Turistik bozor tо‘g‘risida tushuncha


О‘zbekiston Milliy turmahsulotining о‘sishini ta’minlash


Download 213.69 Kb.
bet6/12
Sana21.04.2023
Hajmi213.69 Kb.
#1372951
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-mavzu

1.4. О‘zbekiston Milliy turmahsulotining о‘sishini ta’minlash


Respublikamizda xalqaro turizm bozorini rivojlantirish, uni jahon andozalari talabi asosida shakllantirish va shu orqali iqtisodiyotni yanada yuksaltirish imkoniyatlariga ega bо‘lamiz. Xalqaro turizm bozorida, kuchli raqobat kurashi sharoitida kо‘zlangan maqsadga erishish uchun eng avvalo aniq yо‘nalish, doimiy ravishda izlanish, faoliyatni jahon andozalari darajasida tashkil etish talab qilinadi. Turizm infratuzilmasining ajralmas qismi bо‘lgan mehmonxonalardagi xizmat bahosi bozor talabining yuqori yoki pastligiga qarab farqlanishi mumkin. Bu tafovutning shartlari va meyorlari narx-navo siyosati orqali aniqlanadi hamda ular raqobatda yengib chiqish va yaxshi daromad olishning asosiy omillari hisoblanadi. Turizm sohasida yetakchilik qilayotgan davlatlardan biri bо‘lgan Ispaniya mehmonxonalarida “sifat-baho” shioriga qattiq amal qilinadi. Shuning uchun turizm xizmatining asosiy mezoni bо‘lgan narx siyosati О‘zbekistonda ham ayrim turistik tashkilotlari orqali emas, balki davlat tomonidan doimiy ravishda nazorat qilib borilishi lozim. Kо‘riladigan bunday choralar sababli bozor munosabatlari sharoitida mamlakatning turizm bozori yanada rivojlanib boradi va uning xalqaro nufuzi, obrо‘si oshadi, valyuta tushumi kо‘payadi.

4-jadval О‘zbekiston turizmining iqtisodiy kо‘rsatkichlari


Yillar

Jami
daromad, mln. sо‘m

Foyda, mln. sо‘m

Xizmat kо‘rsatilgan turistlar, ming kishi

Turistik xizmatlar
eksporti, mln. dollar

Jami

Shundan xorijiy turistlar

1996

1776

399

589

173,8

14,9

1997

3657

544

730

252,9

18,8

1998

4699

382

733

272

21,0

1999

4146

517

751,8

274

25,5

2000

6882

442

770

278

27,1

2001

10118

1112

712,8

231

22,1

2002

15662

514

704,7

196,7

21,5

2003

17528

150

780,4

230,4

23,6

2004

17549

58

847,8

262,7

28,0

2005

40100

758,4

608,9

241,9

28,1

2006

45956

1059,6

658,5

273,2

42,8

Jadval “О‘zbekturizm” milliy kompaniyasidan olingan ma’lumotlar asosda tuzildi.
Respublikadagi mavjud mehmonxonalardagi narxlar ba’zi sabablarga kо‘ra jahondagi о‘rtacha narxlardan yuqori bо‘lib, turistlarning mehmonxonalarga bо‘lgan talabidan yuqoridir. Har bir turist shinam, har tomonlama yaxshi jixozlangan joyni bir kechaga 50-60 dollarga sotib olishni xohlaydi. Bizdagi ba’zi mehmonxonalarda esa bir kecha tunash narxi 200-350 dollarga tо‘g‘ri kelmoqda. Bu kabi muammolarni bartaraf etish uchun respublikamizda sо‘nggi besh yil ichida mehmonxonalarning zamonaviy turlari keng kо‘lamda qurila boshlandi. Bular ichida “Interkontinental”,
“Dedeman”, “Toshkent-Redisson-SAS”, “Markaziy”, “Grand Mir”, “Toshkent Palas”, “О‘zbekiston”, “Shodlik”, “Afrosiyob”, “Buxoro” mehmonxonalarini misol qilishimiz mumkin. Bu mehmonxonalar 4 va 5 yulduzli bо‘lib, xalqaro darajaga tо‘liq javob beradi. Endigi vazifa esa ulardagi narxlarni qayta kо‘rib chiqishdir.
“О‘zbekturizm” Milliy Kompaniyasining vujudga kelishi va bu tashkilotning 1993 yili Jahon turistik tashkilotiga a’zo bо‘lib kirishi turizm taraqqiyoti sohasida qо‘yilgan ulkan qadam bо‘ldi. Respublikada halqaro turizmni yangi bosqichga kо‘tarish va samara bilan faoliyat kо‘rsatishga mos keladigan yangi sharoit va mexanizm vujudga keldi. Hozir О‘zbekistonga tashrif buyurayotgan turistlarning deyarli hammasi mazkur kompaniyaning xizmatlaridan foydalanmoqda.

Download 213.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling