Yer osti suvlari va muzliklarning geologik ishi


Download 27.16 Kb.
bet1/3
Sana08.01.2022
Hajmi27.16 Kb.
#234957
  1   2   3
Bog'liq
Yer osti suvlari va muzliklarning geologik ishi


YER OSTI SUVLARI VA MUZLIKLARNING GEOLOGIK ISHI
Yer ostida, tog’ jinslarining bushliq va darzliklari orasida uchraydigan suvlar yer osti suvlaridir. Yer osti suvlarining geologik ishi juda katta, ular yer katlamlari orasidagi minerallarni, turli jinslarni eritadi, ularning tarkibini uzgartiradi va g’orlar hosil qiladi.

Yer osti suvlarining paydo bo’lishi, tarqalishi, harakati, miqdor va sifat uzgarishi bilan maxsus fan - gidrogeologiya fani shug’ullanadi. Geologiyaning bu kursida yer osti suvlarini yemiruvchi barpo etuvchi agent sifatida qarab chiqamiz.

Yer osti suvlari yog’inlarning yer pustidagi qum va toshlar orasiga qisman sizib utishi, ya'ni infiltratsiya yuli bilan hosil bo’ladi. yer osti suvlari suv bug’larining sovib kuyuklashuvi, ya'ni kondyensatsi ya vositasi bilan ham paydo bo’ladi. yer osti suvlarining asosiy qismi atmosfera yoginlarining jinslar orasiga infiltratsiyasi natijasida hosil bo’ladi.

Yuvinel suvlar yer qatlamlari ostidagi magmadan ajraluvchi mineralli issiq suv bug’larining yer osti suviga aylanishidan hosil bo’ladi. yuvinel suv yerning chuqur qatlamlarida va tez-tez vulqan otilib turadigan o’lkalarda ko’p uchraydi. Yer osti suvlari tog’ jinslari orasida har xil fizik va ximik holatda bo’ladi. Yer ostida yuvinel suvlardan tashqari qoldik va relikt suvlari ham mavjud. Bu yer osti suvlari qadimgi geologik davrlarda daryo, dengiz va kul suvlari chukindi jinslari orasida turib qolishidan hosil bo’ladi.


Download 27.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling