Yerlari muhofaza qilishning huquqiy asoslari


Download 21.24 Kb.
bet1/2
Sana15.02.2023
Hajmi21.24 Kb.
#1202740
  1   2
Bog'liq
12 Norboyev Sarvar


YERLARI MUHOFAZA QILISHNING HUQUQIY ASOSLARI
M.Xaydarov- TIQXMMI MTUning Qarshi
Irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti
2- bosqich talabasi.

A.O. Axmatov- TIQXMMI MTUning Qarshi
Irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutining
o’qituvchisi.
Annotatsiya: Ushbu maqolada yerlarni muhofaza qilish qanchalik muhimligi ularni muhofaza qilishda qanday huquqlarimiz bor shular haqida ma’lumot olamiz.
Kalit so’zlar: yer muhofazasi, yer kodeksi

Yerlarni muhofaza qilish masalasi jamiyatning muhim ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahamiyatga molik vazifasidir. Chunki, xalqning moddiy faravonligi tabiatning bebaho boyligi, barcha jonzodni boquvchisi hisoblangan yerga ehtiyotkorona munosabatda bo`lishga bo¦liq bo`ladi. Shu sababdan, yer resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish juda muhim ahamiyatga egadir.


Yerning tabiiy resurs sifatida shunday alohida xususiyati borki, unga to`¦ri munosabatda bo`linsa, uni muhofaza etish to`¦risida ¦amxo`rlik qilinsa hosildorligi doimo oshib boradi. Aksincha esa uning holati yomonlashib, foydalanish uchun yaroqsiz ahvolga tushib qolishi mumkin. Shuning uchun yer egalari, mulkdorlari, foydalanuvchilari doimo tuproq unumdorligi to`¦risida ¦amxo`rlik qilishlari, yerning sifatini yaxshi saqlashga asosiy e`tibor qaratishlari lozim.
Hozirgi sharoitda davlatimizda agrar munosabatlar sohasida islohotlar amalga oshirilayotgan sharoitda atrof-tabiiy muhitni, xususan yer boyliklarini muhofaza qilish muammosiga alohida e`tibor berilmoqda. Buning isboti sifatida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 24 noyabrdagi «Yerlardan foydalanish samaradorligini oshirish to`¦risida»gi farmonini ko`rsatish mumkin. Bundan tashqari, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishga ba¦ishlangan bir qator qonunlar qabul qilingan bo`lib, ularda tabiat obyektlari, jumladan yer boyliklarini muhofaza qilishga ba¦ishlangan alohida boblar kiritilgan.
Yer resurslaridan samarali foydalanish va ularni muhofaza qilish har xil vosita va usullar yordamida amalga oshiriladi. Shunday usullardan eng muhimlaridan biri - yer boyliklarini huquqiy muhofaza qilishdir, ya`ni yerni qonunlar yordamida buzilib tashlanishdan, ifloslanishdan, zaharlanishdan, ishdan chiqishdan himoya etishdir. Demak, yer resurslarini muhofaza qilishda huquqning roli beqiyos hamda alohida ahamiyatga ega.
Yer resurslarini huquqiy muhofaza qilish zaruriyatini shu bilan tushuntirish mumkinki, yerdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishda tabiiy-ilmiy, ishlab chiqarish-tashkiliy, texnikaviy tavsiyanomalarning roli qanchalik katta bo`lmasin, ularning bajarilishi barcha davlat idoralari, korxona, muassasa, tashkilot, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun huquqiy normalarda mustahkamlangandan keyingina majburiy xarakterga ega bo`ladi. Aks holda bu tavsiyanomalar bajarilmasdan qolib ketishi mumkin. Shunday qilib, yerdan oqilona, samarali foydalanish va uni muhofaza qilishni ta`min etishda qonunning ahamiyati katta bo`lib, u yerdan unumli foydalanish va muhofaza qilish bilan bo¦liq bo`lgan munosabatlarni tartibga soladi hamda undan oqilona foydalanish va har xil ¦ayriqonuniy hatti-harakatlardan muhofaza qilish choralarini belgilaydi. Qonunlar yer boyliklariga ehtiyotkorona va oqilona munosabatdabo`lish, asrab-avaylash, qadrlash, doimo tuproq unumdorligini oshirib borish talabani belgilaydi, yerdan foydalanish qoidalari buzilganda huquqiy normalar uni himoya qiladi.
Yerni muhofaza qilishning o`ta muhimligini yana yildan-yilga aholining tez o`sib borishi oqibatida jon boishga hisoblaganda su¦oriladigan yer maydonlari kamayib borayotganligi bilan ham izohlash mumkin. Chunonchi, respublikamizda bu ko`rsatgich 50-yillarda aholi jon boshiga 0,5 gektar, 70-yillarda 0,4 gektar, 80-yillarda 0,2 gektardan to`¦ri kelgan bo`lsa, hozirgi vaqtda esa undan ham pasayib ketgan. Shuningdek qurilishlar egallaydigan yer maydonlari har 15 yilda ikki barobar ortmoqda. Bu holat ham yerni muhofaza qilishni takozo etadi.
Yerni huquqiy muhofaza qilish na faqat Yer huquqi normalari bilan balki boshqa huquq normalari bilan ham tartibga solinadi. Masalan, konstitutsiyaviy huquq normalarida fuqarolar tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo`lishlari shartligini o`rnatadi (O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasi). Shuningdek yerlarni muhofaza qilishga ba¦ishlangan qoidalarni Tabiatni muhofaza qilish to`¦risidagi, Qishloq xo`jalik kooperativlari (shirkat xo`jaligi) to`¦risidagi, Fermer xo`jaligi to`¦risidagi qonunlar, Jinoyat, Fuqarolik, Ma`muriy javobgarlik to`¦risidagi kodekslarda ham ko`rishimiz mumkin.
Yerni huquqiy muhofaza qilish to`¦risida gapirganda «yerni huquqiy muhofaza qilish» va «yerdan foydalanish huquqini himoya qilish» degan tushunchalarni farqlash kerak. Yerdan foydalanish huquqini himoya qilish deganda yerdan foydalanuvchilarning huquq va manfaatlarini himoya etish, ya`ni yerdan foydalanuvchilarning yer munosabatlari bo`yicha subyektiv huquq vakolatlarini amalga oshirishga to`sqinlik qilishni bartaraf etishga qaratilgan huquqiy normalar yi¦indisi tushuniladi. Masalan, fuqaro yerni o`zboshimchalik bilan egallab olsa, shu yer egasining yerdan foydalanishga bo`lgan huquqi buziladi. Agar yer kimyoviy moddalar, ishlab chiqarish chiqindilari, oqova suvlar bilan ifloslantirilsa, bunda yerni muhofaza qilish tartibi buziladi.
Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib, yerni huquqiy muhofaza qilish deganda, yerdan oqilona foydalanish, uni qishloq xo`jaligi oborotidan asossiz ravishda tortib olinishning oldini olish, zararli antropogen ta`sirdan himoya qilish, shuningdek tuproq unumdorligini tiklash va oshirish, o`rmon fondi yerlarining samaradorligini yuksaltirishga qaratilgan huquqiy normalar yi¦indisi tushuniladi. Bu huquqiy normalar faqat yer qonunchiligida emas, balki tabiatni muhofaza qilish, jinoyat, fuqarolik, ma`muriy, mehnat, kooperativ, fermer, dehqon xo`jaligi to`¦risidagi qonunlarda ham o`z ifodasini topgan bo`lib, yerni muhofaza qilishni majmualashgan huquq sohalari normalari bilan tartibga solinadi deyish mumkin.



Download 21.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling