“Yo‘naltiruvchi matn” metodi


Download 41.51 Kb.
bet1/3
Sana21.06.2023
Hajmi41.51 Kb.
#1638252
  1   2   3
Bog'liq
yo\'naltiruvchi


Mavzu: “ Yo’naltiruvchi matn “ metodi.
Reja:
1.Interfaol metodlar va ulardan foydalanish.
2. “Yo‘naltiruvchi matn” metodi
3. “Yo‘naltiruvchi matn” metodining afzalliklari va kamchilklari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Interfaol metodlar


Ta’lim jarayonida interfaol metodlardan foydalanish Hozirgi vaqtda kasb-hunar kollejlarida o’qitishning zamonaviy metodlari keng qo’llanilmoqda. O’qitishning zamonaviy metodlarini qo’llash o’qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishiga olib keladi. Ta’lim metodlarini tanlashda har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq sanaladi. An’anaviy dars shaklini saqlab qo’lgan holda, unga turli-tuman o’quvchilar faoliyatini faollashtiradigan metodlar bilan boyitish o’quvchilarning o’zlashtirish darajasini kotarilishiga olib keladi. Buning uchun dars jarayoni o’qilona tashkil qilinishi, o’qituvchi tomonidan o’quvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligi muttasil ragbatlantirilib turilishi, o’quv materialini kichik-kichik bo’laklarga bo’lib, ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, tadqiqot, muammoli vaziyat, Yo’naltiruvchi matn, loyiha, rolli oyinlar metodlarini qo’llash, o’quvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash, turli baholash metodlaridan foydalanish, ta’lim vositalaridan joyida va vaqtida foydalanish talab etiladi. Bu metodlarni interfaol yoki interaktiv metodlar deb ham atashadi. Bu metodlar qo’llanilganda o’qituvchi o’quvchini faol ishtirok etishga chorlaudi. O’quvchi markazda bo’lgan yondoshuvning foudali jihatlari quuidagilarda namoyon bo’ladi: - ta’lim samarasi yuqoriroq bo’lgan o’qish-o’rganish; - o’quvchini yuqori darajada rag’batlantirilishi; - ilgari orttirilgan bilimning ham e’tiborga olinishi; - o’qish shiddatini o’quvchining ehtiyojiga muvofiqlashtirilishi; - o’quvchining tashabbuskorligi va mas’uliyatining qo’llab-quvvatlanishi; - amalda bajarish orqali o’rganilishi; - ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi; - o’qishni soglom muhitda saqlab qo’linishi; - o’qituvching engillik yaratib beruvchi shaxsga aulanishi. O’quvchi butun jarayon davomida ishtirok etadi. Shu sababdan, o’quvchining bilim va ko’nikmalarini rivojlantirish uchun etarli darajada o’quvchilar ishtiroki va amaliyoti mavjud bo’ladi. Bu metodlar asosan o’qituvchining turli faoliyat shakllari orqali amalga oshiriladi. Kichik guruhlarda ishlash - o’qituvchi tomonidan berilgan ma’lum bir topshiriqni hamkorlikda bajarish uchun o’quvchilarni kichik guruhlarga ajratib, berilgan topshiriqning echish uo’llarini ishlab chiqishni taqozo etuvchi metoddir. Ushbu metod qo’llanilganda o’quvchi kichik guruhlarda ishlab, darsda faol ishtirok etish huquqiga, boshlovchi rolida bo’lishga, bir-biridan o’rganishga va turli nuqtai- nazarlarni qadrlash imkoniga ega bo’ladi.

Yo‘naltiruvchi matn” metodi - ta’lim talabalar mustaqil ravishda yo‘naltiruvchi savollar yordamida ma’lumot yig‘ish, rejalashtirish, amalga oshirish vazifalarini bajaradigan metoddir.


“Yo‘naltiruvchi matn” metodining barcha bosqichlarida muhandis-pedagog faoliyati “passiv”, ta’lim talaba faoliyati esa “aktiv” bo‘ladi. CHunki ta’lim talabalar muhandis-pedagog tomonidan oldindan tayyorlangan materiallar asosida mustaqil ravishda faoliyat ko‘rsatadilar. “Yo‘naltiruvchi matn” metodidan o‘quv amaliyot darslarida foydalaniladi. Ushbu metodni o‘tkazish bosqichlari “Loyiha metodi”ning bosqichlari bilan bir-xildir. Ma’lumot yig‘ish, rejalashtirish, amalga oshirish va tekshirish bosqichlarida ta’lim talaba mustaqil ishlaydilar. Qaror qabul qilish va xulosa qilish bosqichlarida ta’lim talaba va muhandis-pedagog orasida “qaytar aloqa” o‘rnatilib, birgalikda muhokama qiladilar. Ta’lim talabalarga boshlang‘ich bosqichlarda muhandis-pedagog tomonidan tuzilgan yozma hujjatlar


Quyida (Rasm-9) “Yo‘naltiruvchi matn” metodida muhandis-pedagog va ta’lim talabalarning faoliyati keltirilgan.

Download 41.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling