Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning yuzaga kelishi, o‘zgaga o‘tishi, cheklanishi va bekor qilinishi davlat ro‘yxatiga olinishi lozim


Download 20.48 Kb.
bet1/2
Sana21.06.2023
Hajmi20.48 Kb.
#1645138
  1   2
Bog'liq
Ro\'yhatga olish


Yer uchastkalariga egalik qilish, ulardan foydalanish huquqlarini, yer uchastkalarini ijaraga olish huquqini, shuningdek yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqini, shu jumladan servitutlar to‘g‘risidagi bitimlarni va boshqa cheklovlarni hamda bu huquqlarning bekor qilinishini davlat ro‘yxatiga olish Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat reyestriga tegishli ma’lumotlarni kiritish orqali yer uchastkasi joylashgan erda amalga oshiriladi.
Yer uchastkalariga egalik qiluvchi, ulardan foydalanuvchi, ularni ijaraga olgan, shuningdek mulk qilib olgan yuridik va jismoniy shaxslar yer uchastkalariga bo‘lgan o‘z huquqini belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishi shart.
Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning yuzaga kelishi, o‘zgaga o‘tishi, cheklanishi va bekor qilinishi davlat ro‘yxatiga olinishi lozim. Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatga olganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda ro‘yxatga olish yig‘imi undiriladi.
Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish belgilangan tartibda yuridik yoki jismoniy shaxsning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish ishlarini amalga oshiruvchi organga bergan arizasiga asosan amalga oshiriladi.
Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatiga olish yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar to‘g‘risidagi zarur hujjatlar ilova etilgan ariza kelib tushgan paytdan e’tiboran ikki kunlik muddatda tegishli vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning yuzaga kelishi va boshqa shaxsga o‘tishi davlat ro‘yxatiga olinganligi haqida Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan elektron ko‘chirma beriladi, unda ro‘yxatga olish sanasi va tartib raqami ko‘rsatiladi.
Yer uchastkasiga bo‘lgan, belgilangan tartibda yuzaga kelgan huquq ushbu huquq davlat ro‘yxatiga olinganidan keyin kuchga kiradi.
Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish vaqtida tuman (shahar) yer kadastri daftariga kiritiladigan ma’lumotlar
Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish vaqtida tuman (shahar) yer kadastri daftariga quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:
yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni olgan shaxs to‘g‘risidagi;
yer uchastkasi to‘g‘risidagi (erning toifasi, foydalanish maqsadi, erning turi, uning sifati, chegaralari, maydoni, kadastr raqami va boshqa tavsiflari);
yer uchastkasining berilish shartlari, uni saqlash vazifalari va servitutlar to‘g‘risidagi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining yer uchastkasini jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga berish haqidagi qarorlari to‘g‘risidagi;
davlat ro‘yxatiga olish sanasi va tartib raqami to‘g‘risidagi.
Yer kadastri daftariga qonunchilikda belgilangan boshqa ma’lumotlar ham kiritilishi mumkin.

Download 20.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling