Zamonaviy maktab


Download 19.7 Kb.
Sana02.01.2023
Hajmi19.7 Kb.
#1075177
Bog'liq
Savolnoma


Zamonaviy maktab”larni baholash uchun taqdim etilishi
lozim bo‘lgan hujjatlar

RO‘YXATI



  1. Barcha hududiy xalq ta’limi boshqarmalari:

Respublika fan olimpiyadasining hududiy bosqichida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar ro‘yxatini ishchi guruhga o‘rganishdan kamida bir (1) kun oldin taqdim etishi kerak.

  1. Barcha tuman xalq ta’limi bo‘limlari:

Respublika fan olimpiyadasining tuman bosqichida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar ro‘yxati hamda 2021-yil (yanvar-dekabr) davomida maktablarning byudjetdan tashqari topgan mablag‘lari haqidagi hujjatni (tasdiqlangan holda) ishchi guruhga o‘rganishdan kamida bir (1) kun oldin taqdim etishi kerak.

  1. Barcha maktablar:

  1. 2021-2022-o‘quv yili uchun ish rejalarning mavjudligi (maktab ish rejasi, direktor ish rejasi, MMIBDO‘ ish rejasi, O‘IBDO‘ ish rejasi).

  2. 2021-2022-o‘quv yili uchun yillik hisobotlarning mavjudligi (maktab yillik hisoboti, direktor yillik hisoboti, MMIBDO‘ yillik hisoboti, O‘IBDO‘ yillik hisoboti).

  3. Ta’lim muassasasini rivojlantirish strategiyasining mavjudligi (3 yillik dastur).

  4. 2021-yil (yanvar-dekabr) davomida maktabda o‘quvchilar tomonidan jinoyatchilik va huquqbuzarlik sodir etilgan bo`lsa, ular bilan amalga oshirilgan ishlarni tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligi (o`quvchi ustidan o‘qilgan sud hukmi to‘g‘risidagi hujjat, maktab mas’ullari tomonidan o‘quvchi jinoyat qilishidan oldin va keyin amalga oshirilgan ishlar to‘g֥‘risidagi hujjatlar).

  5. 2020-2021-o‘quv yili bitiruvchilarining (2021-yil may) OTM va o‘rta-maxsus ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlari (xorijiy, xorijiy filiallar, xususiy,
    TOP-1000, respublikadagi OTMlarga grant, kontrakt, superkontrakt yoki boshqa OTMlarga, kasb-hunar kollejlari, texnikumlar, akademik litseylarga o‘qishga kirgan o`quvchilarning to‘liq ro‘yxati hamda o‘quvchilar tomonidan OTMga kirish imtihonlarida to‘plagan ballari bo‘yicha jadval) va bandligi ta’minlangan o‘quvchilar ro‘yxati (qayerda, qaysi lavozimda ishlayotgani va boshqalar).

  6. 2020-2021-o‘quv yili yakuni (may) bo‘yicha o‘quvchilar kontingenti (jami sinflar soni, jami o‘quvchilar soni, har bir sinfda nechta o‘quvchi tahsil olayotgani haqidagi hujjat).

  7. 2021-yilining (sentabr-dekabr) holatiga tarifikatsiya (tarifikatsiyada ma’muriyat xodimlari, texnik xodimlar va o‘qituvchilarning ma’lumoti hamda malaka toifalari aks etgan bo‘lishi lozim).

  8. Ushbu maktabda faoliyat yuritib kelayotgan o‘qituvchilarning oliy va birinchi malaka toifasi hujjatlari (oliy yoki birinchi malaka toifasi sertifikatlari).

  9. 2021-yil davomida variativ o‘quv rejasi joriy etilganligi (tashkil qilinganligi to‘g‘risidagi direktor buyrug‘i va boshqalar).

  10. 2021-yilda va hozirgi kunda ushbu maktabda faoliyat yuritib kelayotgan chet tili o‘qituvchilarining (ingliz, nemis, fransuz, rus va boshqalar) milliy va xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darjalari to‘g‘risidagi sertifikatlarning mavjudligi (ielts, toefl, ibt, fce va boshqalar).

  11. 2021-yil (yanvar-dekabr) davomida o‘quvchilar tomonidan xalqaro, respublika, hududiy hamda tuman miqyosida turli sohalarda erishilgan yutuqlar bo‘yicha diplomlar (sport, san’at, AKT, kitobxonlik, kasbiy yoki boshqa shu kabi musobaqa va tanlovlarda faqat g‘olib yoki sovrindor bo‘lgan o‘quvchilarning diplomlari).

  12. 2021-yil (sentabr-dekabr) holatiga maktabda tashkil etilgan to‘garaklar haqida ma’lumot hamda to‘garaklarga qatnashuvchi o‘quvchilar soni (maktabdagi jami to‘garaklar soni shundan, fan to‘garaklari, sport to‘garaklari, ijodiy to‘garaklar (musiqa, rassomchilik, teatr, QVZ, xo‘r jamoalari), zamonaviy to‘garaklar (dasturlash, injenerlik, robototexnika).

  13. 2021-yil (sentabr-dekabr) holatiga o‘quvchilarning darslarga qatnashish davomati (tuman xalq ta’limi bo‘limiga topshiriladigan kunlik, haftalik va oylik davomat jadvali (tasdiqlangan holda) hamda maktab mas’ul xodimi tomonidan yuritiladigan davomat daftari)

  14. 2021-yil yakuniga qadar “Bir million dasturchi” loyihasida ishtirok etgan o‘quvchilarning bitiruvchi sertifikatlari (soni ko‘p bo‘lsa elektron ko‘rinishda taqdim etilishi mumkin).

  15. 2021-yil (yanvar-dekabr) davomida o‘qituvchilar tomonidan xalqaro, respublika, hududiy hamda tuman miqyosida turli sohalarda erishilgan yutuqlar bo‘yicha diplomlar.

  16. Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilarnig hujjatlari (ko‘zi ojiz, nutqi va eshitishida hamda tayanch harakatida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilar).

  17. Maktabning kadastr hujjatlari.

  18. Kutubxonaga tegishli barcha hujjatlar (kutubxonaga a’zo barcha o‘quvchi va o‘qituvchilarning a’zolik hujjati, kutubxonada mavjud adabiyotlar soni, o‘quvchilar tomonidan 2021-yil (yanvar-dekabr) davomida o‘qilgan kitoblar soni va boshqalar).

Download 19.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling