Mundarija: Kirish Asosiy qism


Download 86.34 Kb.
bet1/15
Sana15.11.2023
Hajmi86.34 Kb.
#1775734
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Informatika ta\'limda o\'quvchilar faolligini oshirishda pedagogik texnologiyalarni loyihalash


Informatika ta'limda o'quvchilar faolligini oshirishda pedagogik texnologiyalarni loyihalash
Mundarija:
Kirish
Asosiy qism
I bob Informatika ta'limda o'quvchilar faolligini oshirish texnologiyalari
1.1 Informatika o‘quvchisining pedagogik faoliyatini loyihalashtirish.
1.2 Informatika darslariga o'quvchilar bilimini nazorat qiluvchi texnologiyalar.
2 bob Informatika o‘qituvchisining pedagogik faoliyatini loyihalashtirish.
2.1 Informatika fanlariga oid interfaol metodlar, grafik organayzerlar va strategiyalar yaratish.
2.2 Informatika fanlaridan pedagogik texnologiyalarni loyihalashtirish.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
Informatika o‘qituvchisini tayyorlashda modul texnologiyasi maqsadini ro‘yobga chiqarish uchun modul bosqichma-bosqich amalga oshirilib, har bir harakatga o‘quv elementi sifatida qaraladi. Modul texnologiyasi o‘quv elementi o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi:
1. Faoliyatning aniq elementlarini o‘rgatish bilan bog‘liq bo‘lgan nazariy va amaliy axborotlar: ma’ruza matni, amaliy va laboratoriya topshiriqlari,
2. Ta’lim uchun zarur bo‘lgan faoliyatni ta’minlovchi materiallar haqidagi ma’lumotlar: darsliklar, o‘quv, uslubiy qo‘llanmalar, ko‘rsatmalar, slaydlar, umumiy holda o‘quv materiallari;
3. O‘quv sharoitini nazorat qilish: turli darajadagi testlar, mustaqil ish topshiriqlari, loyihalar tuzish va boshqalar.
Modul ta`limiga o`tish murakkab jarayon bo`lib, muayyan harakatlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish uning samarali kechishini ta`minlaydi. Quyida ana shu bosqichlar va ularning mohiyati to`g`risida so`z yuritiladi.
Ishning dolzarbligi. Informatka ta’limida pedagogic texnologiyalarga o`tishning birinchi bosqichida alohida o`quv bo`yicha quyidagi materiallar tayyorlanadi:
- ishchi o`quv dasturi;
- ixchamlashtirilgan va kodlashtirilgan ma`ruza matnlari;
- o`quv-ilmiy adabiyotlar ruyxati;
- atamalarning izohi lug`ati;
- o`quv-uslubiy tarqatma materiallar;
- individual ishlar uchun topshiriqlar;
- mustaqil ta`lim uchun topshiriqlar;
- tinglovchi (talaba)lar bilim, ko`nikma va malakalarini nazorat qilish uchun testlar, sinov topshiriqlari.

Download 86.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling