Zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanishning asosiy yo'nalishlari. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining asosiy komponentlari


Download 31.14 Kb.
bet1/5
Sana07.03.2023
Hajmi31.14 Kb.
#1247346
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Document1


Zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanishning asosiy yo'nalishlari. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining asosiy komponentlari.
Hozirgi kunda, bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida, yangilanish, yangi hayotga qadam qo‘ygan bir paytda O‘zbekiston o‘zini hamma tomonlama rivojlantirishga bor kuchi bilan intilmoqda. Shu jumladan, davlatimiz korxona va tashkilotlarida axborot texnologiyalarini muhim o‘rin tutishi haqida aytib o‘tishga to‘g‘ri keladi. Albatta, rivojlanishni hech qanday texnikasiz tasavvur qila olmaymiz, binobarin, biz hozirda texnika zamonida yashab turibmiz. Bugungi kunda texnika shu darajada rivojlantirildiki, buning natijasida inson mehnati samaradorligini, ya’ni ishni bajarilish tezligini, vaqtni tejashlikni, aniqligi va shu kabilarni bir necha martaga oshirishga muvaffaq bo‘lindi. Bularning hammasini jamiyatning har bir sohasida, ya’ni iqtisodiy sohadami, ilmiy sohalardami yoki boshqaruvdami, qo‘yingki hamma joyda ko‘rishimiz mumkin. Sanoatni avtomatlashtirish ishchi kuchidan to‘la foydalanish, mahsulot sifatini nisbatan yaxshilash imkoniyatini bergan bo‘lsa, boshqaruvda esa ma’lumotlarni qayta ishlash, saqlash, ma’lumotni bir joydan ikkinchi joyga uzatish, yetqazish singari bir qancha ishlar qilinmoqda.
Sivilizatsiya rivojlanishi tarixida bir necha axborot inqiloblari ro‘y berdi - axborotni qayta ishlash sohasida tub o‘zgarishlar ro‘y bergani tufayli ijtimoiy munosabatlarda o‘zgarishlar yuzaga keldi. Bunday o‘zgarishlar oqibati sifatida insoniyat jamiyati yangi sifatga ega bo‘ladi, ya’ni:
1-inqilob yozuvning kashf etilishi bilan bog‘lik, Bu sifat va miqdor jihatidan ulkan sakrash bo‘ldi. Bilimlarni ajdodlardan avlodlarga yetqazish imkoni paydo bo‘ldi.
2-inqilob (XVI asr o‘rtalari) sanoat, jamiyat, madaniyat va ish faoliyatini tashkil etishda keskin o‘zgarish yasagan kitob nashr etishning kashf qilinishi bo‘ldi.
3-inqilob (XIX asr oxiri) elektrning kashf etilishi bilan bog‘lik bo‘lib, u tufayli telegraf, telefon, radio yuzaga keldi. Bular axborotni istalgan hajmda uzatish va jamlashga imkon yaratdi.
4-inqilob (XX asrning 70-yillari) mikroprotsessor texnologiyasi kashf etilishi va SHKning paydo bo‘lishi bilan bog‘lik. Mikroprotsessorlar va integral chizmalarda kompyuterlar, kompyuter tarmoqlari, ma’lumotlarni uzatish tizimlari (axborot kommunikatsiyalari) yaratiladi.
Bu davrda uch fundamental yangilik yuzaga keladi, ya’ni:

  • mexanik va elektr vositalaridan axborotning elektron vositalariga o‘tish davri;

  • barcha qurilma, asbob , mashinalarning keskin rivojlanilishi;

  • dasturiy-boshqaruv qurilma va jarayonlarni yaratish.

Bu davr haqida ancha to‘liq tasavvur hosil qilish uchun quyida keltirilgan EHMlari avlodlari almashuvi bilan tanishish va uni axborotni qayta ishlash hamda uzatish sohasidagi bosqichlar bilan qiyoslash maqsadga mufoviq.
1-avlod (50-yillar boshi) Element bazasi – elektron chiroqlar. EHM katta hajmi, ko‘p elektr quvvati iste’mol etishi, kam harakatchanligi, kam ishonchliligi, kodlarda dasturlanishi bilan ajralib turgan.
2-avlod (50-yillar oxiridan) Element bazasi yarim o‘tkazgichli elementlar. Oldingi avlod EHMga nisbatan barcha texnik xususiyatlari yaxshilangan. Dasturlashtirish uchun algoritmik tildan foydalanilgan.
3-avlod (60-yillar boshi) Element baza - integral chizmalar. EHM hajmining keskin kichrayishi, ishonchliligining ortishi, mahsuldorligining ortishi. Ma’lum masofadagi terminallardan alohida bo‘lish.
4-avlod (70-yillar o‘rtalaridan). Element bazasi - mikroprotsessorlar, katta integral chizmalar. Texnik xususiyatlari yaxshilangan. SHK larning ommaviy chikarilishi. Rivojlanish yo‘nalishi: yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega qudratli ko‘p protsessorli hisoblash tizimlari, arzon mikroEHMlarni yaratish.
5-avlod (80-yillar o‘rtalaridan). Intellektual kompyuterlar ishlab chiqarila boshlandi. So‘ngri axborot inqilobi yangi soha - yangi bilimlarni ishlab chiqish uchun texnologiyalar,

uslublar, texnik vositalarni ishlab chiqarish bilan bog‘lik axborot sanoatini oldingi qatorga ilgari surmoqda. Axborot texnologiyalari, ayniqsa telekommunikatsiyalarning barcha turlari axborot sanoatini eng muhim tarkibiy qismlaridir. Zamonaviy axborot texnologiyasi kompyuter texnikasi va aloqa vositalari sohasidagi yutuqlarga tayanadi.


Hozirgi zamonda iqtisodiyotning muhim yo‘nalishlaridan biri – bu informatsion texnologiyalar (ya’ni, axborot texnologiyalar) hisoblanadi. U ma’lumotlarni yig‘ish, ularni qayta ishlashni amalga oshirib, asoslangan boshqaruv qarorlarni qabul qilish uchun mo‘ljallangan.
"Axborot" (informatsiya) so‘zi lotincha so‘zdan olingan bo‘lib biron-bir voqea, hodisa, fakt yoki faoliyat haqida xabar qilish ma’nosini bildiradi. Axborot tushunchasi real voqe’likning amaliy holatini to‘la mazmunda aks ettirishdan iboratdir.
Axborot atrof-muhit ob’ektlari va hodisalari, ularning o‘lchamlari, xosiyatlari va holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardir. Keng ma’noda axborot insonlar o‘rtasida ma’lumotlar ayirboshlash, odamlar va qurilmalar o‘rtasida signallar ayirboshlashni ifoda etadigan umummilliy tushunchadir.

Download 31.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling