Mundarija: Kirish Asosiy qism


Ta`limning faol usullarini tanlash ko’nikmasiga egalik darajasi


Download 86.34 Kb.
bet14/15
Sana15.11.2023
Hajmi86.34 Kb.
#1775734
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Informatika ta\'limda o\'quvchilar faolligini oshirishda pedagogik texnologiyalarni loyihalash

7. Ta`limning faol usullarini tanlash ko’nikmasiga egalik darajasi.
Bunda ta`limning faol samarali usullari tadqiqot manbai va maqsadiga mos tanlanadi hamda shu asosidagi YaPT joriy etilib, rejalashtirilgan natijaga erishishning optimal varianti kafolatlanadi.
8. Ta`lim jarayonida dunyoviy bilim asoslarini tadbiq qila olishi.
Bunda har qanday fanni o’qitishda ham dunyoviy va diniy ilm natijalaridan foydalanish mumkin. Ular ta`limda ijobiy sifat o’zgarishlari qilib, yuqori samaradorlikka erishishni kafolatlaydi. Ayniqsa Markaziy Osiyoda yashab ijod etgan qousiy olimlarimiz bugungi kunda Er kurrasidan tortib Samogacha ma`lum va mashhurdir, ya`ni ulug’ allomalarimiz Al-Farg’oniy va Mirzo Ulug’beklar nomiga Osmondagi yulduzlardan ikkitasining nomi qo’yilgan.
Ta`lim mazmunini takomillashtirish o’qituvchining bilimi, pedagogik texnika va pedagogik texnologiyalarni ta`lim-tarbiya tizimiga qay darajada qo’llay olish mahorati bilan uzviy bog’liq ekanligini avvalgi mavzularda ko’rib o’tdik.
O`qituvchining kasbiy faoliyati samarasi O’quvchilar tomonidan egallangan bilim, ko’nikma va malakalarda o’z ifodasini topadi. O’quvchining mustaqil faoliyati uning erkin fikri asosida mantiqiy tafakkurning qay darajada rivojlangani bilan bog’liq. Bunda: "o’quv-bilish jarayonidagi mustaqillik", "ta`lim-tarbiya jarayonidagi faollik", "ijodiy qobiliyatning rivojlanganlik darajasi" O’quvchi bilimini nazorat qilish va baholash texnologiyasining asosiy mezoni hisoblanadi. Bu ko’rsatkich O’quvchini bo’lajak o’qituvchi sifatiga xos bo’lgan shaxsiy va kasbiy xislatlarini ham o’z ichiga qamrab olishi lozim. Demak, O’quvchi shaxs sifatida va bo’lajak o’qituvchi sifatida qay darajada shakllangan hamda uning shaxsiy va kasbiy xususiyatlarida uzaro uyg’unlik bormi, degan savolga javob O’quvchi faoliyatiga qo’yilgan baho hisoblanadi.
O’quvchilar bilimini nazorat qilish va baholash aksariyat hollarda ta`lim jarayoniga xos qaytar aloqa vositasi sifatida qaraladi. Bunda bo’lajak mutaxassisning shaxsiy va kasbiy xislatlari qay darajada shakllanib kelayotganligiga e`tibor berilmaydi. Bu xususiyatlarning nazardan chetda qolishi raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga bo’lgan e`tiborsizlikka olib keladi.

Xulosa
Xulosa qilib aytganda olib borilgan tadqiqot davomida biz yetuk olimlar fikrlarini o‘rgangan holda umumlashtirish tizimni loyihalashtirilishi ikkita qismdan tashkil topishini anglab yetdik. Ular:

  1. Pedagogik vazifani belgilab olish:

  • o‘quv mavzusi(fanini) mazmuniga asosan tahlil etib, maqsadni belgilab olish;

  • o‘quv mavzusi (fanini) mazmuni tuzilishini o‘quv elementlari ko‘rinishida tizimlashtirish;

  • o‘quv elementlari o‘zlashtirish darajalari ketma-ketligini belgilash;

  • talabalarning bilimini boshlang‘ich darajasini aniqlab, o‘quv mavzusi (fanini) mazmuni bazasida o‘quv materiallarini tayyorlab olish.

  • mavjud o‘quv materiallari bazasida ta’limni tashkil etish sohalarini belgilash(qaysi mazmunni, qanday o‘quv materialidan foydalanib, qanaqa holatda, qancha vaqtda o‘qitishni tashkil etish)

Didaktik jarayon (o‘qituvchi faoliyati)ni ta’lim shakliga mos metod va vositalardan foydalanib tashkil etish loyihasini ishlab chiqadi.Ta’limning shakli o‘quv rejalarida ilgaridan belgilab qo‘yilib, ta’limning metodi va vositalari yordamida talab etilgan maqsadga erishish mumkin. Ta’limdagi zamonaviy metodlarining asosiy qismini bu pedagogik texnologiyalar, vositalarning asosiy qismini esa axborot texnologiyalari tashkil etadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, metodik tizimni loyihalashda quyidagilar zarur deb hisoblaymiz:

Download 86.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling