Yorug’likning suyuqliklardan sochilishi


Download 25.09 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi25.09 Kb.
#1605360
Bog'liq
1443858505 61578


Yorug’likning suyuqliklardan sochilishi

Reja:


        1. Gazlarda va suyuqliklarda yorug‘likning sochilishini solishtirish

        2. Eynshteyn – Smoluxovskiy formulasi

        3. Suyuqliklarni tajribaga tayyorlash

        4. Xulosa

Sochilgan yorug’likning intensivligini Reley formulasidan hisoblasa va natijalarni gaz va suyuqlik uchun solishtirib ko’rilsa suyuqliklarda yorug’lik sochilishi gazlarga nisbatan 1000 martalar ziyod bo’lishi kerak. Lekin tajriba bu raqamni taxminan 40-100 martaligini ko’rsatayapti. Bir xil massali gaz va suyuqlik olinsa, gaz 10 marta ziyod sochadi. Bir xil hajmdagi gaz va suyuqlik olinsa, suyuqlik 40-100 marta ziyod sochadi. Bu xil solishtirish shuni ko’rsatadiki suyuqliklarda turli zarralardan sochilgan yorug’lik interferentsiyasi juda kuchli, shuning uchun suyuqliklarda har bir molekula hisobga olinganda tajribada nazariyaga nisbatan kichik chiqayapti. Suyuqliklarda sochilish nazariyasini Smoluxovskiyning zichlik fluktuatsiyasi tug’risidagi fikriga asoslanib Eynshteyn ishlab chiqdi.


Eynshteyn Smoluxovskiy g’oyasiga asoslanib suyuqlikni uzluksiz muhit deb qarab termodinamikaning qonunlarini qo’llagan holda suyuqliklarda yorug’lik sochilishining fenomenologik nazariyasini yaratadi. Bu nazariya suyuqlikning biron bir modeliga asoslanmagan, bunda faqat zichlik fluktuatsiyasi hisobga olinmagan. Molekulalarning issiqlik harakati zichlik fluktuatsiyasiga sabab bo’ladi. O’z navbatida bu fluktuatsiya dielektrik fluktuatsiyaga sabab bo’ladi.
(1)
(2)
Bunga temperatura fluktuatsiyasi ham sabab bo’ladi. Ammo o’lchashlar shuni ko’rsatadiki temperatura fluktuatsiyasi sochilishning 0,1-1% ni tashkil etadi.
Shunday sust ta‘sir etganligi uchun ham bu fluktuatsiya hisobga olinmaydi. Eynshteyn nazariyasida faqat zichlik fluktuatsiyasi hisobga olinadi. Suyuqliklardaн turli zarralardan sochilgan yorug’lik interferentsiyasi juda kuchli. Shuning uchun suyuqliklarda sochilgan yorug’lik intensivligini har bir zarradan tarqalayotgan ikkilamchi to’lqin summasi deyish qiyin. Bu aytilganlardan ko’rinadiki, Reley nazariyasini suyuqliklar uchun qo’llab bo’lmaydi.


Eynshteyn-Smoluxovskiy formulasi
.
izotermik siqiluvchanlik.


Leontovich formulasi

 - anizotropiya relaksatsiya vaqti.
Debay formulasi



Reley chizig‘i konturida intensivlikning taqsimlanishi


Suyuqliklarni tajribaga tayyorlash

O’rganilayotgan moddani eksperimentga tayyorlash va aynan shu molekulaga tegishli spektrni olish uchun o’rganilayotgan namunaga quyidagi talablar qo’yiladi.


a) molekulaga tegishli bo’lmagan sochilishni kamaytirish uchun xizmat qiluvchi chang zarralaridan modda toza bo’lishi kerak.
b) modda fluoressensiya bermaydigan bo’lishi kerak.
v) modda iloji boricha rangsiz bo’lishi kerak. Hamma tekshiriladigan moddalar “XЧ” yoki “ЧDA” markada olingan keyin qo’shimcha tozalangan bo’lishi kerak.
Qo’shimcha tozalash, uni vakuum orqali bir necha marotaba qayta haydash tufayli amalga oshiriladi. Suyuqlikni haydash uchun idish eng oldin sulfat kislota aralashmasi yoki spirt bilan yuviladi. O’rganilayotgan ob‘ekt shu topilgan ikkita shar shaklidagi shisha kolbaga quyiladi. So’ng karbonat kislota yordamida yaxlatiladi va vakuum nasos yordamida havosi surib olinadi. Shundan so’ng kolba kavsharlanadi va suyuqlik qaynash haroratiga yetguncha qizdiriladi va bug’lanib ikkinchi sharikka o’tkaziladi, chayqab yana qaytarib birinchi sharikka o’tkaziladi. Bu jarayon kamida uch marta takrorlanadi. Bu tozalangan suyuqlik Vud trubkasiga solinadi. Bajarilgan ishlarning so’ngida trubka qora rangga bo’yaladi, faqatgina yorug’lik tushishi chiqishi va sochilishi uchun tirqishlar qo’yiladi.
Moddalarni tozalashda ishlatiladigan qushaloq shar idishning ko’rinishi.



ISP-22, ISP-51, DFS-12, DFS-24, DFS-52, spektrometrlari haqida ma‘lumot berish kerak.
A D A B I Y O T L A R

  1. Отахўжаев А.К., Жўраев Б.С. Молекуляр оптика. Самарқанд, Университет. 1992.

  2. Волькенштейн М.В. Молекулярная оптика. М., Наука. 1958.

  3. Фабелинский И.Л., Молекулярное рассеяние света. М. Наука. 1982.

  4. Вебер А., Спектроскопия КРС в газах и жидкостях . М. Наука.1982.

  5. Атахаджаев А.К., Тухватуллин Ф.Х. Спектралыное распределение интасивности в крыле линии рассеяния жидкостей и растворов. Ташкент, Фан. 1981.

  6. Вкус М.Ф. Электрические и оптические свойства молекул и конденсированнх сред. Л.,1984.

  7. Отажонов Ш. Молекуляр оптика. Тошкент, Университет. 1994.

  8. Волькенштейн М.В., Строение и физические свойство молекул. М., Л., 1955.

Download 25.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling