Zamonaviy devorbop materiallar. Devorbop materiallar


Download 56.26 Kb.
bet1/3
Sana19.06.2023
Hajmi56.26 Kb.
#1607871
  1   2   3
Bog'liq
5-Amaliy mashg‘ulot


5-AMALIY MASHQ’ULOT.
ZAMONAVIY DEVORBOP MATERIALLAR.

Devorbop materiallar -bu devorlarni barpo etish uchun foydalaniladigan material va buyumlardir. Xar qanday qurilishda devorbop materiallar asosiy mateiallardan biri bo’lib xisoblanadilar. SHuning uchun xar qanday binoning mustahkam va ishonchli devori bino yoki inshootning asosidir. Mustahkam devorlar shak-shubxasiz bino yoki inshoatga uzoq yillar xizmat qilish imkonini beradi. SHuning uchun devorni barpo etish uchun material tanlash butun loyihani xal etuvchi omili bo’lib xizmat qiladi.


Zamonaviy devorbop materiallari bevosita devorlarni barpo etishda foydalaniladigan konstruktsion materiallar va devorbop pardoz materiallariga bo’linadi.
Odatda devorlarni barpo etish uchun beton va sopoldan bo’lgan devorbop materiallardan (misol uchun, g’isht, sopol tosh va boshq.) foydalaniladi. Binodagi vazifasiga ko’ra devorlar quyidagilarga bo’linadi:

  1. Yuk ko’taruvchi – binoning boshqa qismlaridan yukni qabul qilib olib, o’z og’irligi bilan birga bino poydevoriga uzatadi;

  2. O’z-o’zini ko’taruvchi – poydevorga tayanadi va faqat o’z og’irligini ko’taradi;

  3. Yuk ko’tarmaydigan – ma’lum bir qavat chegarasida yuk ko’taruvchi konstruktsiyaga tayanib, faqatgina o’z og’irligini ko’tarib turuvchi (asosan to’suvchi vazifasini bajaruvchi - pardevorlar).

Toshli devorbop materiallar quyidagilar bo’yicha sinflarga bo’linadi:

  • Buyum turi;

  • Vazifasi;

  • Foydalaniladigan xom ashyosi va mahsulot tayyorlash usuli;

  • Zichligi;

  • Issiqlik o’tkazuvchanligi;

  • Siqilishdagi mustahkamligi.

Turi bo’yicha quyidagilarga bo’linadi:

  • Sopol va silikat g’isht va toshlar;

  • Massasi 4,4 kgdan ko’p bo’lmagan to’liq va ichi kovak g’isht;

  • Massasi 16 kgdan ko’p bo’lmagan ichi kovak beton va tabiiy toshdan to’liq toshlar;

  • Massasi 40 kgdan ko’p bo’lmagan tog’ jinsidan ichi kovak va to’liq bloklar, sopol, silikat va beton bloklar.


Download 56.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling