Yer usti transport tizimlar


Download 1.29 Mb.
Sana18.06.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1594858
Bog'liq
4-mavzu


.
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI
“YER USTI TRANSPORT TIZIMLAR” KAFEDRASI
5-MAR’UZA MASHG’ULOTI
5310500 –Avtomobilsozlik va traktorsozlik
Yo`nalish talabalari uchun
AVTOMOBIL VA TRAKTORLAR KONSTRUKTSIYASI
Fanidan
.
Reja:
 
1. Gaz ballonli IYoD larning ta`minlash tizimi vazifasi va konstruksiyasi.
2. Siqilgan tabiy gaz (STG) va suyultirilgan neft gazi (SNG) da ishlovchi IYoDlar ta’minlash sxemasi.
3. Gaz ballonlari, reduktorlari, filtrlari va klapanlari.
MAVZU: Gaz ballonli IYoD larning ta`minlash tizimi.
24.05.2022
Gaz bilan ishlaydigan dvigatellar zamonaviy shahar transport vositalarida keng qo`llanilmoqda. Bunda siqilgan yoki suyultirilgan holatdagi tabiiy, sanoat va sintetik gazlardan foydalaniladi. Siqilgan va suyultirilgan gazlar maxsus ballonlarda saqlanadi, shuning uchun ham transport vositalari gaz ballonli deyiladi.
Odatda, gaz bilan ishlaydigan dvigatellarning suyuq yonilg`ida ishlaydigan seriyasi chiqarilayotgan dvigatellar bazasida yaratiladi. Seriyada chiqarilayotgan dvigatelning gazsimon yonolg`i bilan ishlashga o`tkazishda, uning asosiy qism va uzellari o`zgarmagan holda qoladi. Gaz bilan ishlaydigan modifikatsiyasining asosiy farqi yonilg`i uzatish tizimi, yonuvchi aralashmaning alangalanishi va tartibga solishlikdadir.
Карбюратор –аралаширгичдаги бензин ва кираётган газ йўли схемаси
1-дроссел заслонкаси; 2-бензин тўзитгич; 3-диффузор; 4-форсунка; 5-салт юриш форсункаси; 6-киритиш трубаси; 7-редуктор; 8-манометр.
Injektorli dvigatellarni gazsimon yonilg'iga o'tkazish ikki usulda amalga oshiriladi. Birinchi usulda standart injektor dvigatelini gazballon qurilmalar bilan jihozlab, uning gaz modifikatsiyasini yaratish. Bu holda dvigatelni ham benzinda, ham gazda ishlash imkoniyati saqlanib qoladi. Shu bilan birga benzinda dvigatel to'la quvvatga erishsa, gazda esa quvvat biroz pasayadi. Ikkinchi usulda injektor dvigateldan gazsimon yonilg'ida to'la quvvatga erishuvchi maxsus gaz dvigateli yaratiladi. Bunday dvigatellar siqish darajasini yuqorilatganligi va gaz aralashtirgich o'rnatilishi tufayli samaradorlik ko'rsatkichlari ancha yaxshilanadi.
Dizel dvigatellarini gazsimon yonilg'iga o'tkazish ham ikki usulda amalga oshiriladi. Birinchi usul dizelni uchun bilan alangalanadigan gaz dvigateliga qayta jihozlash (aylantirish). Buning uchun silindrlardagi siqish darajasi 8-9 gacha kamaytirilib, o't oldirish tizimi va gazballon qurilmalari o'rnatiladi.
Ikkinchi usul (gaz dizeli) dvigatelni ayni bir vaqtda dizel yonilg'isi va gaz bilan ishlashini ko'zda tutadi. Gazsimon yonilg'i uzatish uchun dvigatel gaz ballon qurilmasi bilan jihozlanadi.

Gaz ballonli qurilmaning prinsipial sxemasi.

Gaz ballonli qurilmaning prinsipial sxemasi.

1-ballonlar; 2-(biriktiruvchi)ulovchi armatura (asbob); 3-po'lat naychalar; 4-sarflash ventili (jo'mragi); 5-to'ldirish ventili (jo'mragi); 6-isitgich; 7-ishlatilgan gazlarni chiqarish tizimining trubasi (quvuri); 8-dozalovchi shayba; 9-magistral ventil (jo'mrak); 10-filtr; 11-ikki pog'onali reduktor; 12-kiritish quvuri bilan ulovchi naycha; 13-kiritish quvuri; 14-drossel zaslonkasi; 15-taglik; 16-purkagich; 17-karburator-aralashtirgich; 18-injektor; 19-salt ishlash naychasi; 20-past bosim manometri; 21-yuqori bosim manometri.


1-двигател; 2- трубка (найча); 3-карбюратор-аралаштиргич; 4-бензин учун электромагнитли клапан фильтри билан; 5-ёнилғи баки; 6-газ редуктори; 7-газни парлантиргич; 8-сувни киргизиш жўмраги; 9-сувни чиқариш жўмраги; 10-сувни тўкиш жўмраги; 11-газ учун эектромагнитли клапан фильтри билан; 12-редукторнинг манометри; 13-суюлтирилган газ баллони; 14-сақловчи клапан; 15-назорат жўмраги; 16-бажарувчи жўмрак; 17-газ сатхини кўрсатувчи; 18-суюқлик сарфи жўмраги; 19-пар жўмраги.
Суюлтирилган газ билан ишловчи газ баллонли ускунанинг принциал схемаси.
Nazorat uchun savollar:
1. GTM vazifasi?
2. Klapanlari pastda (silindrlar blokida) joylashgan gaz taqsimlash
mexanizmini tushuntiring?
3. Klapanlari yuqorida (silindrlar kallagida)joylashgan gaz taqsimlash
mexanizmini tushuntiring?
4. Gidrokompensatorli gaz taqsimlash mexanizmini ishlash printsipini
tushuntiring?
5. Gaz taqsimlash fazalari haqida ma’lumot bering?
6. Gaz taqsimlash mexanizmi qanday detallardan tashkil topgan?
7. Klapanning vazifasi va uning turlari qanday?
8. Klapan prujinalari va yo’naltiruvchi vtulkalarining vazifasi nimalardan
iborat?
9. Gaz taqsimlash valining vazifasi va konstruktsiyasi qanday?
Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling