Yosh psixologiyasining predmeti, vаzifаlаri vа tаdqiqot metodlаri


Download 0.83 Mb.
Sana17.06.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1533222
Bog'liq
1 тема ВП узб

YOSH PSIXOLOGIYASINING PREDMETI, VАZIFАLАRI VА TАDQIQOT METODLАRI


1. Yosh psixologiyasi fanining predmeti va vazifalari. 2. Yosh psixologiya fanining (qisqacha rivojlanish tarixi) asosiy metodologik tamoyillari. 3. Yosh psixologiyasining tadqiqot metodlari.

Psixologiya fanining bir qator tarmoqlari, sohalari mavjud. Ular orasida yosh psixologiyasi alohida ahamiyatga ega. Yosh psixologiyasi psixik rivojlanish, shuningdek, bolalik, oʼsmirlik, oʼspirinlik va yetuklik davrida shaxs taraqqiyotining xususiyatlarini oʼrganadi. Juda koʼp fundamental tadqiqotlar oʼtkazilganligiga qaramay bugungi kunda inson psixikasini uning butun hayotiy yoʼli bosqichlarida rivojlanishi xususiyatlarini yaxlit holda tavsiflashga erishilmagan.


1. Inson psixik xususiyatlari va xulq-atvori rivojlanishining organizm va muhitga bogʼliqligi muammosi.
Yosh psixologiyasining bir qator muammolarini ajratib koʼrsatish mumkin.
2. Insonning rivojlanishiga stixiyali tashkil etilgan taʼlimning taʼsiri muammosi.
Yosh psixologiyasining predmeti – inson psixikasining yosh jihatdan taraqqiyoti, psixik jarayonlar hamda inson shaxsi xislatlarining ontogenezini oʼrganishdan iborat.
Yosh psixologiyasi oʼz navbatida bir qancha sohalarga boʼlinadi. Bular :
1. Bolalar psixologiyasi
2. Kichik maktab yoshidagi oʼquvchilar psixologiyasi.
3. Oʼsmir psixologiyasi.
4. Ilk oʼspirinlik yoshi psixologiyasi.
5. Katta yoshdagilar psixologiyasi.
6. Gerontopsixologiya ( qarilik) psixologiyasi.
Yosh davrlari psixologiyasi
Bolalar psixologiyasi
Oʼsmirlik davri psixologiyasi
Katta yoshdagilar psixologiyasi
Kichik maktab yoshidagi oʼquvchilar psixologiyasi
Oʼspirinlik psixologiyasi
Qarilik psixologiyasi
Maʼlum yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlarini bilmay turib, ularga maqsadga muvofiq ravishda taʼlim va tarbiya berib boʼlmaydi. Bolaning har bir yoshi oʼz qiyinchiliklariga ega boʼladi va oʼziga nisbatan maxsus munosabatda boʼlishni talab qiladi. Kichik maktab yoshidagi bolalarga nisbatan psixologik jihatdan toʼgʼri keladigan va yaroqli boʼlgan narsa, koʼpincha oʼsmirlarga nisbatan yaroqsiz va xato boʼlishi mumkin. Biroq oʼqituvchi, tarbiyachi shunchaki maʼlum yoshdagi oʼquvchi bilan emas, balki qonkret bir oʼquvchi bilan, individual shaxs bilan ishlaydi.
Yosh va pedagogik psixologiyaning birligi yosh va pedagogik psixologiya oʼrganadigan obʼektning umumiyligidadir. Bu ikkala fanning oʼrganish obʼekti – bolalar, oʼsmir va oʼspirinlar boʼlib, yosh psixologiyasi ularni yosh taraqqiyoti boʼyicha oʼrgansa, pedagogik psixologiya tarbiyalanuvchi yoki taʼlim oluvchi sifatida, yaʼni pedagogning taʼlim-tarbiya jarayonida biror maqsadga qaratilgan taʼsiri sifatida oʼrganadi.
1906 yil Peterburgda pedagogik psixologiya boʼyicha съезд chaqirildi. Pedagogik psixologiya namoyondalari – А.P.Nechaev, N.E. Rumyantsev va boshqalar pedagogik adabiyotlarni keskin tanqid qilib chiqdilar. Psixologiyani pedagogik amaliyot bilan yaqinlashtirish eksperimental tadqiqotlarni taʼlim-tarbiya jarayonining oʼzida oʼtkazish orqaligina mumkin degan muhim xulosa chiqarildi.
ХIХ asrning oxiri ХХ asrning boshlarida АQSh da pedologiya deb ataluvchi yangi fan vujudga keladi. . Uning namoyondalari – S.Xoll, E.Meyman, V.Preyer. Bu oqim namoyondalari bola rivojlanishining biologik, fiziologik va psixologik nazariyalarini mexanik ravishda qoʼshadilar.
20 - 30 yillarda pedagogik psixologiyada juda koʼp ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi, hozirgi kunda ham oʼz ahamiyatini yoʼqotmagan bir qancha psixologik-pedagogik qontseptsiyalar vujudga keldi. Аyniqsa, А.S.Makarenkoning bola shaxsi va bolalar jamoasiga boʼlgan ilmiy qarashlari, L.S.Vigotskiyning oliy psixik funktsiyalarning rivojlanish nazariyasi katta ilmiy qimmat kasb etadi.
Hozirgi kunda yosh va pedagogik psixologiya - psixologiya fanining eng rivojlangan sohasi hisoblanadi. Yosh va pedagogik psixologiya masalalari bilan bir qator koʼzga koʼrinarli psixologlar shugʼullanganlar va shugʼullanmoqdalar. Ulardan: B.G. Аnanьev, L.I.Bojovich, P.Ya.Galьperin, V.V.Davidov, А.V.Zaporojets, L.V.Zankov, G.S.Kostyuk, А.N.Leontьev, N.А.Menchinskaya, N.F. Talizina, D.B.Elьqonin va boshqalarni koʼrsatish mumkin.
Rus psixologi B.G. Аnanev boʼyicha tadqiqot metodlari 4 guruhga boʼlinadi:
I. Tashkiliy metodlar: taqqoslash, longityud va kompleks metodlari kiradi.Taqqoslash–umumiy psixologiya, ijtimoiy psixologiya, pato- psixologiya va defektologiyada keng qoʼllaniladi. Yosh va pedagogik psixologiyada oʼrganilayotgan psixik jarayonlarning dinamikasini aniqlash uchun qoʼllaniladi. Longityud – (uzluksiz) uzoq vaqt davomida ayni bir xil kishilar oʼrganiladi. Kompleks – psixologik tadqiqotlar boshqa fanlar metodlari ishtirokida oʼtkaziladi. (shaxsning jismoniy, fiziologik, psixik va ijtimoy taraqqiyoti aniqlanadi).
II. Empirik metodlar: kuzatish va oʼz-oʼzini kuzatish; eksperimental psixodiagnostika metodlari (test, anketa, suhbat, sotsiometriya, intervьyu); faoliyat natijalarini tahlil qilish; biografiya metodlari.
III. Maʼlumotlarni qayta ishlash metodlari: miqdoriy (statistika) va psixologik yoki sifatiy tahlil turlariga boʼlinadi.
Yosh va pedagogik psixologiyaning metodlari faqat nazariy, ilmiy tadqiqot ishlari uchungina emas, balki kundalik, amaliy vazifalarni hal qilish uchun ham zarur.
IV. Sharhlash metodlari: Genetik va “donalash” metodlari. Genetik metodda taraqqiyotdagi bosqich, pogʼonalar, inqiroz holatlari ajratib koʼrsatiladi (vertikal aloqa). Donalash metodida esa shaxsning barcha xarakteristikalari oʼrtasidagi “gorizontal” aloqalar aniqlanadi.
Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling