Turistik bozor tо‘g‘risida tushuncha


Download 213.69 Kb.
bet1/12
Sana21.04.2023
Hajmi213.69 Kb.
#1372951
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-mavzu

1-MAVZU. О‘ZBEKISTON TURIZM BOZORINING О‘ZIGA


XOS JIHATLARI
Reja:
    1. Turistik bozor tо‘g‘risida tushuncha

1.2. Globallashuv sharotida jahon turizm bozoridagi ahvol

1.3. Globallashuv jarayoni davomida О‘zbekiston turizmining rivojlanishi

1.4. О‘zbekiston Milliy turmahsulotining о‘sishini ta’minlash

1.5. О‘zbekiston turizm bozorining rivojlantirilishi

1.6. О‘zbekiston jо‘natiluvchi turistik bozoridagi ahvol

1.7. Mehmondorchilik va turizm sanoatida mehnat bozori tahlili

    1. Turistik bozor tо‘g‘risida tushuncha


Hozirgi kunda О‘zbekiston turizmi bozorida asosan, xususiy turistik korxonalar ishtirok etishadi, «О‘zbekturizm» Milliy Kompaniyasi esa О‘zbekiston turizmining umumiy rivojlanishini nazorat etish va yо‘naltirish hamda xalqaro maydonda О‘zbekiston turizmi manfaatlarini himoya etish kabilar mas’uliyatiga egadir.
2007 yil 1 yanvari holatida О‘zbekistonda turistik faoliyat yuritish uchun 464 firma litsenziyaga ega bо‘lib, ularning 90 %ini xususiy turistik biznes vakillari tashkil etishgan. Turistik korxonalarning aksariyati turoperatorlik va turagentlik faoliyatlarini chog‘ishtirib ishlashadi.
О‘zbekiston turistik bozorini о‘rganishdan oldin «turistik bozor» tushunchasiga ta’rif berib, uning mohiyatini aniqlab о‘tish maqsadga muvofiq bо‘ladi.
Turistik bozorni quyidagicha ta’riflash mumkin:

  • turistik mahsulot iste’molchilari va sotuvchilarining yig‘indisi;

  • turistik mahsulot sotuvchilari va iste’molchilarining manfaatlarini moslashtiruvchi instrument;

  • turistik mahsulot sotuvi sohasi;

  • turistik mahsulot iste’molchilari va sotuvchilari о‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar yuzaga keladigan soha.

Tor ma’noda, turistik bozor deganda, turistik mahsulot oldi-sotdi bitimlari yuz beradigan joy tushuniladi. Biroq, bunday savdolar faqat bir yerning о‘zidagina kechmasligiga e’tibor berish kerak. Savdo teleks, telegramma, faks, telyefon orqali, hattoki, sotuvchi va xaridorning bevosita ishtirokisiz ham amalga oshirilishi mumkin. Turistik bozor aniq bir joy yoki jug‘rofiy hudud bilan belgilanmagan, uni xalqaro turizm bozori deb nomlasak ham bо‘ladi.
Tо‘liqroq tavsif beradigan bо‘lsak, turistik bozor deganda, turistik mahsulot sotuvchilari va xaridorlari о‘rtasida iqtisodiy munosabatlar yuzaga keladigan va turistik mahsulot sotilishi yuz beradigan soha tushuniladi. Turistik bozorning turistik mahsulot sotuvchilari va xaridorlari о‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning xususiyatida tо‘xtaladigan bо‘lsak, turistik mahsulotning har bir sotuvchisi va xaridori о‘z manfaatlariga ega bо‘ladi hamda bu manfaatlar о‘zaro mos tushgandagina turistik mahsulot sotuvi amalga oshiriladi. Shu sababli, turistik bozor deganda, turistik mahsulot ishlab chiqaruvchilari va sotuvchilari manfaatlarining о‘zaro moslashtiruv instrumenti tushunilib, xо‘jalik yurituvchi turistik subyekt uchun (turoperator, turagent) turistik bozor deganda ushbu subyekt mahsulotini xarid etishdan manfaatdor bо‘lgan hamda bugun yoki ertaga uni xarid etish uchun yetarli pul mablag‘lariga ega bо‘lgan iste’molchilar yig‘indisi anglanadi.
Turistik bozorning mohiyati uning funksiyalarida aks etadi. Iqtisodiy kategoriyaning funksiyasi – ma’lum munosabatlar tizimida uning xususiyatlarining namoyon bо‘lishidir. Turistik bozor funksiyalari jamiyatda turistik faoliyatning namoyon bо‘lish shakli va mohiyatini aks ettiradi.
Turistik bozor quyidagi vazifalarga ega bо‘ladi:
1-vazifa. Turistik mahsulotda aks ettirilgan qiymat va iste’mol qiymatining sotilishini ta’minlash.
2-vazifa. Turistik mahsulotning iste’molchi(turist) tomonidan iste’mol etilishini ta’minlash yoki iste’molchini turistik mahsulotgacha yetkazib kelish.
3-vazifa. Mehnatga bо‘lgan moddiy rag‘batlantirishlarni iqtisodiy ta’minlash (mehnatni iqtisodiy rag‘batlantirish).
Turistik bozorda birinchi funksiyaning amalga oshirilishi jarayonida turistik mahsulot pulga ayirboshlanadi. Bunda turistik mahsulotdagi iste’mol qiymati ijtimoiy tan olinadi. Natijada, turistik industriyani rivojlantirish uchun zarur bо‘lgan pul mablag‘lari qо‘lga kiritiladi. Turistik bozorning ikkinchi funksiyasi turagentliklar va turoperatorlar tarmoqlarining yaratilishi bilan amalga oshiriladi. Turist о‘z pullarini turistik mahsulotga ayirboshlayotib, о‘zining moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondiradi. Natijada, turistik bozorda insonlarning yо‘qotilgan ish kuchining qayta tiklanish (rekreatsiya) jarayoni yuz beradi. Shuningdek, turistik tashkilot о‘z faoliyati natijasida olgan daromadi uni (korxonani) turistik mahsulotni qayta ishlab chiqarishga rag‘batlantiradi.
Turistik bozor о‘z sig‘imi va о‘z subyektlariga ega. Turistik bozor sig‘imi – uning qancha miqdorda turistik mahsulotni “yuta olish (sig‘dirish)” qobiliyatidir. Bu miqdor tо‘lov qobiliyatiga ega bо‘lgan aholi soni hamda turistik taklif hajmiga bog‘liq bо‘ladi. Turistik bozor sig‘imi bozor elementi bо‘lgan “narx” ishtirokisiz kо‘rib chiqiladi. Chunki, narxning turli darajalarida turistik mahsulotga bо‘lgan talab turlicha miqdorlarda bо‘ladi.
Turistik bozor subyektlari – turistik mahsulot ishlab chiqaruvchilari va iste’molchilari bо‘lgan huquqiy va jismoniy shaxslardir. Turistik mahsulot iste’molchilari – turistik sayohatni amalga oshirishni istovchi fuqarolar, ya’ni turistlardir. Turistik mahsulot ishlab chiqaruvchilari – turistlarning ehtiyojlarini qondirib, foyda olish maqsadida faoliyat yurituvchi turistik firmalardir. Ular О‘zbekiston milliy qonunchiligida «turistik faoliyat subyektlari» deb nomlanadi va quyidagicha ta’riflanadi: turistik faoliyat subyektlari – belgilangan tartibda rо‘yxatga olingan va turistik xizmatlar kо‘rsatish bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyasi bо‘lgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlardir.
Turistik obyekt – turistlarni qaysidir jihati bilan jalb etayotgan resurslar joylashgan joy yoki korxonadir. Turistik jozibadorliklar insonning bevosita ishtirokisiz (tabiiy – iqlim, manzaralar, suv olami, flora va fauna) va ishtiroki bilan (sun’iy – turli bino va inshootlar, tarixiy voqealar bо‘lib о‘tgan joylar, korxonalar, suvenirlar, madaniyat) yaratilgan bо‘lishadi. Insonlarning madaniy о‘ziga xosliklari va mehmondо‘stlik darajalari ham turistik jozibadorliklarning muhim qismiga aylanib ketgan.
Turistik obyektlarni mikromanzil va makromanzillarga ajratish mumkin: mikromanzil qandaydir bir turistik resursga yoki bir-birini tо‘ldiruvchi resurslar turkumiga ega bо‘lgan joy(korxona)dir. Makromanzil bir necha mikromanzillardan iborat bо‘ladi. Bir makromanzil ichiga kiruvchi mikromanzillarning barchasi bir-birini tо‘ldirib borishi, yoki takrorlashi, hech bо‘lmasa, biror bir umumiy mazmunga ega bо‘lishi lozim bо‘ladi. Aks holda, biror makromanzil ichida bir-biri bilan umuman bog‘lanmagan ikki turdagi mikromanzillar bо‘lishsa, bu makromanzilni ikki alohida makromanzillarga ajratish mumkin bо‘ladi. Bu yerda shuni ta’kidlab о‘tish zarurki, bir nuqtai nazardan qaralganda makromanzil deb sanalgan manzilning о‘zi boshqa nazar bilan qaralganda mikromanzil darajasiga ega bо‘lib qolishi mumkin. Masalan, Samarqand viloyati «О‘zbekiston Respublikasi» deb nomlangan makromanzilning bir qismi bо‘lishi bilan birgalikda «Registon majmui» deb nomlanuvchi mikromanzil bilan solishtirganda makrodarajaga ega bо‘ladi. О‘z navbatida, «Samarqand viloyati» deb nomlanuvchi mikromanzilga ega bо‘lgan О‘zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo yoki Osiyo mintaqalari uchun mikrodarajaga ega bо‘ladi. Osiyoning о‘zi Dunyo makromanzilining tarkibiy qismidir. (Mualliflar tomonidan turistik manzillarga mezo- daraja berish maqsadga muvofiq emas deb topildi, mutaxassislarning bu tо‘g‘rida bildirilishi mumkin bо‘lgan barcha fikrlari muallif tomonidan minnatdorchilik bilan qabul qilinadi).

Download 213.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling