Mundarija: Kirish Asosiy qism


Ta’lim vositalarini loyihalashtirish


Download 86.34 Kb.
bet10/15
Sana15.11.2023
Hajmi86.34 Kb.
#1775734
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Informatika ta\'limda o\'quvchilar faolligini oshirishda pedagogik texnologiyalarni loyihalash

Ta’lim vositalarini loyihalashtirish. Ta’lim jarayonini amalga oshirishga yordam beruvchi, o‘quv materialini ko‘rgazmali taqdim etish, o‘rganish, shu bilan birga ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi vositalar ta’lim vositalari bo‘lib, o‘qituvchi dars mazmunining qaysi qismini, qanaqa vositadan foydalanib, qanday yetkazib berilishini loyihalaydi.
O‘qituvchi tomonidan tayyorlanadigan loyihalar - dars ishlanmalarida, texnologik xaritalarda, o‘quv-uslubiy majmualarda o‘z aksini topadi.
Informatika o‘qituvchisining pedagogik va ATni, ulardan foydalanishni bilishi, g‘oyaviy boyligi, kasbiy mahoratining yuqori darajadaligi ta’lim jarayonini loyihalashtirish va tashkil etishda yetakchi o‘rinni egallaydi.
Ta’lim jarayonining loyihasi texnologik xaritalarda o‘z o‘rnini topadi. Darsning texnologik xaritasi dars darayonining har bir bosqichida o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyatining vaqt meyorlari bo‘yicha taqsimlanishini belgilash uchun ishlatiladi.
Bugungi kunda zamonaviy dars loyihasini tuzish muammo hisoblanadi. O‘qituvchi darsga tayyorlanish jarayonida DTS talablarini ro‘yobga chiqarish uchun qanday asosiy holatlarni hisobga olishi lozim?
Menimcha, ta’lim jarayonidagi barcha ishtirokchilar o‘rtasidagi o‘zaro faoliyatni, hamkorlikni rejalashtirishning zamonaviy shakli, zamonaviy darsning eng yaxshi ifodasi texnologik xaritada o‘z aksini topadi.
Texnologik xarita o‘qituvchi uchun quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:

  • o‘quv jarayonida fanni o‘rganish, o‘zlashtirish uchun o‘quv materiallarini bir butun, tizimli, loyiha ko‘rinishida ifodalash;

  • ilgaridan ko‘zlangan maqsadga erishish uchun amalga oshiriladigan faoliyatni ketma-ket ifodalash, darsning barcha qismlarini mukammal rejalashtirish;

  • o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatini muvofiqlashtirib borish;

  • pedagogik faoliyat subyektlarini bir vaqtdagi barcha harakatlarini moslashtirish, turli variantlaridan eng maqbulini tanlash;

  • ta’lim jarayonida o‘quvchilarni mustaqil ishlash faoliyatiga undash;

  • DTSda aks etgan rejalarni amalga oshirish;

  • mavzu va mavzu qismlari bo‘yicha o‘quvchilarni aniq, unumli o‘quv faoliyatiga undash;

  • mavzuni o‘zlashtirish jarayonida maqsaddan toki oxirgi natijagacha ish jarayoni ketma-ketligini loyihalashtirish;

  • mavzuni o‘zlashtirishning har bir bosqichida o‘quvchilar o‘zlashtirishini rejalashtirish va loyihalashtirish;

  • ta’lim natijalarini qo‘yilgan maqsadga mosligini aniqlash;

  • ta’lim sifatini oshirish.

O‘qituvchi tomonidan tuzilgan darsning texnologik xaritasi quyidagi savollarga javob berishi lozim:

  1. Qanday faoliyatlarni amalgan oshirish lozim;

  2. Dars qanday bosqichlardan tashkil topadi;

  3. Dars bosqichlariga qancha vaqt ajratish lozim;

  4. O‘quvchilar qanday faoliyatlarni amalga oshiradilar;

  5. Darsning har bir bosqichi qanday natija berishi lozim;

Darsda qanday vosita, qaysi pedagogik texnologiya, metod va qanaqa ta’lim texnologiyalaridan foydalaniladi va h.k.
Darsning bosqichlari dars turlariga qarab ajratiladi. Bizga ma’lumki, darsning:

  1. Yangi mavzuni o‘zlashtirish darsi;

  2. Mustahkamlash darsi;

  3. Takrorlash va umumlashtirish darsi;

  4. Nazorat va baholash darsi

  5. Aralash dars;

  6. Xatoliklar bilan ishlash va h.k.turlari mavjud

Yuqoridagi dars turlariga qarab, dars bosqichlari quyidagicha bo‘lishi mumkin:

  • Kirish qism;

  • Tashkiliy qism;

  • O‘quvchilarni faollashtirish;

  • Yangi bilimlarni egallash;

  • O‘tilgan mavzuni mustahkamlash;

  • O‘rganilganlarni nazorat qilish;

  • O‘rganilganlarni qo‘llash;

  • Umumlashtirish va tizimlashtirish;

  • Nazorat va o‘z-o‘zini nazorat;

  • Kamchiliklarni tuzatish (korreksiya);

  • Uyga vazifa berish;

  • Mashg‘ulotni yakunlash va h.k

Darsning texnologik xaritasi:

  • o‘quv jarayonini DTS talablariga mos rejalashtirish;

  • o‘qituvchi faoliyati natijalarini ko‘rsatish

  • yosh o‘qituvchilarga metodik yordam berishni ta’minlaydi.

Bugungi kungacha pedagoglar uchun texnologik xaritani yagona formasi mavjud bo‘lmay, xilma-xil ko‘rinishlardan foydalaniladi.
Har qanday loyihalashtirilgan dars yakunida o‘qituvchi quyidagi natijaga erishishi kerak:

  1. O‘quvchilarda fanga xos bilimlarni egallashiga;

  2. Fanlar aro aloqa, integratsiya, metapredmetlikni vujudga keltirishga;

  3. Shaxsiy fazilatlarni shakllantirishga.

Informatika fani o‘qituvchisining o‘quv jarayonida o‘quv faoliyatini olib boradi. O‘quv faoliyatini loyihalashtirishdan maqsad shundaki informatika o‘qituvchisi:

  • o‘quv faoliyatini mustaqil tashkil etishga,

  • o‘z xohishlari bilan bilimlarni har xil manbalardan qidirib topishga;

  • ilgari egallagan bilimlarni amaliy jarayonda qo‘llashga;

  • ilmiy tadqiqotchilik mahoratlarini shakllantirishga;

  • o‘qituvchilik faoliyatini tashkil etishda mustaqil qaror qabul qilishga;

  • turli o‘quv faoliyatlarida qobiliyatlarini namoyon etishga o‘rganadilar

Shuningdek, muammolarni aniqlash, bartaraf etish mahorati, axborot yig‘ish, kuzatish, sinash, tahlil qilish, faraz qilish, umumlashtirish, tizimli fikrlash kabi qobiliyatlar shakllanadi.
Informatika ta’limi jarayonida innovatsion pedagogik faoliyatni amalga oshirish metodikasi. Uzluksiz ta’lim tizimida innovatsion pedagogik faoliyatni amalga oshirish bir necha usullarda olib boriladi.Ularga biz quyidagilarni kiritishimiz mumkin:

  • dars jarayonida innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish;

  • o‘quvchilarni shaxsiy portfolioni tashkil etishga o‘rgatish;

  • mavzuni yoritishda muammoli bayon etish usulidan foydalanish;

  • ta’lim jarayonidada tadqiqot va loyihaviy usullardan foydalanish;

  • o‘quvchilarni ijodkorlikka, amaliy faoliyatga yo‘naltirib o‘qitish;

  • qiyin o‘zlashtiriladigan mavzularni vizuallashtirib o‘qitish va h.k.

Dars jarayonida innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish. Innovatsion pedagogik texnologiyalar aynan ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchi(talabalar)ga muayyan fan (mavzu) bo‘yicha bilim berish va shaxsini shakllantirishga qaratilgan o‘qitishning zamonaviy usullari, texnologiyalari va vositalari majmuidir. Ta’limda innovatsion pedagogik jarayonlarni biz pedagogik yangilik(g‘oya)ni yaratish, idrok etish, o‘zlashtirish, qo‘llash va baholanishi lozim bo‘lgan boshqariluvchi jarayon sifatida ko‘rishimiz mumkin. Haqiqatan ham pedagogik faoliyatimizda biror-bir yangilik(g‘oya, metod, usul yoki yondashuv)ni qo‘llamoqchi bo‘lsak, avvalo u yaratilgan bo‘ladi yoki o‘zimiz yaratamiz, keyin uni idrok etamiz, yoki yaxshilab o‘zlashtirib olamiz, undan keyin uni faoliyatimizda qo‘llaymiz-da, uning qanchalik samarali ekanligini baholaymiz. Bugungi kunda juda ko‘p ishlatiladigan pedagogik texnologiyalarni qaraydigan bo‘lsak, ularga:

  1. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyasi.

  2. Hamkorlik ta’limi texnologiyalari.

  3. Loyihaviy ta’lim texnologiyalari.

  4. O‘yinli ta’lim texnologiyasi.

  5. Muammoli ta’lim texnologiyasi.

  6. Modulli ta’lim texnologiyasi.

  7. Dasturlashtirilgan ta’lim texnologiyasi.

  8. Integratsiyali ta’lim texnologiyasi.

  9. Interfaol ta’lim texnologiyasi.

  10. Masofali o‘qitish texnologiyalari va h.k.

Dars jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish juda katta sohani qamrab olib uning tarkibiga:

  • asosiy va qo‘shimcha qurilmalari mavjud kompyuter sinflari;

  • internet va tarmoqqa ulangan kompyuterlar;

  • interaktiv doska va multimediali ilovalar;

  • WIFI aloqasi mavjud bo‘lgan elektron o‘quv zallari.

Axborot texnologiyalaridan foydalanishni tashkil etadigan didaktik ta’minotga:

  • boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lgan o‘quv-metodik qo‘llanmalar;

  • o‘rgatuvchi va nazorat qiluvchi elektron ta’lim resurslari;

  • elektron o‘quv-metodik majmua va metodik ko‘rsatmalar;

  • elektron o‘quv modullari (Moodle dasturi kabi);

  • pedagogik dasturiy vositalar va h.k.kiradi.

Boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lgan o‘quv-metodik qo‘llanmalar. Bular elektron shakldagi darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, uslubiy ko‘rsatma, ma’ruzalar kursidan tashkil topadi.
Elektron o‘quv-metodik majmua va metodik ko‘rsatmalar elektron mashqlar to‘plami, boshqariladigan elektron ta’lim resurslari, gipermatn gipermediya, multimediyali vositalar, virtual obyektlar yoki jarayonlar elektron tajriba, elektron lug‘atdan tashkil topadi. Nazorat qiluvchi elektron ta’lim resurslariga elektron testlar, elektron topshiriqlar elektron nazorat (testlashtirish)lar kiradi. Elektron o‘quv modullari (Moodle dasturi kabilar). Ta’limni masofali, noan’anaviy shaklda, elektron ta’lim resurslaridan foydalanib tashkil etish uchun bugungi kunda turli-tuman pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish ta’lim tizimiga kirib kelmoqda. Shaxsiy portfolio bu-shaxs haqida to‘plangan dalillarning tizimli yig‘indisi bo‘lib, unda o‘quvchining shaxsiy yutuqlari muntazam aks etib boradi. Portfolio tarkibiga o‘quvchi haqidagi asosiy ma’lumotlar (kelib chiqishi, oilasi, yaqin kishilari), tashakkurnoma, diplomlar, mukofotlari, tadqiqotlarga, loyihalarga ishtiroki, ijodiy ishlari, referatlari, konferensiya maqolalari o‘rin oladi. O‘quvchilarni shaxsiy portfolioni tashkil etishga o‘rgatish orqali ularga mehnatga muhabbat, yangi bilimlarni egallashga motivatsiya (ichki hissiyotni uyg‘otish) hosil qilish, o‘z mehnatidan ruhlanish, kelgusi kasbini aniqlab olish imkoniyatlarini beradi. Mavzuni yoritishda muammoli bayon etish usuli. Talabalarda ijodiy izlanish, kichik tadqiqotlarni amalga oshirish, muayyan farazlarni ilgari surish, natijalarni asoslash, ma’lum xulosalarga kelish kabi ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga xizmat qiladigan ta’lim muammoli ta’lim deb ataladi. Informatika ta’limida muammoli bayon etish usulidan foydalanishda muammoli vaziyat yaratiladi, vaziyatni tahlil qilish asosida muammo qo‘yiladi, turli farazlarni ilgari suriladi, ulardan biri tanlanib, yechim tekshiriladi.

Download 86.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling