Turistik bozor tо‘g‘risida tushuncha


Dunyo turizmi yо‘nalishlari yillar bо‘yicha (mln. kishi hisobida)


Download 213.69 Kb.
bet3/12
Sana21.04.2023
Hajmi213.69 Kb.
#1372951
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-mavzu

Dunyo turizmi yо‘nalishlari yillar bо‘yicha (mln. kishi hisobida)

Qabul qiluvchi mintaqa

1998 y.

1999 y.

2000 y.

2001 y.

2002 y.

2003 y.

2004 y.

2005 y.

2006 y.

Dunyo bо‘yicha

625,2

650,4

696,8

692,9

714,6

689

763

806,4

842,5

Yevropa

372,5

380,2

402,5

401,4

411,0

396,2

416,4

441,0

458,0

Osiyo va Okeaniya

92,0

93,2

115,3

121,0

130,6

119,3

152,6

155,4

167,1

Amerika

120,2

122,2

128,5

121,0

120,2

113,1

125,7

133,5

136,3

Afrika

24,9

26,5

27,2

27,7

26,7

30,8

33,2

37,3

40,3

О‘rta Sharq

15,6

18,2

23,2

21,8

24,1

30,0

35,4

39,2

40,8

Jadval mualliflar tomonidan World Tourism Organization kо‘rsatkichlari asosida tuzildi.
XX asrning oxirgi о‘n yilligida dunyo turizmi yiliga о‘rtacha 4,3% kо‘rsatkich bilan о‘sdi. Mintaqalar bо‘yicha Osiyoga amalga oshiriluvchi sayohatlar miqdori bundan ham yuqori kо‘rsatkichlarda о‘sdi. Agar О‘rta Sharq mamlakatlariga yetib kelinuvchi turizm yiliga о‘rtacha 4,9%dan о‘sib kelgan bо‘lsa, Okeaniya va Janubiy Osiyoga amalga oshiriluvchi sayohatlar soni yiliga о‘rtacha 7%dan о‘sib keldi. 2001 yil sentabr voqealaridan sо‘ng Amerikaga hamda arab mamlakatlariga amalga oshiriluvchi sayohatlar miqdori kamayib ketgan bо‘lsa, Tinch okeani mintaqasiga amalga oshiriluvchi sayohatlar soni о‘sishda davom etgan. Shuningdek, Yevropaga amalga oshiriluvchi sayohatlar soni ham oshgan. Bundan shuni xulosa qilsa bо‘ladiki, dunyo turizmi biror joy yomonlashib qoladigan bо‘lsa, darrov о‘ziga boshqa yо‘nalish tanlaydi.
Dunyo turizmida mamlakatlar ichida Fransiya, Ispaniya, AQSH, Italiya, Buyuk Britaniya, Xitoy mamlakatlari yetakchilik qilmoqda. Chet eldan mehmonlarni qabul qilish soni bо‘yicha yetakchilik bir necha yillardan buyon Fransiya tomonidan saqlab kelinmoqda. Hozirda Fransiyaga dunyo bо‘yicha xalqaro turizmga chiqqan sayohatchilarning 10 %idan ortiqrog‘i kelmoqda! Fransiya turistlarni qabul qilish bо‘yicha yetakchilikka erishgan bо‘lsa-da, turizmdan daromad olishda yetakchilik AQShga tegishliligicha qolmoqda. Hozirda AQSH dunyo bо‘yicha xalqaro turizmdan olingan daromadning 10 %idan ortig‘ini oladi. Shuningdek, AQSH ichki turizmning о‘zidan har yili 300 mlrd. dollarga yaqin daromad olmoqda.
Sо‘nggi yillarda Xitoyga amalga oshiriluvchi turistik sayohatlarning miqdori yil sayin oshib bormoqda. Narxlarning arzonligi bilan jahon turizmiga kirib borayotgan Xitoy turizmidan olinayotgan daromadlar bо‘yicha ham, turistlarni qabul qilish bо‘yicha ham dunyoning yetakchi besh mamlakati qatoriga kirib oldi.
Jahon turizm tashkiloti ma’lumotlariga binoan, 2000 yildan sо‘ng dunyo bо‘yicha xalqaro sayohatga chiquvchi turistlarning aksariyati asosan avtomobilь yо‘llaridan (50 %) va havo transportidan (40 %) foydalanar ekanlar. Suv orqali sayohatga chiquvchilar 7 %ni, temir yо‘l orqali sayohatga chiquvchilar 3 %ni tashkil etayapti.

Download 213.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling