Turistik bozor tо‘g‘risida tushuncha


Globallashuv sharotida jahon turizm bozoridagi ahvol


Download 213.69 Kb.
bet2/12
Sana21.04.2023
Hajmi213.69 Kb.
#1372951
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-mavzu

1.2. Globallashuv sharotida jahon turizm bozoridagi ahvol


Jahon bо‘yicha va biror alohida olingan mamlakat miqyosida turizmning rivojlanishi bir qator omillar bilan shartlashtiriladi. Ma’lumki, omil deganda biror bir jarayonning harakatga keltiruvchi va uning xususiyatini yoki xususiyatlaridan birini ochib beruvchi sababi tushuniladi.
Turizmning rivojlanish omillari deganda obyektiv ta’sir etuvchi hamda ta’sir etuvchi turli qonunlar natijasida yuzaga keluvchi turizmni rivojlantirish sharoitlari tushuniladi. Ilmiy adabiyotlarda turizmni rivojlantirish omillarining turli tasniflari keltiriladi.
Odatda, turizmni rivojlantirish omillarini kо‘chmas va dinamik turlarga ajratishadi. Kо‘chmas omillarga tabiiy-geografik va tarixiymadaniy omillarning yig‘indisi kiritiladi. Ular о‘zgarmas va doimiy ahamiyatga ega bо‘lishadi. Inson faqatgina ularga yetishishni osonlashtirgan holda ularni turistik ehtiyojlarga moslashtira oladi. Dinamik omillar ikkinchi, yanada yirikroq guruhga kiritiladi. Ular vaqt va makon bо‘yicha о‘zgarib turuvchi ahamiyat-bahoga ega bо‘lishadi. Ularning qatorasiga ijtimoiy-iqtisodiy, moddiy-texnik, siyosiy, madaniy va boshqa omillar kirishadi.
Turizmning rivojlanishiga ta’sir etish tavsifiga binoan barcha omillar uch guruhga bо‘linadi: ekstensiv (miqdoriy), intensiv (sifatiy) va cheklovchi (salbiy) rivojlanish omillari.
Turistik faoliyatning ekstensiv omillariga quyidagilar kiradi:

  • turistik firmalar va ularda ishlovchi xodimlar sonining о‘sishi;

  • turizmga jalb etiluvchi moddiy resurslar, joylashtirish, tashish vositalari, ovqatlantirish korxonalari miqdorining turistlarga xizmat kо‘rsatish texnologiyalarining kuchli takomillashtirmagan holda oshirilishi.

Turizmni rivojlantirishning intensiv omillari о‘z ichiga sifatiy yangilanishning quyidagi omillarini olishadi:

  • xodimlar malakasini oshirish;

  • ilmiy-texnik taraqqiyotning yutuqlarini – xizmat sifatini oshirish, turistik resurslardan unumli foydalanish, turizmda informatsion-texnik vositalardan foydalanishni tadbiq etish.

Turizmni rivojlantirishni cheklovchi salbiy omillarga quyidagilar kiradi:

  • siyosiy va moliyaviy beqarorlik,

  • kriminogen vaziyat,

  • tabiiy ofatlar.

Hozirgi jamiyatda turizmning rivojlanishiga ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy omillar asosiy sabab bо‘lib xizmat qiladi.
Shularning eng birinchisi ish vaqtining qisqarishi bо‘ldi – Masalan, xalqaro sayohatlarga chiquvchi turistlar oqimining eng katta qismini ta’minlab beruvchi Germaniyada XX asrning oxirgi 15 yilida insonlarning ish vaqtlarining о‘rtacha yillik ish soatlari 27 %ga qisqardi, puli tо‘lanadigan ta’tilning davomiyligi sо‘nggi 50 yil ichida 2,5 barobar ortdi, biroq, shuning bilan birgalikda ishning intensivligi ham ortib bordi. Bularning barchasi odamlarda bо‘sh vaqt miqdorining ortishi va ishdagi zо‘riqishlarning о‘sishiga olib keldi. Ma’lumki, insonda bо‘sh vaqt va yetarli miqdorda moliyaviy mablag‘lar bо‘lgandagina turistik sayohatga chiqishga imkoniyat paydo bо‘ladi. Yuqorida eslatib о‘tilgan ushbu holat rivojlangan mamlakatlar aholisi orasida turizmning ommalashib borishiga yetarlicha sharoitlar yaratib bera boshladi. Buning ustiga, ishlab chiqarishning avtomatlashuvi va kompyuterlashuvi ishchilarda bajarilayotgan ishga nisbatan begonalashuv hissini uyg‘ota boshladi. Bu esa, о‘z navbatida insonlarda stressning kо‘payishi, о‘z ishidan norozilik hissining ortishi kabilarga olib kela boshladi.
Jamiyat mobilligining ortishi, transportning rivojlanib borishi, joylar va ulardagi imkoniyatlar tо‘g‘risidagi axborotlarni olishning osonlashuvi turizmning rivojlanishiga turtki beruvchi eng muhim omillardan biri bо‘lib qoldi. Masalan, havo transporti takomillashdi, chiptalar (yо‘l kiralar) arzonlashdi, о‘rta tabaqa vakillarida avtomobilь sotib olish qudrati paydo bо‘ldi. Avtomobilь turizmning yuksalishi eng kо‘p hissa qо‘shgan transport vositasi bо‘lib qoldi, chunki, о‘z shaxsiy avtomashinasiga ega bо‘lgan kishilarda о‘z oilalari, dо‘stlar bilan, yoki yakka о‘zlari hech qanday turagentlik yordamisiz yaqin va uzoq masofalarga sayohat qilish imkoniyati tug‘ildi. О‘z mashinasida sayohat qilayotgan kishilar sayohat marshruti va davomiyligini о‘z ixtiyorlari bilan xohlagan vaqtda о‘zgartira olishadi, yirik guruhlarda amalga oshiriluvchi turlarda esa, qat’iy grafikka va marshrutga rioya qilish, kо‘pchilikning istagiga bо‘ysunish lozim bо‘ladi.
Borgan sayin ishdan qoniqish hissi kо‘payayotgan insonlarda о‘z uyida yetarlicha dam olish imkoniyatlari ham kamayib borayapti. Rivojlangan davlatlarning barchasida mamlakat aholisining aksariyati shaharlarda istiqomat qilishmoqda. Turli stresslar, shovqin-suron, g‘ala-g‘ovur, shaxsiy hayotning yashirinligi, insonlar orasidagi samimiyatning kamligi, kо‘chadagi manzaralarning bir-biriga о‘xshashligi (atrof - muhitning bir xilliligi), tabiatdan uzilish, bularning barisi shahar hayotining ajralmas bir qismidir. Bu insonlarda shahar hayotidan, о‘z muhitidan qochib chiqib ketish istagini tug‘diradi. Shahar aholisining kо‘pchiligi bо‘sh vaqtdan ushbu muhitdan samimiy ijtimoiy munosabatlarni izlab vaqtinchalik bо‘lsa-da, chiqib ketish va tabiat qо‘yniga qaytish uchun imkoniyat sifatida foydalanishmoqda.
II Jahon urushidan sо‘ng, G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida jamiyatning ma’naviy-ruhiy qadriyatlarida kuchli siljishlar yuz berdi. Ijtimoiy ongdagi bu о‘zgarish jarayonini V. Frayder «ish vaqti jamiyatidan bо‘sh vaqt jamiyatiga о‘tish» deb nomladi. Professor X. Opashovskiyning qayd qilishicha, inson ish joyida о‘z mehnati predmetidan uzoqlashib borishi bilan uning bо‘sh vaqt bilan bog‘lanib borishi ortadi. О‘zining mehnatsevarligi an’anasi bilan mashhur bо‘lgan mamlakatlarda mehnat pafosi о‘zining ahamiyatini yо‘qotib bordi. Ayniqsa, Germaniya va Yaponiyada yosh avlod vakillari urush davri avlodlari va undan keyingi avlodlarning azaliy qadriyatlaridan voz kecha boshlashdi.
Ijtimoiy ongdagi о‘zgarishlar quyidagilarni kо‘zda tutishdi:  iste’molchining ma’naviy-ruhiy va madaniy qadriyatlarining о‘zgarishi;  bо‘sh vaqt konsepsiyasi nazariyasining о‘zgarishi.
Urushdan sо‘ng bо‘sh vaqt konsepsiyasining rivojlanishi uch bosqichni boshdan kechirdi: 1950-yillarda bо‘sh vaqtga mehnat unumdorligini davom ettirish maqsadida jismoniy va aqliy kuchlarni qayta tiklash vositasi sifatida qarash ustun edi; 1960 - 1970 yillarda bо‘sh vaqtdan jamiyat farovonligini oshiruvchi moddiy ne’matlarni iste’mol etish uchun foydalana boshlandi (kо‘chmas mulk, uzoq muddatli foydalanish tovarlarini, hashamat ashyolarini xarid etish va boshqalar); 1980-yillardan keyin bо‘sh vaqtning detallashuvi tendensiyasi ustun bо‘la boshladi: asosiy maqsad moddiy ne’matlarni iste’mol etilishining о‘zidan emas, balki, hayotdan lazzatlanishdan iborat bо‘ldi. Bо‘sh vaqt psixologiyasining bunday rivojlanishi tufayli jamiyat ehtiyojlari tuzilmasida turizmning о‘rni – ahamiyati о‘zgarib ketdi. Turizm bir vaqtlar faqatgina tanlanganlarninggina dabdabadorligi imkoniyati bо‘lgan bо‘lsa, endi u aksariyat kо‘pchilikning asosiy imkoniyatlariga aylandi. Masalan, 1950 yilda Germaniya aholisining faqat 1 foizigina chet elda dam olish imkoniyatiga ega bо‘lgan. Hozir Gremaniyaning 60 % aholisi chet ellarda dam oladi. Intellektual va madaniy turistik ehtiyojlar ham о‘zgardi: oddiy ehtiyojlardan yanada yuksakroh ehtiyojlarga о‘tildi; ish kuchini qayta tiklash vositasidan insonning о‘z shaxsiy imkoniyatlarini yuzaga chiqarish va intellektual talablarga javob berish usuliga о‘tildi.
Hozirgi vaqtda turizmning faqatgina rekreatsion tomonlarini kо‘rib chiqish notо‘g‘ri bо‘lar edi. Zamonaviy iqtisodiy integratsiya va globallashuv sharoitlarida dunyodagi yagonalik, о‘zaro bog‘langanlik, xalqaro munosabatlarning kuchayishi ortib bordi. Bu 2001 yil 11 sentabr voqealaridan sо‘ng о‘zgacharoq tusda rivojlanishda davom etmoqda. Biznes turizmi (savdo hamkorlari bilan uchrashish; yarmarkalar, konferensiyalar, simpoziumlarda ishtirok etish va boshqalar) zamonaviy ishlab chiqarish jarayonining ajralmas qismiga aylanib qoldi. 1980-90 yillargacha statistikada biznes turizmi alohida predmet sifatida о‘rganilmadi. Hozirgi jamiyatda turistlarning 20 foizdan ortig‘ini biznes turizmi ishtirokchilari tashkil etadi.
Turizmning rekreatsiya va biznesdagi samarasidan tashqari, uning kommunikatsion ahamiyatiga ham e’tibor berish lozim: gumanitar, madaniyma’rifiy aloqalarni о‘rnatish, dо‘st-qarindoshlar bilan uchrashish, diniy ziyoratchilik va etnik turizmga qiziqish ham ortib bormoqda.
Hozirgi zamonda jahon turizmining rivojlanishi quyidagicha: 1-jadval

Download 213.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling