Yozuv qurollari va ulardan toʻGʻri foydalanish annotatsiya


Download 55.84 Kb.
bet1/2
Sana08.05.2023
Hajmi55.84 Kb.
#1443007
  1   2
Bog'liq
Maqola


YOZUV QUROLLARI VA ULARDAN TOʻGʻRI FOYDALANISH

Annotatsiya: Oʻquvchi dars jarayonida bajariladigan mashqlar oddiy boʻlishi va kam vaqt olishi, ularning jismoniy jihatdan oʻsishiga qoʻl va barmoq muskullarining chiniqishiga, qaddi- qomatlarining toʻliq erkin tutishlariga yordam berishi lozim. Ushbu maqolada ham yozuv qurollari va ulardan toʻgʻri foydalanish haqida soʻz olib boriladi. Shu bilan bir qatorda yozuv qurollari dars jarayonida eng muhim vositalardan hisoblanadi. Shuning uchun ham oʻquvchilarning har biri toʻliq yozuv qurollari bilan taminlangan boʻlishlari lozim.
Kalit soʻzlar: ruchka, husnixat daftari, xattaxta, yozuv daftari, yozuvli koʻrgazma, doska, rangli boʻrlar.
Annotation: The exercises performed by the student during the lesson should be simple and take little time, it should help them grow physically, train the muscles of the hands and fingers, and keep their posture completely free. This article also talks about writing instruments and their proper use. In addition, writing instruments are one of the most important tools in the teaching process. Therefore, each of the students should be provided with a complete set of writing instruments.
Keywords: pen, notebook, stationery, notebook, written exhibition, blackboard, colored chalks.
Oʻquvchilami chiroyli yozishga oʻrgatishda, ularda husnixat malakalarini hosil qilishda yozuv qurollari va materiallarining sifati katta rol oʻynaydi.
Yozuvning chiroyli boʻlishi koʻp jihatdan yozuv quroli va materialiga bogliqdir. Yozuv qurollari va materiallari quyidagilar:
1. Xattaxta.
2. «Toʻg`ri oʻtir» plakati.
3. Alifboning yozma shakli.
4. Haflar alohida yozilgan koʻrgazma.
5. Husnixat daftari.
6. Rangli boʻrlar.
7. Ruchka.
8. Yozuv daftari.
Bola maktabga qadam qoʻygan kundanoq yozuv qurollaridan toʻg`ri foydalanishga, ularni ozoda saqlashga oʻrgatib boriladi.
Oʻqituvchi oʻquvchining yozuv qurollari va materiallarini muntazam nazorat qilib boradi. Dastur talabi boyicha 1-sinf oʻquvchilari uchun yozuv yoli 4 mm, bosh harflar uchun 8 mm bolgan qiya chiziqlari siyrak bolgan 2 chiziqli daftar tavsiya etiladi.
2-4-sinflarda chiziqlari 8 mm 1 chiziqli daftar tutilishi lozim. Kichik harflarning boʻyi 3 mm, bosh harflarning boʻyi 6 mm, raqamlarning boʻyi harflardan 2 marta qisqa boʻladi. 1- sinfning 2-yarim yilligidan dastur talabiga ko`ra ona tili darsining 6-8 daqiqasi husnixatga ajratiladi. 1-2-sinfda husnixat uchun maxsus alohida darftar tutiladi, 3-4-sinflarda ona tili daftariga yozadilar.
1-2-sinflarda foydalaniladigan daftarda qiya chiziqlar orasidagi masofa 30 mm va qiya chiziqlarsiz kichik harflar yoziladigan parallel chiziqlar orasidagi masofa 4 mm ga teng boʻlgan ikki chiziqli daftar tavsiya etiladi.
Qiya chiziqlari siyrak boʻlgan ikki chiziqli darftarda yozish oʻquvchilarda harflarning eni va ular orasidagi masofani, harflarning qiyaligini koʻz bilan chamalash imkoniyatini beradi.
1-sinfdan boshlab husnixat daqiqasida sana va oy yozdiriladi. Xat boshidan yozish, daftar hoshiyasiga rioya qilish, mavzu (Kichik osti ilmoqli element), yozuv materialini yangi qatordan yozish kabi ko`nikmalar shalllantiriladi.
Daftadga grafik va orfografik xatolarni toʻg`irlash yoʻli oʻrgatiladi. Grafik xatolarning tagiga chizish, orfografik xatolarning ustiga qisqagina chiziq tortib, ustiga to`g`risini yozishga o`rgatiladi. Daftar uy vazifasi berilgach, yig`ib olinadi, tekshiriladi va baholanadi. 3-4- sinflarda husnixat materiallari ona tili daftariga yozdiriladi.

Download 55.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling