Yoshlar faolligini oshirishda


Download 21.3 Kb.
bet1/6
Sana02.01.2022
Hajmi21.3 Kb.
#187317
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
YOSHLAR FAOLLIGINI OSHIRISHDA


YOSHLAR FAOLLIGINI OSHIRISHDA

O'ZBEKISTON YOSHLAR ITTIFOQINING O'RNI.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti  Shavkat Mirziyoyev  2017 yil 30 iyun kuni “Kamolot” YoIH ning IV- Qurultoyida ishtirok etdi. Bu Qurultoyda davlat tomonidan yoshlarga qaratilayotgan e’tibori va yoshlarning davlat kelajagiga ma’sulyat bilan yondashayotganligi yana bir bor o’z aksini topdi.  Prezidentimiz yoshlarning erishayotgan yutuqlari bilan o’zbek xalqi faxrlanishini ta’kidlab, yoshlarni qiynayotgan muammolarga to’xtalib o’tdi.

Qurultoyda yoshlarning madaniyatini boyitish, intellektual salohiyatini oshirish,  dunyoqarashini yanada kengaytirish, o’sib kelayotgan yoshlarni o’z mutaxassisligi bo’yicha tayyorlash, ularni rahbar sifatida shakllantirib borish va eng asosiysi yoshlarda vatanga bo’lgan muhabbatini yanada kuchaytirish  masalalari dolzarb mavzu sifatida qo’yildi. 

Qurultoyda “Kamolot” YoIH ni tubdan isloh etish, uning faoliyatini yanada kengaytirish, yoshlarni keng miqyosda jalb etish, yoshlarning  ta’lim-tarbiya olishi uchun munosib sharoit yaratib berishga ko’maklashish, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda har tomonlama barkamol shaxslar bo’lib yetishishiga munosib hissa qo’shish  maqsadida Prezidentimiz tashabbusi bilan “Kamolot”  YoIH negizida  “Yoshlar Ittifoqi” yoshlar  tashkiloti ta’sis etildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 30 iyun kunini “Yoshlar kuni” deb e’lon qildi. “Xo’sh, Yoshlar  Ittifoqi vatanimiz ravnaqi yo’lida yoshlar uchun qanday imkoniyatlarni  bera  oladi  va  qanday vazifalarni bajaradi?” degan savol har bir yurtdoshimiz ko’nglidan o’tgan bo’lsa ajab emas.

  Hozirda Yoshlar Ittifoqiga yoshlar o’z qobiliyatidan  kelib chiqqan holda va o’z xohishlari bilan yoshlar tashkilotiga ilk qadamlarini qo’ymoqda. Bunda yoshlar qamrovi cheklanmagan holda, O’zbekistonning  barcha  yoshlarini jalb qilish, yoshlarga o’z yo’lini tanlashda ko’maklashish,  ularga moddiy  va ma’naviy yordamlashishni o’zining asosiy vazifalaridan biri qilib qo’ydi. Yurtimizdagi har bir yosh ularga berilayotgan imkoniyatlardan chetda qolmasligi shart.

Bugungi kunda aholining 60 foizdan ortig’ini ulkan imkoniyatlarga ega bo’lgan yoshlar tashkil qiladi. Ayniqsa, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tashabbusi bilan O’zbekiston Yoshlar Ittifoqini yaratish va 30 iyun kuni Yoshlar kuni deb e’lon qilinishi uning hayotida muhim ahamiyat kasb etadi.

O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi- bu davlat yoshlar siyosatini izchil va samarali amalga oshirish, yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvatlash, keng jamoatchilik, birinchi navbatda yoshlar vakillarining fikr va takliflarini inobatga olgan holda, ularnng huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini tubda isloh qilish bilan shug’ullanadigan yoshlar tashkiloti.

O’zbekiston Yoshlar Ittifoqining asosiy maqsadi zamonaviy, ma’rifatli, ma’naviy va intellektual rivojlangan, baqquvat, aql-idrokni namoyon etish, uning xatti-harakatlari bilan misol bo’la oladigan,tashqi xavf-xatarlarga qarshi turishga qodir yosh yigit-qizlarni tarbiyalash. O’zbekiston Yoshlar Ittifoqiga 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasining rivojlanish strategiyasini amalga oshirish doirasida bo’layotgan islohotlar jarayonida yoshlarning faolligini oshirish uchun bir qator yangi muhim vazifalar topshirildi.


Download 21.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling