Yevropa taraqqiyot va tiklanish bankining O'zbekiston iqtisodiyotidagi ro'li
Download 1.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Yevropa taraqqiyot va tiklanish bankining O\'zbekiston5565
Yevropa taraqqiyot va tiklanish bankining O'zbekiston iqtisodiyotidagi ro'li EKT-75 1. Ibodov Sirojiddin 2. Iskandarov O‘tkir 3. Kamoljonov Islombek 4. Xasanov Quvonchbek Reja 1. Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki (YeTTB)ning tashkil topishi 2. Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankini jahon iqtisodiyotida tutgan o‘rni 3. Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankini O‘zbekistonga kiritilgan investitsion tahlili 4. 2017-2021 – yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi belgilangan vazifalarni bajarishda YeTTB ni o‘rni. Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki tashkil topishi Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki (inglizcha European Bank for Reconstruction and Development) — Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari, shuningdek, MDH ga aʼzo mamlakatlarni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishga yordam koʻrsatuvchi xalqaro bank. 1990-yilda 42 aʼzo mamlakat hukumatlari tomonidan 10 mlrd. mablagʻ bilan tashkil etilgan. 1991-yildan faoliyat olib boradi. Shtab-kvartirasi Londonda. Uning asosiy vazifalari: Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrida boʻlgan mamlakatlarda amalga oshirilayotgan islohotlar (davlat mulki va korxonalarini xususiylashtirish hamda monopoliyadan chiqarish; Tadbirkorlikni rivojlantirish; Ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish va moliya sektorlariga investitsiyalarni jalb etish; Kapital bozorini shakllantirish va boshqa)ga moliyaviy yordam koʻrsatadi va ularning jahon iqtisodiy hamjamiyatiga tezroq qoʻshilishiga koʻmaklashadi. Bank kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash va tadbirkorlar sinfini shakllantirish masalalariga katta eʼtibor beradi, transport, energetika, islab chiqarish sohalaridagi yirik infratuzilma loyihalarini moliyalashda ishtirok etadi. Bank resurslarining kamida 60 % xususiylashtirilayotgan davlat korxonalari yoki xususiy sektor korxonalariga, 40 % infratuzilma yoki boshqa loyihalarga yoʻnaltiriladi. 1997-yilda bank tomonidan Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda moliyaviy taʼminlagan loyihalar qiymati 240 mln. ekyuni tashkil etdi. Oʻzbekiston 1992-yil boshida Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Bankiga aʼzo boʻldi va shu yili Toshkent shahrida uning vakolatxonasi ochildi. 1993-yildan Oʻzbekistonda loyihalarni amalga oshirishda ishtirok eta boshladi. 1994-yil 10-yanvarda Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Bankining Direktorlar kengashi Oʻzbekiston Respublikasiga loyihalarni moliyalash masalalari boʻyicha salbiy garov shartlarini bekor qildi. Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki Oʻzbekistonda moliyaviy sektor va bank infratuzilmasini rivojlantirish, energetika majmui, turizmni rivojlantirish, kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash, bozor infratuzilmasini shakllantirish, tabiiy resurelarni uzlashtirish, paxtani qayta ishlash va engil sanoatning boshqa tarmoqlarini taraqqiy ettirish kabi etti yoʻnalishda faoliyat yuritadi. Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki Fargʻona neftni qayta ishlash zavodini jihozlash (umumiy qiymati 81,5 mln. ekyu); energetika ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va Sirdaryo GRESning xalqaro andozalarga muvofiqligini taʼminlashga qaratilgan (umumiy qiymati 25,2 mln. ekyu) va Toshkent xalqaro aeroportini taʼmirlash, shuningdek, xavfsizlikni oshirish uchun maxsus jihozlar sotib olish (umumiy qiymati 43,5 mln. ekyu) loyihalarni amalga oshirish uchun kreditlar ajratdi. Hozirgi vaqtda Oʻzbekistonda Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki ishtirokida umumiy qiymati 1 mlrd. AKD1 dollaridan ortiq boʻlgan 15 loyiha amaliyotga joriy etilmoqda (bunda bankning bevosita moliyalashdagi ulushi 597,7 mln. AQSh dollariga teng). Xususan, Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki tomonidan Oʻzbekistonda oʻrta va kichik biznesni rivojlantirish maqsadida 120 mln. AQSh dollaridan iborat kredit berildi. Shundan 60 mln. AQSh dollari hukumat kafolatisiz Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga, 60 mln. dollari esa hukumat kafolati bilan boshqa tijorat banklariga berilgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankini jahon iqtisodiyotida tutgan o‘rni Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) — 1991-yilda tashkil topgan va unga 56 ta mamlakat a’zo. YeTTB Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlariga bozor iqtisodiyotiga o‘tish bo‘yicha islohotlami amalga oshirishni qo‘llab-quwatlash maqsadida tuzilgan. 0 ‘zbekiston YeTTBga 1992-yil 27-apreldan a’zo bo'lgan. YeTTBning asosiy faoliyat doirasi quyidagilardan iborat: • infratuzilmani rivojlantirish; • turli xususiy va xususiylashtirilgan korxonalaming loyihalarini moliyalashtirish va kreditlash. Bunda resurslaming 60 foizi xususiy sektorga, 40 foizi davlat sektoriga mo‘ljallangan; • xususiy kapital qo‘yilmalarga kafolatlar berish; • iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini qayta qurish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish; • aniq loyihalariga maslahat-texnik yordam berish; YeTTB tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar soni 1991— 2012-yillarda 3 644 taga (2012-yilda 393 ta) yetdi. 1991-2012-yillar- da amalga oshirilgan loyihalaming umumiy qiymati 235,4 mlrd yevroni, 2012-yildagi loyihalar qiymati esa 24,8 mlrd yevroni tashkil etdi. Mintaqaviy rivojlanish banklari • mintaqaviy banklar tegishli iqtisodiy hudularda faoliyat olib boradilar va ushbu mintaqaning rivojlanish ehtiyojlaridan kelib chiqadigan maqsadlarni ko'zlaydilar; • mintaqaviy banklar a ’zo mamlakatlarga nisbatan ularning iqtisodiy rivojlanish darajasiga ko'ra tabaqalashgan kredit berish siyosatini olib boradilar; • mintaqaviy banklar tarkibida eng obro‘lisi YeTTB hisoblanadi; • YeTTBga 56 ta malakat a ’zo; • YeTTB faoliyati a ’zo mamlakatlarda ko‘p partiyaviylik, pluralizm va bozor islohotlarining mavjudligini nazarda tutuvchi siyosiy jihatlarga ega; YeTTB jahondagi o‘rni • Bank kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash va tadbirkorlar sinfini shakllantirish masalalariga katta eʼtibor beradi, transport, energetika, islab chiqarish sohalaridagi yirik infratuzilma loyihalarini moliyalashda ishtirok etadi. Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankini O‘zbekistonga kiritilgan investitsion tahlili YeTTB 2019-yilda O‘zbekistondagi loyihalari portfelini kengaytiradi • YeTTB direktori Umurzoqov bilan suhbat davomida bank O‘zbekiston bilan hamkorlikni kuchaytirish yo‘nalishiga sodiq ekanligini ta’kidladi va o‘tgan davr ichida erishilgan kelishuvlar va birgalikdagi ishlar natijalarini sanab o‘tdi. • Bugungi kunda bank bilan umumiy qiymati 622,5 million dollarlik yettita loyiha bo‘yicha zayom bitimlari imzolangan. Ular poytaxt va respublikaning boshqa hududlarida suv ta’minoti va markazlashgan issiqlik ta’minoti tizimini yaxshilash, shuningdek, elektr energetikasi sohasini modernizatsiya qilishga qaratilgan. • YeTTB 1992-yildan 2010-yilga qadar 54 ta loyiha uchun O‘zbekistonga 894 million yevro investitsiya kiritgan. YeTTB O‘zbekistonga investitsiya kiritishni qaytadan boshlaydi • Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) O‘zbekiston bilan uzoq muddatli hamkorlik qilishni mo‘ljallamoqda, dedi Markaziy Osiyo va Rossiya bo‘yicha boshqaruvchi direktori Natalya Xanjenkova “Jahon” AAga bergan intervyusida. U Toshkentga 6-fevral kuni hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish uchun tashrif buyurdi. • “Ayni vaqtda o‘zbek tomoni bilan hamkorlikda hamkorlikning ustuvor jihatlarini aniqlab olmoqdamiz, — dedi Natalya Xanjenkova O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov bilan muzokaralar natijalari bo‘yicha so‘zlar ekan. — Hukumat bilan maslahatlashuvlar asosida YeTTB o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda moliyaviy mablag‘larni investitsiya qilishi mumkin bo‘lgan o‘zbek iqtisodiyotining aniq sohalarini belgilab olmoqdamiz”. • Mazkur bosqichda hamkorlikning ustuvor sohalari kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, mamlakatda tadbirkorlik muhitini yaxshilash va boshqa masalalarni o‘z ichiga oladi, deya qayd etdi YeTTB boshqaruv direktori. U tomonlar iqtisodiyotning an’anaviy sohalarini cheklashni mo‘ljallamayotgani, balki yangi innovatsion yo‘nalishlarni izlayotganini ta’kidlab o‘tdi. • “Zamonaviy sharoitlar hamkorlikning holati va istiqbollariga yangicha nazar tashlashga imkon tug‘dirmoqda. Biz O‘zbekiston bilan o‘zaro manfaatlar to‘qnashgan sohalarda uzoq muddatli hamkorlik qilishni mo‘ljallamoqdamiz”, — dedi Natalya Xanjenkova. • O‘zbekiston va YeTTB hamkorligining hal etilishi YeTTB prezidenti Suma Chakrabartining Toshkentga tashrifiga xizmat qilishi lozim, deya qo‘shimcha qildi u. • YeTTB 1991-yilda bozor iqtisodiyoti va demokratiyani qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan. • O‘zbekiston YeTTBga 1992-yilda a’zo bo‘lgan. Bank respublikada 55 ga yaqin loyihani amalga oshirish uchun umumiy miqdorda 900 million yevroga yaqin mablag‘ni investitsiya qilgan. YeTTBning O‘zbekiston bo‘yicha so‘nggi strategiyasi 2005-yilning yozida qabul qilingan va so‘nggi loyiha 2007-yilda yakuniga yetgan. • Ayni paytda YeTTBning O‘zbekistondagi faoliyati faqatgina mavjud investitsiyalar portfelini qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘lib, uning miqdori 5 ta loyiha bo‘yicha 8 million yevroni tashkil etadi. YeTTB kiritgan investitsiyalar tahlili YeTTB 1997-2010 yilarga qaradar 900 mln $ inestitsiyasining sarflanishi Download 1.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling