Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
Sana23.04.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1383660
Bog'liq
ch



Zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari
.
Reja:
1. Axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarining rivojlanish istiqbollari
2. Zamonaviy informatikaning dolzarb
muammolari
3. Axborot texnologiyalarining
boshqaruv tizimlari.


Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanish istiqbollari
Mamlakatimizda 26-30 sentabr kunlari “InfoCom-2011” axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi bo‘lib o‘tadi. Mazkur tadbir
2004 yildan buyon har yili sentabr oyining oxirida o‘tkazib
kelinmoqda. U sohani takomillashtirishga qaratilgan qator
tadbirlarni o‘z ichiga oladi. An’anaviy haftalik mutaxassislarda ham, 
ko‘p sonli axborot texnologiyalaridan foydalanuvchilarda ham katta
qiziqish uyg‘otmoqda.


• . 
3
Mamlakatimizda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida
ijtimoiy-iqtisodiy, shu jumladan, axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari (AKT) sohasida keng ko‘lamli islohotlar amalga
oshirilayotir. Davlatimiz rahbarining 2002 yil 30 mayda qabul
qilingan “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish
to‘g‘risida”gi farmonida axborot hamjamiyatini shakllantirish
masalalari o‘z ifodasini topgan. Shu asosda axborot makonini
kengaytirish bo‘yicha turli tadbirlar ishlab chiqilib, izchil amalga
oshirilmoqda.
O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligidan O‘zA
muxbiriga ma’lum qilishlaricha, haftalik O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Abort va
kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi, 
Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi
kengash, O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi, 
O‘zbekiston axborot texnologiyalari korxona va tashkilotlari
uyushmasi tomonidan tashkil etilmoqda.


4
InfoCom-2011” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
haftaligi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida
bo‘lib o‘tadigan “ITPA-2011” O‘zbekiston-Koreya xalqaro
konferensiyasi bilan boshlanadi.
Haftalikning dastlabki kunida poytaxtimizdagi Yoshlar ijod
saroyida UZ milliy domeni internet-festivali g‘oliblarini
mukofotlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Tanlov dasturi 
mavzuga oid 13 va 2 maxsus nominatsiyani o‘z ichiga
olgan. 27 sentabrda esa Xalqaro biznes markazida
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha har yili
o‘tkaziladigan milliy sammit o‘z ishini boshlaydi. “AKT 
Sammit-2011” bugungi kunda O‘zbekiston axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi muhim
voqealardan bo‘lib, milliy hamda xorijiy mamlakatlar
xalqaro ekspertlarida katta qiziqish uyg‘otmoqda. 
Dastlabki yillarda “AKT Sammit”da 200ga yaqin delegat
qatnashgan bo‘lsa, bugun unda ishtirok etayotgan
mutaxassislar soni ikki baravar ko‘paydi.


5
Tadbir davomida AKTni rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturlarni
amalga oshirish borasidagi yutuqlar va muammolar, 
hayotimizning ayrim sohalariga AKTni joriy etish tajribasi, 
elektron boshqaruv, elektron sog‘liqni saqlash, kadrlar
tayyorlash, infratuzilmani, media biznesi, innovatsiya faoliyatini
rivojlantirish hamda boshqa dolzarb mavzularga bag‘ishlangan
ma’ruzalar tinglanadi.
Mazkur sammit mutaxassislar, davlat organlari va xalqaro
tashkilotlar, shuningdek, xususiy sektorga AKT-bozori ahvolini
muayyan darajada tahlil qilish, bu boradagi yangi yutuqlar bilan
tanishish, yangi barqaror va ishonchli hamkorlar bilan aloqa
o‘rnatish, mamlakatimizda AKTni joriy etish bo‘yicha
qo‘shimcha investitsiya resurslarini jalb etishga ko‘maklashadi
.


6
Axborot texnologiyalarining boshqaruv tizimlari.
Axborot tizimi — belgilangan maqsadga erishish yulida axborotni yig’ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish
uchun qo’llaniladigan usullar, vositalar va shaxslarning o’zaro bog’langan majmuasidir.
Axborot tizimlari jamiyat paydo bo’lgan paytdan boshlab mavjud bo’lgan, chunki rivojlanishining turli
bosqichida jamiyat uz boshqaruvi uchun tizimlashtirilgan, oldindan tayyorlangan axborotni talab etgan. Bu, 
ayniqsa, ishlab chiqarish jarayonlari — moddiy va nomoddiy ne'matlarni ishlab chiqarish bilan bog’liq
jarayonlarga tegishlidir. Chunki ular jamiyat rivoji uchun xayotiy muhim axamiyatga ega. Aynan ishlab chiqarish
jarayonlari tezkor takomillashadi. Ularning rivojlanib borishi bilan boshqarish xam murakkablashadiki, o’z
navbatida, u axborot tizimlarini takomillashtirish va rivojlantirishni rag’batlantiradi. Shu sababli, avvalo, 
boshqaruv tizimi nima ekanligini bilib olaylik.


7
Kibernetik yondashuvga muvofiq boshqaruv tizimi boshqaruv ob'ekti (masalan, korxonalar, tashkilotlar va xokazo) va
boshqaruv sub'ekti, boshqaruv apparati yig’indisini o’zida namoyon etadi. Boshqaruv apparati deganda maqsadlarni
shakllantiruvchi, rejalarni ishlab chiquvchi, qabo`l kilingan qarorlarga talablarni moslashtiruvchi, shuningdek, ularning
bajarilishini nazorat qiluvchi xodimlar tushuniladi. Boshqaruv ob'ekti vazifasiga esa boshqaruv apparati ishlab chiqqan
rejalarni bajarish kiradi, ya'ni boshqaruv tizimining o’zi aynan mana shu ishlarni amalga oshirish uchun to’zilgandir.
Boshqaruv tizimining ikkala komponenti to’g’ri (T) va aks (A) aloqalar bilan bog’langan. TuKri aloqa boshqaruv
apparatidan boshqaruv ob'ektiga yunaltiriladigan axborot oqimida ifodalanadi. Aks aloqa teskari yunalishda yuboriluvchi
qabo`l kilingan qarorlarning bajarilishi haqidagi xisobot axboroti oqimida uz aksini topadi.


8
• Tashkiliy boshqaruvda axborot
tizimlari — shaxslar funk-
tsiyalarini avtomatlashtirish
uchun mo’ljallangan. Bu sinfga
xam sanoat (korxonalar), xam
nosanoat ob'ektlari (bank, birja, 
suKo’rta kompaniyalari, 
mexmonxonalar va xokazolar) va
ayrim ofislar (ofis tizimlari)ni
boshqarishning axborot tizimlari
kiradi.

Axborot tizimlari nafakat axborotni
qayta ishlash va saqlash, yozuv-
chizuv ishlarini avtomatlashtirish, 
balki qarorlarni qabo`l qilish (sun'iy
intellekt usullari, ekspert tizimlari va
xokazolar), zamonaviy
telekommunikatsiya vositalari
(elektron pochta, 
telekonferentsiyalar), yalpi va lokal
xisoblash tarmoqlari va
boshqaruvning yangi uslublaridan
foydalanish xisobiga boshqaruv
ob'ekti faoliyati samaradorligini
oshiradi va shu maqsadda keng
qo’llaniladi.
• Axborot oqimlari (T va A), 
qayta ishlash vositalari, 
ma'lumotlarni uzatish va
saqlash, shuningdek, 
ma'lumotlarni qayta ishlash
bo’yicha operatsiyalarni
bajaruvchi boshqaruv
apparati xodimlarining
o’zaro aloqasi ob'ektning
axborot tizimini tashkil etadi.


9
• Texnologik jarayonlarni boshqarishda
axborot tizimi turli texnologik jarayonlarni
avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan
(moslashuvchan ishlab chiqarish jarayonlari, 
metallurgiya, energetika va xokazolar).
• Dastlabki axborot tizimlari 50-yillarda paydo
bo`ldi. Bu yillarda ular maosh xisob-
kitoblarini qayta ishlash uchun mo’ljallangan
bo’lib, elektromexanik buxgalterlik xisoblash
mashinalarida amalga oshirilgan. Bu kog’oz
xujjatlarni tayyorlashda mexnat va vaqtni bir
qadar kiskartirishga olib kelgan.



ETIBORINGIZ
UCHUN
RAXMAT!
Choriyeva Risolat
IBI-71 guruh
10

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling