Yoshdagi bolalarga g‘amshira yordamlashishi kerak: masalan, qiz boallarni


Download 17.74 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi17.74 Kb.
#1498335
Bog'liq
Hasanboy Xudarganov (2)


Bolalar toza tutilishi, ko‘rinishi chiroyli bo‘lishi lozim. Tibbiy hodim
bola sochini tarashi, tirnog‘ini olishi, lozim bo‘lsa kiyinishiga yordam berishi
shart. Maktab yoshidagi bolalar umumiy rejimda bo‘lsa o‘zlari ertalab va
kechqurun yuvinishi, tishini, qulog‘ini yuvishi shart. Lozim bo‘lsa bolaga tish
cho‘tkasidan qpnday foydalanishni tushuntirish kerak. Erta va maktabgacha
yoshdagi bolalarga g‘amshira yordamlashishi kerak: masalan, qiz boallarni
sochini shaxsiy tarog‘i bilan tarashi, ertalab va kechqurun tashqi jinsiy a‘zolarini
iliq suvda oldidan orqaga qarab, orqa teshikka qarab yuvishi lozim. Xaftasiga bir
marta tirnoqlarni tekshirishi, 7-10 kunda bir marta vanna qabul qildirishi kerak.
Vanna qabul qilgan kuni o‘rin-ko‘rpalarini, kiyimlari almashtirilishi kerak.
Lozim bo‘lsa yotoq choyshablari va ichki kiyimlarini tez-tez almashtirish kerak
7-10 kunda bir marta vanna
qabul qilingandan keyin amalga oshiriladi, lozim bo‘lsa tez-tez ham
almashtirilishi mumkin. Katta yoshli bolalar ahvoli qoniqarli bo‘lsa o‘zlari
kiyinishadi, kichik yoshdagilarga hamshira yoki kichik tibbiy xodim
yordamlashadi.
Og‘ir, yotoq rejimdagi bemor kiyimlari almashtirilganda hamshira kuylak
chetlaridan ushlaydi, olddin boshidan, kekeyin qo‘lidan chiqarib yechintiradi.
Toza kiyim shunga teskari ravishda kiygiziladi. Agarda bemor qo‘li
shikastlangan bo‘lsa oldin sog‘ qo‘lidan, keyin kasal qo‘ldan yechiladi.
Kuylakni oldin kasal qo‘lga, keyin sog‘ qo‘lga kiygiziladi.
Odatda bemor kiyimini almashtirganda oqliklarini ham almashtirishadi.
Agar bemor o‘tira olsa, uni krovatdan stulga o‘tirg‘izib, hamshira oqliklarni
almashtiradi. Yotoq rejimdagi bemorlarni oqliklarini almashtirishni ikki xil usuli
bor:
1) eski choyshab bosh tomondan pastga qarab o‘rab kelinadi va olinadi.
Ikki tomondan bintga o‘hshab o‘ralgan toza choyshab bemor dumg‘azasi ostiga
qo‘yiladi va krovatga uzunasiga yoyiladi;
2) bemor bola krovat yoniga suriladi va eski choyshab uzunasiga o‘raladi,
ochilgan sohaga yangi choyshab yoyiladi va bemor uning ustiga o‘tkaziladi,
keyin eski choyshab olinadi va yangisi yoyiladi.
Eski oqliklar va kiyimlar alohida yig‘iladi va qopqoli plastmassa
idishlarga yoki polietilen qoplarga solinadi va alohida x onaga olib chiqiladi.
Bo‘lim bekasi boshqa xalat kiyadi va kleyenka fartik takadi, oqliklarni saralaydi,
kasalxonaning markazlashgan kirxonasiga, undan kir yuvish xonasiga yuboradi.
Oqliklarni almashtirgandan keyin palata poli va boshqa jihozlar 1 % kal‘siy
gipoxlorid eritmasiga namlangan lattt bilan artib chiqiladi.
Bo‘limda bir sutkaga yetadigan oqliklar zahirasi bo‘lishi kerak. Oqliklarni
markaziy isitish batareyalarida quritish va qayta ishlatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘z vaqtidan o‘tib va noto‘g‘ri almashtirilgan oqliklar yotoq yaralar
rivojlanishiga sababchi bo‘ladi.
Krovat palataga shunday joylashtirilishi kerakki,
unga har tomondan bemalol bora olinishi, bosh tomonni devorga qaragan
bo‘lishi lozim. Qo‘shni krovatlar bilan orasi kamida 1,5 m bo‘lishi kerak.
Krovat setkasi yaxshi tortilgan bo‘lishi, yuzasi tekis, ustiga to‘shak tashalgan,
uning ustidan toza choyshab tashalib chetlari to‘shak ostiga buklangan bo‘lishi
kerak, choyshab chetlari osilib, o‘ralib yotmasligi kerak. Agar bemor choyshab
ustida ovqatlansa, choyshabni qoqib qaytadan yoyish lozim. Paxta, par
yostiqlar ustidan toza yostiqjild kiygizish kerak. Ko‘rpa toza, yengil, issiq
bo‘lishi, yaxshi dezinfeksiyalanishi lozim. Yoz oylvarida bemorlar matoli
ko‘rpalardan foydalanishi mumkin. Ko‘rpa ustiga ko‘rpajild kiygizili shart.
Bolalar va keluvchilar boshqa krovatlarda o‘tirishi mumkin emas. Ota-onalar
stulda o‘tirishlari kerak.
Bolalarga esa ayniqsa u kichik yoshda bo’lsa, to’shakni otni
dumidan yoki dengiz o’tidan, parolondan qilinadi. Bolalarga yoki og’ir bemorlarga,
agar u siydigini, axlatini tutolmasa to’shak kengligida klyonka solib uni ustiga
choyshab solinadi. Albatta, choyshab yig’ilib qolmasligini kuzatib turish kerak.
Yosh bolalar yostig’ini paxtadan yoki parolondan qilish ma'qul, katta yoshdagi
bolalarga va kattalarga esa qush patidan yoki ukpardan qilinadi. Bemorlarga
albatta odeyal va choyshab beriladi. Vaqti – vaqti bilan to’shaklar, yastiqlar,
odeyallar, ayniqsa yosh bolalarnikishamollatib turilishi kerak.
Bemor kasalxonadan tuzalib chiqqandan keyin uning kiyim kechaklari yuvish
uchun kirxonaga topshiriladi, to’shak va yostiqlar quritiladi, lozim bo’lsa maxsus
kamerada san.zpid.stantsiyada dezinfektsiya qilinadi.
Har 7 – 10 kunda bemorlar cho’miltirilib ustki va ichki kiyimlar, choyshablar,
yostiqlarni jildi almashtiriladi. Bolalarni,og’ir bemorlarni kiyim kechagi iflos
bo’ldi deguncha, agar lozim bo’lsa kunda bir necha marotaba almashtiriladi.
Kiyim – kechak agar o’rnida almashtirilsa, yaxshisi bemorni kushetkaga yotqizib
so’ng almashtirish kerak. Agar bemorni axvoli juda og’ir bo’lsa kiyim – kechak
uni yotgan joyida almashtiriladi, choyshabni almashtirish uchun bemorni karavot
chetiga ohista surib bo’sh tomonida choyshabni bintga o’xshatib bemor
tanasigacha o’rab,o’rniga yangisini solib, tekislab sekin – asta uni ustiga bemorni
aylantirib yotqiziladi va kir choyshabni olib tashlab tozasini siliqlab har tomonga
tortib qo’yiladi, zski choyshabni faqat uzunasiga emas, zniga ham yig’ish mumkin.
Bunda choyshab oyoq qismidan belga qarab va bosh tomondan belga qarab o’rib,
keyin bemorni belidan bir oz ko’tarib zski choyshab olinadi va o’rniga shunday
o’ralgan toza choyshabni qo’yib, keyin ikkitomonga oldin oyog’ini ko’tarib, so’ng
yuqori qismidan tanasini ko’tarib yoziladi. Qachonki bemor toza choyshabga
yotgandan keyin uni tortib silliq qilib, ikkitomoniga to’shak taglariga qistirib
qo’yiladi.
Bo’limda bir kecha kunduzi etarli kiyim – kechak bo’lishi kerak. Iflos kiyim
kechaklarni quritib yana bemorga kiygizishman etiladi. Iflos kiyim – kechaklar
yig’ilib plastmassadan bo’lgan qopqoqli baklarga yoki kleyonkadan bo’lgan
qoplarga solinib bemor xonasidan olib chiqiladi va iflos kiyimlar turadigan xonada
bikslarda yoki dokalarga o’rab saqlanadi. Katta shifoxonalarda yig’ilgan iflos
kiyim – kechaklarga maxsus ajratilgan podvoldagi xonaga, fartuk kiyib, kiyim –
kechaklarni ajratib, markazlashtirilgan korxonaga o’tqaziladi, u erda bu narsalar
paxta tolasidan bo’lgan qoplarga solinib kir yuvish xonasiga yuboriladi va u erdan
toza dazmollangan kiyim – kechaklar olinadi.
Kiyim – kechaklar almashtirilgandan keyin, xonalar poli va atrofdagi narsalar 0,5
xloramin eritmasi bilan lattalarni ho’llab artiladi. Bundan tashqari har kuni kichik
tabobat hamshirasi navbat almashishdan oldin iflos kiyim- kechaklarni sanab,
xo’jalik hamshirasiga topshiradi va tozasini oladi.
Toza kiyim – kechaklar bo’limda maxsus ajratilgan xonada, shkaflarda yoki
taxtadan qilingan tokchalarda saqlanadi. Tokchalarda kiyim – kechaklar,
choyshablar, yostiq jildlari, odeyallar vayostiqlar alohida taxlanadi. Kiyim –
kechaklarni saqlanishiga va gigienik xolatda turishiga xo’jalik hamshirasi javob
beradi. Har kuni xo’jalik hamshirasi bir kecha kunduzga etarli kiyim –kechakni
kichik tabobat hamshirasiga beradi. Bu buyumlar maxsus qulflanadigan shkaflarda
bo’limda saqlanadi.
Hаyotining birinchi yilidаgi bоlаlаr kiyimlаri. Bоlа hаyotining birinchi dаvridа hаrаkаtlаrini chеklаydigаn qisib turаdigаn kiyim kiydirilаdi: 2 tа ko’llаri uzun bo’lgаn rаspоshоnkа ustmа- ust kiydirilаdi (biri оddiy ikkinchisi esа flаnеllаngаn). Yupqа rаspоshоnkа bеl tоmоnini qаmrаb оlsа issiq rаspоshоnkа qоrin tоmоnidаn yopilаdi. Issiq rаspоshоnqаni qo’li uzun, shuning uchun uni tiqish kеrаk emаs, pаstki tоmоndаn kindikni yopib tursа bo’ldi..
1-2 оylik dаvrlаridа kunduzgi uyg’оqlik pаytidа pоlzunоk yoki “bоdi”dаn fоydаlаnilаdi, 2-3 оydаn kеyin esа оddiy pаmpеrslаrdаn fоydаlаnib, ulаrni , xаr 3 sоаtdа аlmаshtirilаdi, 3-4 оyligidа esа оdаtdа bоlаdа so’lаk оqishi kuchаygаn pаytdа fаrtuk tаqilаdi.Pаxtаdаn qilingаn bоsh kiyimlаri vаnnаdаn chiqqаndаn kеyin vа аylаnishgа оlib chiqilgаndа kiydirilаdi, 9-10 оydа rаspоshоnkа o’rnigа ko’ylаk, pоlzunki o’rnigа kаlgоtkа kiydirilаdi.
Maqsad. Yotish sharotini yaxshilash (davo chora-tadbirlaridan biri);
yotoq yaralarni oldini olish; bemorni shaxsiy gigiyenasiga rioya qildirish.
Ko‟rsatma. Bemorni yotoq rejimi.
Kerakli anjomlar. Toza, katta, tikinsiz choyshab; toza ko‘rpajild, ikkita
yostiqjild.
Bajarish texnikasi:
Og‟ir bemorni o‟rin-ko‟rpasini almashtirishni bo‟ylama usuli:
- bemorni yon tomonga bura olishda qo‘llaniladi
1. Toza choyshabni 2/3 qismini uzunasiga valik qilib o‘raladi.
2. Ko‘rpa olinadi, bemor boshi sekin ko‘tariladi va yostiq olinadi.
3. Bemorni yuzini teskari tomonga qilib yon tomonga aylantiriladi.
4. Bo‘shagan sohadagi eski choyshab krovat o‘rtasigacha o‘raladi (bemor
ostigacha).
5. Bo‘shagan sohaga valik qilib o‘rab tayyorlangan toza choyshab yoyiladi.
6. Bemorni yuzini o‘zimizga qaratib boshqa tomonga aylantiriladi.
7. Bo‘shagan sohadan eski choyshab to‘liq olinadi va toza choyshab yoyiladi,
chetlari tortilib hamma tomondan to‘shak ostiga tiqiladi.
8. Bemor chalqancha yotqiziladi, toza yostiqjildli yostiqlar qo‘yiladi.
9. Ko‘rpajild almashtiriladi, bemor ko‘rpa bilan o‘raladi.
Og‟ir bemorni oqliklarini almashtirishni ko‟ndalang usuli:
- primenyaetsya, kogda patsiyenta nel‘zya povernut‘ na bok, no mojno posadit‘
ili pripodnyat‘ verxnyuyu chast‘ tulovisha (rasm.2).
1. Choyshab yumaloq qilib kengligi bo‘yicha 2/3 qismda o‘raladi.
2. Kichik tibbiy xodimdan bemorni ko‘tarish so‘raladi, bemor yelka va kuraklar
sohasidan ushlagan holda.
3. Yostiq olinadi, eski choyshab yumaloq qilib bemor orqa sohasigacha
o‘raladi.
4. Toza choyshab yumaloqlanadi va bemor orqa sohasiga o‘raladi.
5. Yostiqqa yangi yostiq jild kiygiziladi va bemor yotqiziladi.
412
6. Kichik tibbiyo xodimdan bemor tos sohasini ko‘tarish so‘raladi.
7. Eski choyshab o‘rab oyoq sohalarigacha olinadi va o‘rniga yangi choyshab
yoyiladi, bemor yotqiziladi.
8. Kichik tibbiy xodimdan bemor oyoqlarini ko‘tarish so‘raladi.
9. Eski choyshab o‘rab olinadi va o‘rniga yangi choyshab yoyiladi, bemor
yotqiziladi.
10. Yangi choyshab hamma tomondan to‘shak ostiga tiqib chiqiladi.
11. Ko‘rpajild almashtiriladi, bemor o‘rab qo‘yiladi

Download 17.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling