1. Dars bloklari maqsadi va vazifalari to’g’ri aniqlanganligi.
Bunda asosan gumanitar va ijtimoiy fanlar bloki, matematik va tabiiy- ilmiy fanlar bloki, umumkasbiy fanlar bloki, maxsus fanlar bloki va qo’shimcha fanlar bloklaridagi o’quv fanlari mazmuniga qo’yilgan umumiy talablarga e`tibor beriladi.
Dars bloklariga qo’yilgan maqsad va vazifalarni tanlab olingan o’qitish metodlariga mosligi aniqlanadi.
Bunda mavjud YaPT va yaratilishi lozim bo’lgan YaPTlar o’rganiladigan fanlar bloklariga qo’yilgan maqsad va vazifalarga mos bo’lib, tayyorlangan mutaxassislarning kasbiy faoliyatini takomillashtirishga mo’ljallangan bo’lmog’i kerak.
3. Ta`lim berish jarayonida tarbiyani ham amalga oshirilishi ko’zda tutiladi.
Bunda ta`lim va tarbiya uyg’unligiga e`tibor beriladi. Ayniqsa, bo’lajak mutaxassislarning kasbiy fazilatlarini shakllantirish hamda amaliy faoliyatga tayyorlash ta`lim berish jarayoninig asosiy omillaridan biri bo’lmog’i lozim, aks holda ta`limda ham tarbiyada ham yuqori samaradorlikka erishib bo’lmaydi.
4. Mavzuni yoritishda ma`naviy-ahloqiy tarbiyaga e`tibor berish.
Bunda har qanday fanni o’qitishda milliy-ma`naviy qadriyatlarni O’quvchilar ongiga singdirishga e`tibor berish lozim.
5. Darsda YaPT ni qo’llash jarayonida foydalaniladigan metod va vositalarning xilma-xilligi hamda ular ichidan samaralisini tanlash.
Bunda o’rganilayotgan fan(mavzu) xususiyati asosiy rolni o’ynaydi. Fan(mavzu) mazmuni va o’qitish jarayoniga mos YaPT lar to’planadi va ular ichidan pedagogik samarani kafolatlovchisi tanlab olinadi. Tanlash muammosi o’rganilayotgan fan(mavzu) va ta`lim oluvchilarga mos qilib tanlanadi. Aks holda eng samarali hisoblangan YaPT ham ta`lim oluvchining intellektual salohiyatiga mos kelmasa ahamiyatsiz bo’lib qolaveradi.
6. Ta`lim oluvchilarni mustaqil ravishda bilim olishga o’rgatish.
Bunda o’quv rejasidagi mustaqil ta`lim va mustaqil ishlarga hamda ularning o’quv uslubiy ta`minotiga qat`iy e`tibor berilishi lozim. Ayniqsa mustaqil ta`lim olishda O’quvchilarga ta`limning o’quv – axborotli ta`minoti qo’l keladi. O`quv-axborotli ta`minotni har bir fan(mavzuga mos holda tayyorlash mumkin va ulardan foydalanishga O’quvchilarning EHM bilan muloqoti ta`minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |