023
Hajmi18.94 Kb.
#1216786
Bog'liq
chaqaloqlik davr kasalliklari



Yangi tug'ilgan chaqaloq kindigining tushishi


Tug'ruqxonadan uyga chiqgach chaqaloqning kindigi hali tushmagan bo'ladi. Shu davrda chaqaloq kindigida muammolar, chaqaloq kindigi yiringlashi, kindikning uzoq tushmasligi, kindikdan suyuqlik ajralishi kabi holatlar kuzatilishi mumkin. 
Yangi tug'ilgan chaqaloqning kindigi tushishi uchun 1-2 hafta talab etiladi. Bu davrda kindik yiringlab, kindik yarasiga infeksiya tushmasligiga e'tiborli bo'lish kerak. 
Ko'pchilik kindikni tezroq "quritish" maqsadida spirt bilan artib turishni tavsiya etadi. Aslida yara qanchalik quruq bo'lsa, shuncha yaxshi. Spirt terini qichitib yoki qizartirib yuborishi mumkin. Undan tashqari har qanday suyuqlik yara bitishini sekinlashtiradi. 
Kindik tushmagan davrda eng muhimi uning atrofini quruq tutish. Bolani terlamasligini ta'minlash. Ortiqcha terlash kindik bitib ketishiga to'sqinlik qiladi, undan tashqari ter oqqan joyda infeksiya tarqalishi oson bo'ladi. 
Kindik ko'proq ochiq havo bilan kontakt qilishi kerak. Ochiq havo yara tuzalishini tezlashtiradi. 
{xtypo_quote}Chaqaloqqa taglik taqayotganingizda kindikni yopib qo'ymaslikka e'tibor qiling. Taglikni yuqori qismini kindikka yetmagan holida asta bukib taqish lozim. Taglik ichida kindik bug'lar tufayli doimiy ravishda nam holatda bo'ladi, bu esa uning uzoq vaqt bitmasligiga va infeksiya tarqalishiga olib kelishi mumkin.{/xtypo_quote}
Chaqaloqni cho'miltiryotganingizda bitmagan kindigi xo'l bo'lmasligi muhim. 
Hech qachon quriyotgan kindikni kuch ishlatib tushirishga harakat qilmang. Kindik o'z vaqtida yetarlicha qurigan holda tushib ketishi lozim.
Talab etilsa, quloq tozalagich bilan kindik atrofini asta-asta artib qo'ysa bo'ladi. 
Kindik va uning atrofida biron muammo borligi alomatlari:

  • Kindikning o'zi yoki atrofdagi terisi qizargan;

  • Kindik joyi ishib qolgan;

  • Kindikdan suyuqlik ajralmoqda;

  • Kindikdan yomon hid kelmoqda;

  • Bolaga kindik joyi og'riq berayotgandek tuyulmoqda.


Ushbu alomatlardan biri namoyon bo'lsa, darhol shifokorga murojaat etish lozim. Uy sharoitida chaqaloqni kindigi muammolarini davolash mumkin emas. Ba'zida kindikning yiringlashi chaqaloq hayotiga xavf soladi. 
Qurigan kindik tabiiy ravishda tushib ketgach uning o'rnida juda oz miqdorda qon tomchisi yoki oz miqdorda sarg'ish suyuqlik ajralishi kuzatilishi mumkin. Bu holat normal bo'lib 5-6 kunda o'tib ketishi kerak. O'tib ketmayotgan bo'lsa shifokorga murojaat etish talab etiladi. Kindik ichida infeksiya ehtimolini yo'q qilish zarur.
{xtypo_warning}Chaqaloqning kindigiga maz, krem, yod, zelyonka yoki tabib yozib bergan vositalarni ishlatish aslo mumkin emas. {/xtypo_warning} 


RAXIT: alomatlari va davolanishi


Bola organizmida D vitaminining yetishmovchiligi raxit kasalligiga, immunitet pasayishiga va ko'z ko'rish qobiliyatining buzulishiga olib keladi. Negadur, shifokorlar deyarli barcha bolalarda raxit bor deb qo'shimcha vitamin D ichishni tavsiya qiladilar. Aslida vitamin D yetishmovchiligini aniq bilmasdan uni qo'shimcha ravishda ichish organizmda vitamin D miqdorini oshib ketishiga bu esa salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Qanday qilib bolaga tabiiy vitamin D yetyaptimi, yo'qmi aniqlasa bo'ladi?
Deyarli barcha vitaminlar organizmda ovqat orqali kiradi. Lekin D vitamini asosan quyosh nurlaridan, teri orqali organizmga kiradi. Vitamin D oshqozon osti bezi, buyrak, yurak faoliyatiga ta'sir qiladi va organizm immun tizimini yaxshilaydi.
Shuning uchun bola tug'ilganidan boshlab har kuni kamida 10-15 daqiqa quyosh nurlari ostida bo'lishi kerak. Quyosh nuri kam bo'ladigan shimol mamlakatlarida bu ayniqsa alohida ahamiyat kasb etadi.
D vitaminining organizmdagi asosiy mohiyati u roqali qondagi kalsiy va fosfor moddalari organizmga singishidan iboratdir. Kalsiy esa, bolaning o'sayotgan suyaklariga va asab tizimiga juda kerakli modda.
Bolaga vitamin D yetmasligining alomatlari
- chaqaloqning tez-tez terlashi;
- chaqaloqning ortiqcha bezotaluvchanligi;
- boshidagi tepaboshning vaqtida yopilmasligi;
- kattaroq bolalarda tishlar bilan bog'liq muammolar;
- uzoqni yaxshi ko'rolmaslik;
- uyqu buzulishi;
- ishtaha yo'qligi;
- asablarning qo'zg'alganligi.
- tez-tez shamollash;
- immunitet pasayishi;
- tez charchab qolish.
Lekin yuqoridagi alomatlar boshqa kasalliklarga ham xos bo'lishi mumkin. Shuning uchun, vitamin D yetishmasligini aniq bilish uchun ota-ona e'tibori talab qilinadi.
{xtypo_quote}Yana, organizmda Vitamin D yetishmovchiligini qon tekshiruvi aniqlab berishi mumkin.{/xtypo_quote}
Qanday qilib vitamin D yetishmovchiligini tabiiy ravishda oldini olish mumkin?
1. Har kuni tushlik vaqtigacha bola bilan quyosh nurlari ostida aylanish lozim. Tushlikdan so'ng quyosh nurlari teriga zarar keltiradi.
2. Xomilador ayollar haftasiga ikki marta yog'li baliq (syomga, forel, tunes) mahsulotlaridan iste'mol qilishlari kerak;
3. Bolaga haftada ikki marta syomga, forel, tunes balig'ini yoki ularning konserva shaklidan ovqat tayorlab berish juda foydali. Baliq bolaning aqliy rivojlanishiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
*** Baliqni duxovkada folgaga solib pishirish lozim. Undan tashqari baliqni vitamin C ga boy sabzavotlar bilan iste'mol qilsa, vitamin D organizmga yaxshi so'riladi.
4. Bola nonushtasida tuxum sarig'i va sariyog' bo'lib turishi ham foydali.
Kasha va non mahsulotlarini ko'p yeydigan bolalar ayniqsa vitamin Dga ehtiyoji katta bo'ladi.
Yana bir bora ta'kidlashimiz o'rinli bo'ladi, vitamin Dning yetishmovchiligi raxit kasalligiga olib kelsa, uning organizmda ortib ketishi ham salbiy oqibatlarga ega. Shuning uchun vitamin D qo'shimcha vitamin tarzida qabul qilinsa, shifokor bilan maslahatlashib uni me'yyoridan ortib ketmasligini ta'minlash zarur.
Download 18.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling