Zamonamiz qahramonlari


Download 14.6 Kb.
Sana11.10.2023
Hajmi14.6 Kb.
#1698645
Bog'liq
эссэ 31


“Zamonamiz qahramonlari”
mavzusida esse

Davlatimiz rahbarining 2017 yil 3 avgustdagi mamlakatimiz ijodkor ziyolilari bilan uchrashuvidan soʻng Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan hayotning barcha jabhalarida fidoyilarcha mehnat qilayotgan zamondoshlarimiz badiiy mukammal obrazlarini yaratish, bugungi ulugʻvor bunyodkorlik ishlarini tarix zarvaraqlariga muhrlash maqsadida “Taraqqiyot strategiyasi va zamonamiz qahramoni” ijtimoiy loyihasi eʼlon qilingan edi.


Ushbu loyiha doirasida Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan Qoʻchqor Norqobilning “Bu yerlarda hayot boshqacha”, Isajon Sultonning “Hazrati Xizr izidan”, Luqmon Boʻrixonning “Titrayotgan togʻ”, Abduqayum Yoʻldoshevning “Osmon ogʻushi” asarlari chop qilindi.
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida oʻtkazilgan mazkur kitoblar taqdimotida mamlakatimizda adabiyot rivojiga berilayotgan eʼtibor natijasida xalqimiz hayoti va tafakkuriga, qadriyatlariga yaqin asarlar yaratilayotgani taʼkidlandi.
“Zamonamiz qahramoni” turkumida chop qilingan asarlar syujeti, obrazlari taqdiri turlicha boʻlsa-da, ularni vatanparvarlik, fidoyilik, davlat va jamiyat hayotiga daxldorlik hissi bilan yashash, mehnatsevarlik, tinchlik va taraqqiyotga halol xizmat qilish kabi ulugʻvor gʻoyalar ilgari surilgani birlashtirib turadi.
Download 14.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling