Yerlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishning huquqiy holati


Download 91 Kb.
bet1/5
Sana16.06.2023
Hajmi91 Kb.
#1490366
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Ekalogiya huquqi mustaqil ish DAVRON MURODOV


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA'LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY
UNIVERSITETI
Ijtimoiy fanlar fakulteti
Fuqarolik jamiyati kafedrasi
“Milliy g‘oya, ma’naviyat va huquq ta’limi” bakalavr yo‘nalishi
“EKALOGIYA HUQUQI” fanidan


MUSTAQIL ISH

MAVZU: Yerlarni muhofaza qilishning huquqiy tartibi.


Bajardi: ­Milliy g‘oya va huquq ta’limi yo‘nalishi


3-kurs talabasi Murodov Davron
Tekshirdi:________________________

Toshkent-2023




YERLARNI MUHOFAZA QILISHNING HUQUQIY TARTIBI.

Reja:

1. Yerlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish huquqiy holatining tushunchasi va xususiyatlari.

2. Yagona davlat yer fondi va uning tarkibi.


3. Yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdorining huquq va majburiyatlari

4. Yerdan foydalanish huquqining vujudga kelish va bekor bo`lish asoslari va tartibi.


5. Yerga oid munosabatlarni tartibga solinishida yer fondi tushunchasi

1. Yerlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish huquqiy holatining tushunchasi va xususiyatlari.


Yer resurslaridan samarali foydalanish va ularni muhofaza qilish har xil vosita va usullar yordamida amalga oshiriladi. Shunday usullardan eng muhimlaridan biri - yer boyliklarini huquqiy muhofaza qilishdir, ya'ni yerni qonunlar yordamida buzilib tashlanishdan, ifloslanishdan, zaharlanishdan, ishdan chiqishdan himoya etishdir. Demak, yer resurslarini muhofaza qilishda huquqning roli beqiyos hamda alohida ahamiyatga ega.
Yer resurslarini huquqiy muhofaza qilish zaruriyatini yana shu bilan tushuntirish mumkinki, yerdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishda tabiiy-ilmiy, ishlab chiqarish-tashkiliy, texnikaviy tavsiyanomalarning roli qanchalik katta bo`lmasin, ularning bajarilishi barcha davlat idoralari, korxona, muassasa, tashkilot, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun huquqiy normalarda mustahkamlangandan keyingina majburiy xarakterga ega bo`ladi. Aks holda bu tavsiyanomalar bajarilmasdan qolib ketishi mumkin. Shunday qilib, yerdan oqilona, samarali foydalanish va uni muhofaza qilishni ta'min etishda qonunning ahamiyati katta bo`lib, u yerdan unumli foydalanish va muhofaza qilish bilan bog`liq bo`lgan munosabatlarni tartibga soladi hamda undan oqilona foydalanish va har xil g`ayriqonuniy hatti-harakatlardan muhofaza qilish choralarini belgilaydi. Demak, yerdan oqilona, samarali, maqsadga muvofiq foydalanish va muhofaza qilishni qonunlarning yordamisiz tasavvur etib bo`lmaydi.Qonunlar yer boyliklariga ehtiyotkorona va oqilona munosabatdabo`lish, asrab-avaylash, qadrlash, doimo tuproq unumdorligini oshirib borish talabani belgilaydi, yerdan foydalanish qoidalari buzilganda huquqiy normalar uni himoya qiladi.
Yerni muhofaza qilishga qaratilgan huquqiy qoidalar asosan quyidagilarni tartibga soladi: sug`oriladigan yerlarni qishloq xo`jaligiga mo`ljallanmagan maqsadlarga berishdan himoya qilish; tuproqni unumdor qatlamini saqlash; tuproqni eroziyadan saqlash; yerni agroximikatlar ta'siridan himoya qilish; yerni ishdan chiqarib qo`yishdan, botqoqlanishdan muhofaza qilish; yerni xo`jasizlarcha foydalanishdan muhofaza qilish va h.k.
Eng avvalo, qonun sug`oriladigan yerlarni qishloq xo`jaligiga mo`ljallanmagan yerlar toifasiga berilishidan muhofaza etadi. Aslida bu qimmatbaho yerlar boshqa maqsadlar uchun faqat qishloq xo`jaligi, suv xo`jaligi idoralari, shuningdek tabiatni muhofaza qilish idoralari bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi, o`ta zarur hollardagina berilishi mumkin.
Qonunning yerni muhofaza qilishga qaratilgan normalari tuproqning unumdorligini saqlashni tartibga solishga bag`ishlangan. Yerdan xo`jasizlarcha foydalanish, almashlab ekishga rioya qilmaslik, yerdan ilmiy asosda foydalanmaslik, tuproqning agrotexnika qoidalariga rioya qilmaslik, zaharli ximikatlarni ko`p miqdorda ishlatish tuproq unumdorligini pasayishiga olib keladi. Mutaxassislarning ma'lumotiga ko`ra, tuproqning qimmatbaho sifatini osonlikcha yakson qilib tashlash mumkin. Uni tiklash jarayoni esa juda og`ir va uzoq muddatni talab etadi. Masalan, 10 santimetr qalinlikdagi tuproqning unumdorlik qatlamini tiklash uchun 100 yilcha vaqt kerak. Shundan kelib chiqib, qonunlarimiz tuproqning unumdorlik qatlamini muhofaza qilishga qaratilgan qat'iy talab va choralarni belgilaydi.
Yerdan foydalanish munosabatlarini tartibga soluvchi qonunlar yerga nisbatan xo`jasizlarcha munosabatda bo`lishdan muhofaza etadi. Yerdan xo`jasizlarcha foydalanish deganda yuridik va jismoniy shaxslarning yerni yaxshilash, tuproqni shamol, suv ta'sirida yemirilishdan va tuproq holatini yomonlashtiruvchi boshqa jarayonlardan himoya qilish majburiyatlarini bajarmaslik, hamda yer uchastkalari qanday maqsadlar uchun berilgan bo`lsa o`sha maqsadlarda foylanmaslik tushuniladi. Qonunda belgilanishicha yerdan foydalanuvchilar tuproq unumdorligini oshirish yuzasidan samarali choralarni ko`rishlari, tuproqni shamol va suv ta'sirida yemirilishdan saqlash yuzasidan tashkiliy--xo`jalik, agrotexnika, o`rmon-melioratsiya va gidrotexnika tadbirlarini amalga oshirishlari, yerlarning sho`rlanish, zax bosish, ifloslanish holatiga yo`l qo`ymasliklari, begona o`tlar bosishini oldini olishlari lozim. Yer qonunchiligini ushbu talablarini bajarmaslik yerdan xo`jasizlarcha foydalanish hisoblanib, uni muhofaza rejimini buzish deb qaraladi.
Yerni huquqiy muhofaza qilish o`z oldiga uni ishdan chiqarmaslik maqsadini qo`yadi. Yerni buzishda, uni ishdan chiqarishda eroziyaning ta'siri kuchlidir. Eroziya deganda unumdor tuproq qatlamining suv yoki shamol ta'sirida buzilishi tushuniladi. Tegishli davlat idoralari, yerdan foydalanuvchilar yerlarni melioratsiyalash va muhofaza qilishga, ihota daraxtlari o`tkazishga, tuproq eroziyasiga qarshi kurashishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishlari kerak. Ushbu chora-tadbirlarni bajarmaslik yer muhofazasi talablarini buzish hisoblanadi.
Aytilganlardan tashqari, yerdan foydalanuvchilar yerlarni sanoat chiqindilari, oqova suvlar bilan ifloslantirish, yerlarni talon-taroj qilinishidan himoya qilishlari lozimligi yer qonunchiligida ko`rsatilgan.
Yuqorida bildirilgan fikrlardan kelib chiqib, yer resurslarini huquqiy muhofaza qilish deganda yerdan oqilona foydalanish, uni qishloq xo`jaligi oborotidan asossiz ravishda tortib olinishning oldini olish, zararli antropogen ta'sirdan himoya qilish, shuningdek tuproq unumdorligini tiklash va oshirish, o`rmon fondi yerlarining samaradorligini yuksaltirishga qaratilgan huquqiy normalar yig`indisi tushuniladi. Bu huquqiy normalar faqat yer qonunchiligida emas, balki tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan foydalanish, jinoyat, fuqarolik, ma'muriy, mehnat, kooperativ, fermer, dehqon xo`jaligi to`g`risidagi qonunlarida ham o`z ifodasini topgan. Demak, yerlarni muhofaza qilish kompleks huquq sohalari bilan tartibga solinadi.



Download 91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling