«Yangi yil» bayram tadbiri senariysi


Download 60 Kb.
bet1/4
Sana22.01.2023
Hajmi60 Kb.
#1109789
  1   2   3   4
Bog'liq
Yangi yilga senariy

«Yangi yil» bayram tadbiri senariysi




1-boshlovchi: Quvonch olib kelgin Yangi Yil
Barchaga ulashgin sadoqat vafo
Umidsizga umid,dardmanga davo
O’tgan umrimizni qilib sarhisob
Omad olib kelgin,bizga Yangi Yil
Yana tilak aytay,bering ijozat
Hammaning tilagi bo’lsin ijobat
Qut Baraka olib kelgin Yangi Yil
2-boshlovchi: Deydilar dunyoni qutqarar mehr
Barcha baxtli bo’lsin ko’rsat sen sehr
Yomonliklar bitsin ,bo’lgin yaxshi yil
Quvonch olib kelgin bizgaYangiYil
1- boshlovchi:Assalomu aleykum aziz ustozlar va bilimga chanqoq o’quvchi yoshlar ! Mana bugun Yangi Yil bayrami munosabati bilan tayyorlangan tadbirimizni e’tiboringizga havola etamiz.Yangi Yil bu yangi orzular ,hayot chash masidek to’yingan,oppoq qordek begubor,sof tuygular nishonasidir.
1-o’quvchi: Oqpaxtadek oppoq qor
Seni kutdik intizor
Pag’alab yog’ib tursang
O’ynab tuymayman zinhor
2-o’quvchi: Yangi Yil bayramini barcha intiqlik bilan kutadi.Ayniqsa bolajonlar uzoq-uzoqlardan yo’lga tushgan Qorbobo hassasining do’q-do’qini ,Qorqizning quvonchini kutishadi.
Keling aziz o’quvchlar davramizga Qorbobova Qorqizni taklif etamiz!
Qorbobo!Qorbobo …..(hammabirovozda )
Davraga Qorbobo va Qorqiz kirib keladi.
Qorbobo:
Assalomu aleykum aziz o’quvchilar shirindan shaker bolajonlar ! Mana siz orziqib kutgan Yangi Yil eshik qoqmoqda.Yangi Yil oilangizga baxt va omad olib kelsin,barchangizga omadli yil bo’lsin!
Kelgusi yilda yanada a’lo baholarda o’qishni davom ettiring!
Qorqiz:
Aziz o’quvchilar ! Sizni bayram bilan yana bir bor qutlayman.Yangi Yilda o’z orzu niyatlaringizga erishib,ota-ona laringizni xursand qilib yuring! Aqlli,odobli bolalar bo’lib ,Vatanimiz ravnaqiga o’z hissangizni qo’shing! Biz Qorbobo bilan a’lo baholarda o’qigan o’quvchilarga o’z sovgalarimizni ulashmoqchimiz.Qani marhamat!
(Yangi Yil sovg’alari tarqatiladi)
1-boshlovchi:Birinchi qor! Daraxtlar oppoq qor bilan burkangan ,shoxlari osilib turibdi.Archa boshida savlat to’kib turgan shox-shabbalari bilan o’zini shohday sezadi.

Download 60 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling