Turistik bozor tо‘g‘risida tushuncha


- jadval Jahon bо‘yicha xalqaro transportdan foydalanish


Download 213.69 Kb.
bet4/12
Sana21.04.2023
Hajmi213.69 Kb.
#1372951
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-mavzu

2- jadval
Jahon bо‘yicha xalqaro transportdan foydalanish

Mintaqalar bо‘yicha keltirilgan ma’lumotlarga e’tibor beriladigan bо‘lsa, havo transporti va avtomobilь transportidan foydalanish dunyoning barcha mintaqalarida mashhur bо‘lsa, temir yо‘lning mashhurligi haligacha Yevropada saqlanib qolgan (Yevropa bо‘yicha amalga oshirilgan sayohatlarning 5 foizi temir yо‘l transportiga tо‘g‘ri kelsa, О‘rta Sharq mamlakatlarida 0 foizni tashkil etadi). Osiyo va Okeaniya mintaqasidagi xalqaro sayohatlarning 10 foizi suv transportiga tо‘g‘ri kelsa, О‘rta Sharq mamlakatlari va Amerika mintaqasida 5 foizni tashkil etadi.

1- chizma. Kiruvchi va chiquvchi turizmning jahon bо‘yicha rivojlanishi
100 yil oldin joylashtirish korxonalarining atigi ikki turi – badavlat kishilar uchun dabdabali otellar va qolganlar uchun hovli-joylar mavjud bо‘lgan bо‘lsa, endilikda xohishiga va chо‘ntakka tо‘g‘ri keladigan istalgan turdagi joylashuv punktlarini topsa bо‘ladi.
Umuman, jahon mehmonxona fondida 2 asosiy guruxni ajratish mumkin:

  • doimiy istiqomat qilinadigan mehmonxonalar (amalda uncha kо‘p

tarqalmagan);

  • vaqtincha istiqomat qilinadigan mehmonxonalar. Ular quyidagicha taqsimlanadi.

  1. tranzit mehmonxonalar; qisqa vaqtda istalgan mijozga xizmat kо‘rsata oladi;

  2. rasmiy mehmonxonalar; rasmiy tashrif va xizmat safarlariga

kelganlarga xizmat kо‘rsatadi;

  1. dam olish uchun mо‘ljallangan mehmonxonalar (turistik, kurort ).

Ushbu mehmonxonalarda hamma mijozlarga xizmat qilish uchun bir xilda majburiy bо‘lgan talablar mavjud bо‘lib, ularga joylashish uchun sharoit yaratish, oziq-ovqat va maishiy xizmat kо‘rsatish kiradi.
Rasmiy va hordiq chiqarishga mо‘ljallangan mehmonxonalar mijozlarga xizmat kо‘rsatishda butunlay aniq va о‘ziga xos xarakterli talablari borligi, shuningdek, ma’lum xususiyatlari va tuzilishi bilan farqlanadi.
Rasmiy mehmonxonalarga odatda quyidagi talablar qо‘yiladi:  ma’muriy binolar va shahar markaziga yaqin bо‘lgan joyda, lekin dam olish uchun kо‘kalamzorlashtirilgan va sport maydonlari bо‘lishi shart emasligi;

  • nomer fondida bir kishilik xonalarning mavjudligi, xonaning kunduzi ishlashiga qulayligi va kichik yig‘ilishlar о‘tkazishga imkoniyati borligi;

  • nomerda “ish zona” tashkil etilganligi va uning tashqi muhitdan ajratilganligi.

Bunday mehmonxonalarda yashaydiganlar jamoat xonalarini tashkil qilishni ham talab qilishlari mumkin. Birinchidan, yig‘ilish, kо‘rgazma va shunga о‘xshash tadbirlarni о‘tkazishga joy bо‘lishi kerak. Ikkinchidan, majlislar zali yoki kо‘cha tomondan qо‘shimcha kirish joyi bо‘lgan kо‘p maqsadli xonalar bо‘lishi (yig‘ilish, banket va b. о‘tkazish uchun) lozim.

Download 213.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling