Yaratilgan sanasi: Thu, 0 Mar 2023 13: 27: 40 +0500 Page 1-savol


Download 78.55 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana01.04.2023
Hajmi78.55 Kb.
#1316488
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Galacticos jamoasi Samarqand-Qashqadaryo-Surxondaryo marafoni savollari (12.03.2023)



Yaratilgan sanasi: Thu, 30 Mar 2023 13:27:40 +0500
Page 1
1-savol:
.
2022-yilning 9-dekabr kuni Murmansk viloyatida boshqalar hayotini saqlab qolish uchun oʻz jonini qurbon
qilgan qahramonlarga atab ShU nomli koʻrgazma tashkil etildi. Taxtlar oʻyini serialidagi shimollik
xalqlarning jang shiori ham SHU edi. Biz savoldagi ikki so'zni bir so'zga almashtirdik. Shu ikki so'zni yozib
bering.
Javob:Shimol unutmaydi
Izoh: Shimoliy Murmansk viloyati oʻz qahramonlariga atab "Shimol unutmaydi" nomli koʻrgazma tashkil
etdi. Bu nom taxtlar oʻyini serialidagi shimolliklar shioridan olingan. Savolda ham yershonim orqali "Shimol
unutmaydi" soʻzlari Shu bilan almashtirganimizni ayrim jamoalar payqashgandir.
Manba: 1.
https://www.google.com/amp/s/murmansk.mk.ru/amp/culture/2022/12/09/ko-dnyu-geroev-otechestva-na-p
ortalesever-pomnit-poyavilsya-novyy-razdel.html 2. https://ru.m.wikipedia.org/wikiСевер_помнит
2-savol:
.
Diqqat savolda Bu ishni qilish soʻzlari boshqa bir nechta soʻzlar bilan almashtirilgan! Bernar Klervoskiy
yakkalikda hayot kechirgan. U dunyoviy tashvishlar unga taʼsir qilmasligi uchun, odamlar oldiga chiqishdan
oldin doimo Bu ishni qilib olar edi. Savol: Qadimiy manbalarga koʻra xavfdan saqlanish uchun hamrohlariga
bu ishni qilishni buyurganni yozib bering.
Javob:Odissey
Izoh: Bernar Klervoskiy dunyoviy tashvishlar eshitilmasligi uchun quloqlarini berkitib olgan edi. Yunon
afsonalariga koʻra Itakaga qaytayotgan Odissey sirenalar oldidan oʻtishda sexrgar Kirka oʻrgatgandek
jamoadoshlaring qulogʻiga mum tiqqan va undan soʻng Ssilla va Xaribdadan shu maslahatlar tufayli oʻtib
olgan edi. Aynan koʻpchilik halok boʻladigan Ssilla va Xaribda yonidan Odissey bor yoʻgʻi 6 ta qurbon bilan
oʻtishi shu maslahatlarning samarasi boʻlgan. Aks holda Ssilya va Xaribda bir paytda paydo boʻlgan ikki
ulkan muammo boʻlar edi.
Manba: 1. http://enc-dic.com/history_of_philosophy/Bernar-Klervoskij-66.html
2.https://ru.m.wikipedia.org/wiki/%D0%9E%D0%B4%D0%B8%D1%81%D1%81%D0%B5%D0%B9

Download 78.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling