Zakovat savollari to‘plmi
Download 49.16 Kb.
|
Zakovat savollari to‘plmi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 92 – hamshiralar 99 – ayollar 02 – qariyalar 08 – yoshlar Diqqat savol: 21 bilan bog`liqni to`liq yozib bering!
Zakovat savollari to‘plmi Zakovat savollari to‘plmi 1-savol: Agar uni 6 qismdan iborat deb bilsak, dastlabki 2 qismi eng faol va keng tarqalganidir. Ba`zilar esa uning 1-qismi bilangina cheklanib qolayotgani achinarli holat. Uning to`liq 6 ta qismi kelishi eng maqbulidir. Siz menga uning dastlabki ikkita qismini yozib bersangiz yetarli. Javob: Assalomu alaykum. 2-savol: “Uy ishlari uchun g`oyalar” nomli jurnalda bu ishni qilishda jarohat olishni xohlamasangiz, oddiygina kir qistirgichdan foydalaning deyiladi. Qaysi ishni qilishda undan foydalangan maqul? Javob: Mix qoqish! 3-savol: Tibet afsonasi. Bir tabib yuqori darajaga erishmoqchi bo`ladi. Ustozlari unga hech qanday shifobaxsh xususiyatga ega bo`lmagan giyohni topib kelishni shart qilib qo`yishadi. Tabib bir necha oydan so`ng qaytib keladi va yuqori darajaga erishadi. U nima topib kelgan? Javob: Hech nima! 4-savol: Rossiyaning chekka o`lkalarida do`konlarda turli parazit jonzotlarga qarshi kurashish uchun dori sotila boshlaydi. Do`kon egalarini hayron qoldirgani bu dorini boshqa maqsad yo`lida ko`proq sotib olishayotgani edi. Bu doridan nima maqsadda foydalanishgan? Javob: Bo`r! 5-savol: Tarqatma material
Javob: Yoshlarni qo`llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili! 6-savol: Bir kompaniya bolalarning tashqarida o`ynaladigan harakatli o`yinlarni kam o`ynayotganidan xavotirda ekanligini, bu bolalarning sog`ligiga salbiy ta`sir qilishini ma`lum qilib, 33 ta tashqarida qilinadigan mashg`ulotlarni nashrdan chiqaradi. Bu mashg`ulotlar orasida chuvalchang qazib olish, maysazorda velosiped poygasi o`ynash kabilar bor. Diqqat savol: Bu kompaniya nima ishlab chiqaradi? Javob: Kir yuvish vositalari. Kompaniya – Persil. 7-savol: Bu kasbning ruscha variant aldamoq so`zidan kelib chiqqani bejiz emas. Chunki bu kasb egalari aldashni qoyillatmasa bo`lmaydi. Qaysi ruscha so`z haqida gap ketmoqda? Javob: Vrach. Vrat so`zidan kelib chiqqan. 8-savol: Amerikalik bir o`spirin do`kondan rangli qog`ozlar to`plamini sotib oladi. Keyin esa boshqa joyga borib Uni sotib oladi. Oqibatda u qotilga aylanadi va sud qilinadi. U boshqa bir turdagi do`kondan nima sotib olgan? Javob: Buqalamun. 9-savol: Uni asosan shaharlarda ko`rasiz. U insonlar uchun qulaylikdir. Biz uni qisqa qilib bir yovvoyi hayvon nomi bilan ataymiz. Inglizlar esa bu joyni biz ataydigan hayvon nomi bilan emas, balki panda so`zi orqali ifodalashar ekan. Siz menga u qanday joy ekanligini emas, biz qaysi hayvon nomini ishlatishimizni ayting. Javob: Zebra. Inglizlar panda-crossing deb ataydi. 10-savol: Qiziq odatlarimiz bor. Avvallari yoshi katta insonlar asosan yosh o`g`il bolalarni boshini tandirga tiqayotganini ko`p ko`rish mumkin edi. Bolakaylar qaysi qilgan aybi uchun mana shu ish qilingan? Javob: O`sma qo`ygani uchun! 11-savol: Aslida juda yuqori daromad manbaiga ega bo`lmagan yoki juda obro`li hisoblanmaydigan bu kasbning qiziq bir ustunligi bor ekan. Ular har kuni turli tuman ovqatlar yeyish imkoniga ega, bunday turli tuman ovqatni har kuni dasturxonga tortish uncha muncha boyning ham qo`lidan kelmaydi axir. Bu qaysi kasb? Javob: Cho`pon. U oshhalolga turli ovqatlar oladi. 12-savol: “Gulliverning sayohatlari” asari muallifi Jonatan Svift bir golland bilan uchrashgan degan faraz bor. O`sha gollandning familiyasini yozib bering! Javob: Antuan Levenguk. U mikroskop ixtirochisi. 13-savol: Shogirdlari har kuni Pifagorga o`tin, gullar va katta idishda dengiz qumidan olib kelishardi. Bu qum nega kerak bo`lgan? Javob: Chizmalar chizish uchun! 14-savol: Bu aka-ukalar minglab kilometrlarga cho`zilgan safda turishadi. Bu aka-ukalar bir-biriga boylab qo`yilgan. Ulardan birontasi yerga qulasa, ko`z oldingiz qorong`u bo`lishi aniq. Ular nimalar? Javob: Elektr stolbalari. 15-savol: Yapon xalqida bir qiziq odat bor. Chaqaloqlar ma`lum yoshga yetganida ularni bir sport turi ustalariga olib borishadi. Bu sportchilar chaqaloqni qo`liga olib unga qarab turishadi va chaqaloq yig`lashini kutishadi. Qaysi sport turi vakillari? Javob: Sumo. 16-savol: Bir ingliz teatrida fokuschi pardani yoqib yuboradi. Hamma vahimaga tushib u yoqdan bu yoqqa yugura boshlaydi. Shunda muammoni orkestr dirijyori hal qiladi. Qanday qilib? Javob: U madhiya musiqasini chaladi. 17-savol: Bu yozuvchining noodatiy bosh kiyimi bor. U aniq bir rangga ega afsonaviy mavjudotdan transport vositasi sifatida foydalangan. Keyinchalik bu mavjudotni halok qilgan. Shu uch ma`lumotni jam qilib yozuvchining kimligini ayting. Javob: Xudoyberdi To`xtaboyev. “Sehrli qalpoqcha”, “Sariq devni minib”, “Sariq devning o`limi” 18-savol: Shaxmatning turli xillari bor. Ba`zilarida biz bilgan qoidalar ishlamaydi. Shunday noodatiy shaxmat turlaridan birida sipohlardan biri raqib sipohining orasidan o`tib ketadi. Bu sipohga mashhur biro limning nomini berishgan. Qaysi olim? Javob: Rentgen. 19-savol: O`zbek xalq topishmoqlaridan biri. Ortib achchiq qizil meva, Oq dengizda suzar kema. U nima? Javob: Dazmol. 20-savol: Odam ro`zador bo`lsa, belgilangan muddatda biron nima iste`mol qilmasligi kerakligini bilasiz. Lekin dinimizda ular haqida ro`zador og`zi bilan ham go`sht yeydiganlar degan gap bor. Kimlar haqida? Javob: G`iybatchilar. 21-savol: Chingiz Aytmatov yashaydigan ovulda bu ishni qilish tabiiy hol, odat edi. Agar bu savolga bola javob berolmasa, ota-onasi qattiq uyaltirilgan. Fin maktablarida esa bu ishni qilish qat`iyan taqiqlangan, faqat ba`zi holatlarda ruxsat beriladi. Nima ish qilish? Javob: Bolaning ota-onasi kimligini so`rash! 22-savol: “Arsenal” ishtirokidagi o`yinlardan birida kelib chiqishi turk bo`lgan futbolchi Mesut O`zil burchak to`pini amalga oshirayotgandi. Shunda raqib jamoa muxlislaridan biri unga bir narsa uloqtiradi. O`zil bu narsani qo`liga olib, uch marta bir ishni qiladi. Diqqat savol: Unga nima uloqtirishgan? Javob: Non. 23-savol: Mashhur bu aktyor bir filmda rol o`ynaganidan keyin o`z boshiga balo orttirib oladi. U qayerga ijodiy uchrashuvga borsa, uning oldiga ovqatlarni qalashtirib tashlashardi. Bu esa unga juda malol kelardi. U qaysi filmda rol o`ynagan? Javob: “Mahallada duv-duv gap”. 24-savol: Tarqatma material:
Download 49.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling