Zamonaviy o’qituvchi pedagogik innovatsion ta’lim qahramoni


Download 14.66 Kb.
Sana06.08.2020
Hajmi14.66 Kb.
#125651
Bog'liq
Zamonaviy o’qituvchi pedagogik innovatsion ta’lim qahramoni maqola1


Zamonaviy o’qituvchi pedagogik innovatsion ta’lim qahramoni”

G’ijduvon tuman 39-sonli Umumiy o’rta ta’lim maktabi ingliz tili o’qituvchisi



Muallif: Davlatova Aziza Akmalovna

Ushbu loyiha maqsadi: Axborot va ma’lumotlar oqimi jadallashgan XXI asr yangi davrda o’qituvchi- pedagog shaxsiga bo’lgan talab va uning jamiyatda, ta’lim sohasida tutgan beqiyos o’rnini ochib berish,o’qituvchilar faoliyatini mustaqilligini taminlashga, uni himoya qilib rag’batlantirishga qaratilgan prezidentimiz qaror farmonlarining tadbiq etilishi, ta’limdagi yangilik masofaviy ta’lim shakliga o’tishda yangi muhit va immunitet hosil qilish muammolari va yechimlari, yangicha takliflar berish, muallimlik kasbining obro’li kasblar qatorida ko’tarilishi va o’qituvchilar uchun imkoniyatlar, rag’batlantirish shakllari haqida fikr yuritish va asl mazmunini ochib berish .



Kalit so’zlar: inovatsiya, globallashuv jarayoni, AT axborot texnologiyalari, PISA xalqaro tizimi,Tarbiya fani, inovatsion faoliyat, masofaviy ta’lim,motivatsiya,gadjetlar, internet tarmog’i.

Iqtibos: : “Dunyo binolari ichida eng buyugi maktab bo’lsa, kasblarning orasida eng sharaflisi o’qituvchi va murabbiylikdir” (Islom Karimov – O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti).

Iqtibos: “Kelajak avlodimiz taqdiri , butun millatimiz , xalqimiz , davlatimiz taqdiri muhtaram muallimlarga bog’liq”. “Maktab ta’limini rivojlantirish umumxalq harakatiga aylanishi zarur” (Shavkat Mirziyoyev- O’zbekiston Respublikasi Prezidenti).

Bugungi zamonaviy globallashuv davrida pedagog shaxsining ahamiyati va jamiyatda tutgan o'rni har bir davlat yoshlari ta'limi va rivojlanishida asosiy rol o'ynaydi. Zamon rivojlanishi, globallashuv elektron axborot oqimi tezlashuvi va albatta fan texnika rivojlanishi õz ta'sirini ta'lim sohasi va o'qituvchilarga o'tqizmay qolmaydi. Bugungi kun yangicha talablar bilan birga yangicha bilimlarga ega bo'lgan axborot texnologiyalaridan foydalanish bilim malakasiga ega o'qituvchilarni talab qiladi. Demak yangicha pedagog yangicha ta’lim qahramoni!

Endi o'qituvchi yozma dars ishlanma yozmaydi soatlab, kunlab va hatto haftalab vaqtini hujjat tayyorlashga sarflamaydi. Bunda unga elektron texnologiyalardan xabari bo’lsa bas.Hammamizga ma'lumki inovatsion muhitda o'qituvchidan elektron texnologiyalardan foydalanib yangicha o'qitishga va yangicha fikr ,qulay inovatsion metodlarga talab keskin oshadi. Bugungi kun holatidan olib qaraydigan bo'lsak samarali ta'lim jarayonida o'qituvchidan komputer texnologiyalaridan foydalanib yangicha ko'rinish va ruhdagi darslar tashkil etishga barcha shart-sharoitlar yaratib berilmoqda.

Oxirgi 3 yilda o’qituvchilarning ish haqi o’rtacha 2,5 barobar oshirildi. Uzoq tumanlarga borib ishlayotgan pedagog kadrlar mehnatini rag’batlantirish bo’yicha aniq mezonlar belgilandi. Ularga 50 foizgacha qo’shimcha oylik ustamalar to’lanmoqda . Bu olis hududlarda yetishmayotgan mingdan ziyod o’qituvchini jalb etish imkonini berdi. Nafaqa yoshida faoliyatini davom ettirayotgan o’qituvchilarga pensiyasi to’liq miqdorda berilmoqda.

2030- yilga borib o’quvchilar bilimini baholash bo’yicha PISA xalqaro dasturi reytingida O’zbekistonning jahondagi yetakchi 30 ta mamlakat qatoridan joy egallashi maqsad qilib qo’yilgan. “Maktab o’qituvchisini moddiy rag’batlantirmasak , uning hayot sifati darajasini oshirmasak , islohot , natija haqida gapira olmaymiz”, dedi Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev.

Maktablardagi ma’naviy – tarbiyaviy ishlarni yangicha asosda tashkil etish , “Milliy g’oya “, “Odobnoma”, “Dinlar tarixi “, “Vatan tuyg’usi “ kabi fanlarni birlashtirgan holda , yagona “Tarbiya” fanini joriy qilish zarurligi qayd etildi. Maktablarga buyuk allomalar , davlat va siyosat arboblari , mashhur sarkarda ajdodlarimizning nomlarini berish muhimligi ta’kidlandi. Maktab hayoti , fidoyi o’qituvchilar haqida badiiy va hujjatli filmlar , spektakl va videoroliklar yaratish bo’yicha tavsiyalar berildi.Eng quvonarlisi o’qituvchilar faoliyatini mustaqil ortiqcha aralashishlardan holi qilish maqsadida “O’qituvchilar faoliyatiga aralashganlik uchun mamuriy javobgarlik kodeks”iga o’zgartirish kiritilib yana bir bor muallimlar huquqlari qonun bilan belgilandi.(O’RQ-629-son 21.07.2020y Prezident farmoni)

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev “O'qituvchilik kasbini boshqa yuqori lavozimdagi kasblar bilan tenglashtirib, o’qituvchilik kasbini obro’li kasblar qatoriga kiritdilar.

O’qituvchini kim hurmat qilmasa men ham uni hurmat qilmayman “ deb takidladilar. Bu ham o’z o’rnida pedagogikaning yangicha O’zbekistonda yangicha qadami desak adashmaymiz. Hozirgi butun jahon pandemiya holatidan kelib chiqib fikrimizni aytadigan bo'lsak o'qituvchidan yanada keng yangicha inovatsion darslar bilan birga faoliyat olib borishni yurtimizdagi pandemiya holati taqozo etadi. Barcha ta’lim muassasalari masofaviy ta'lim shakliga o'tdi .O'tgan vaqt mobaynida masofaviy ta'lim jarayonida ozmi- ko'pmi yangi muhit va tanganing ikkinchi tomoni bõlgan muammolarga ham duch keldik.Agar biz ana shu quyidagi asosiy muammolarni yechimini birgalikda hal etsak o’qituvchilar metodik inovatsiyalarni bu yechimlar bilan bemalol amalda samarali qo’llaydilar. Pedagog kadrlarning yangicha faoliyatini tashkil etishda asosiy muammolardan biri bu O'rta ta'lim maktablarida masofaviy ta'lim ta'lim berishda yangilik ekanligi

Pedagog va o'quvchilar bu turdagi faoliyatga ko'nikmaganligi yetarlicha bu muhit immunitetiga ega emasligi ta'lim berishda o'zgarishlarga olib keladi shu bilan birga masofaviy ta'limni tashkil etishda o'qituvchi kadrlardan yetarlicha komputer va internet xizmatlaridan erkin amaliy foydalana olish bilim ko'nikmasini talab qiladi.

Yechim:Masofaviy ta’lim yutuq va qulayliklarini o’quvchi va ota –onalarga tushuntirish olib borish ,amalda qo’llab pedagoglarni o'z ustida ishlashi va malakasini oshirib borish samarali ta'lim berish maqsadida ularga qo'shimcha majburiy komputer kurslari tashkil etish va bilimlarini maxsus malaka oshirish xodimlari tomonidan tekshirib borish.Bundan tashqari Prezidentimiz tomonidan Endilikda o’qituvchilarning to’ldiradigan hujjatlari soni bitta jurnal bilan cheklanadi. “Umumiy o’rta ta’lim muassasalarining pedagogik mutaxasisliklari bo’yicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi to’g’risidagi yo’riqnoma”ga o’zgartirish kiritildi( Adliya vazirligidan 2020 yil 29 iyunda 3058- I raqam bilan ro’yhatdan o’tkazildi). Bunga ko’ra umumta’lim maktablarining o’qituvchilari bitta jurnalni yuritadigan bo’ldi.Albatta bu electron shaklda bo’ladi. Bu o’qituvchilarga asosiy e’tiborini dars mashg’ulotlarini yanada qiziqarli qilib o’tishga qaratishi uchun sharoit yaratadi. Taqvim mavzuiy rejalarini bir xillashtirish maqsadida, barcha taqvim mavzuiy rejalar respublika ta’lim markazi tomonidan tasdiqlanadi va o’quv yili oldidan vazirlikning rasmiy veb- saytlariga joylashtiriladi. Bosqichma – bosqich o’qituvchilar va maktab jamoasi faoliyati hujjatlarni to’ldirishiga qarab emas, balki maktab bitiruvchilarining hayotda muvaffaqiyatga erishishlari bilan baholanishga o’tiladi. Ana bu esa eng katta samarali ta’lim berishdagi prezidentimiz tomonidan yaratilgan yuksak imkon deyishimiz mumkin.

Ikkinchi muammo: internet tarmog’idan keng foydalanishda internet tezligi va qimmat internet paketlari.

Bu muammo butun respublikamiz, chekka hudud va qishloqlardagi maktablarda asosiy muammo sifatida qaraladi .Masalan oddiy telegram ijtimoiy tarmog'i orqali sinf rahbar masofaviy darslar uchun guruh tashkil etadi, unga barcha sinf o'quvchilari ota onalari telefon raqamlarini ulaydi. Bu juda yaxshi ammo hamma ota onalarda zamonaviy sensor uyaliy aloqa tefoni bor deya aytolmaymiz ,bu esa pedagog uchun qo'shimcha noqulaylik yaratadi degani.

Xo'sh yechim qanday?

Qanday taklif berishimiz mumkin?

Bitta fan o'qituvchisi sensor telefonga (gadjet) ega bo'lmagan o'quvchilar bilan olib boradigan dars mashg'ulotlariga ketqiziladigan qancha vaqt, jismoniy kuch va o'qituvchidan bunday holatdagi har bir o'quvchiga qayta qayta tushuntirish yani sabr bilan faoliyat olib borish talab qiladi.Bulardan kelib chiqib masalaning asosiy yechimi sifatida mobil aloqa operatorlari tomonidan taklif etilgan maxsus qulayliklar yaratilgan “O’qituvchi va o’rganuvchilar” tarif rejalarini ko’rsatsak , eng asosiy qism bo’lgan ota-onalarimizning o’z farzandlari tarbiyasiga bo’lgan e’tibor va albatta farzandlarining bilim olishdagi iloj boricha yaratilgan shart-sharoitlar va nazoratidir.Bu bilan bolaga oxirgi markadagi uyali aloqa telefonini olib bering demoqchimasman.Balki bolaga hamma qiyinchilik zaxmat ortida albatta mukofot borligi,uni qadrlashni tushuntirishni tarbiyada mujassam etishni nazarda tutyapman.

Har bir ota-ona kuchli masulyat bilan tushungan holda pedagogga yordam bersa, uni qo’llab quvvatlasa farzandining qiziqish qobilyatlari va bilimlarini rivojlanishida individual vaqt ajratsa maqsadga muvofiq bo’ladi.Asosan ota-onalar bolalarini darslar bilan shug’ullanishda ular bilan birga o’rganishlari juda muhim ahamiyatga ega.Chunki davlatimiz tomonidan yaratilgan imkoniyatlar ,har qanday inovatsion faoliyatlarning samarasi ota-onalarning bolasining ruhlantirib turishi, uni qo’llab –quvvatlab nazorat qilishiga uzviy bog’liq.Axir qars ikki qo’ldan chiqadi.Bu borada foydali jihatlardan biri bu ota –otanalarimiz ham o’quv jarayonida bolasiga yanada yaqin ,do’stona munosabat shakllantiradi.Yangicha fikr doiralari paydo bo’lib yangi bilimlarni o’zlari ham birgalikda o’rganadilar.



Taklif: Pedagog shaxs sifatida inovatsion ta'limni tashkil etishda yangi platforma dasturi yaratib, u maxsus belgilangan tizimda ya'ni o'qituvchi belgilangan vaqtda o'quvchilarga dars mashg'ulotlarini tushuntirib, ma'lumot va topshiriq beradi.Bu g’oyani amalga oshishida dasturchilar yordami juda muhim. Bunda o'quvchi ko'chirmachilik qilib ko'chirishga imkoni bo'lmay balki vazifa doirasida o'z ustida ishlaydi va mustaqil ushbu dasturdan foydalanadi.Aniq belgilangan vaqtda tartibli dars tayyorlab topshiriqlarni o’z vaqtida ustoziga yuboradi.O’z o’rnida bu o’qituvchilarimiz uchun ko’p vaqt sarflab kun buyi masofaviy ta’lim faoliyati olib borishni taqozo etmaydi.Hammasi qisqa va lo’nda bo’ladi. Yana bir afzallik tomoni har hafta yoki oyida ota-onalar bilan online muloqot olib borib farzandlari bilim olishi baholari nazorat qilinadi. Chorak oxirida maxsus dasturga joylashtirilgan test o'quvchi bahosini belgilaydi albatta nutqiy amaliy mashqlar ham bunda inobatga olinadi.Shuni ta’kidlashim kerakki bu dastur ancha samarali va qulay. Yosh o'qituvchi sifatida bu muammolarni yakka o'zim hal qila olmasligim tabiiy ammo davlatimiz , prezidentimiz islohot va yangi qarorlarining amaldagi adolatli tadbiqi va ota-onalarimiz birdam hamjihatligida olib borilgan faoliyat albatta samarasiz qolmasligiga ishonchim komil.

Adabiyotlar

1.O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev “Qaror va farmonlari”2020 yil.

2. O.M Askarova, M. Khayitboyeva MS Nishonov “Pedagogika” 2008

3.N.S.Sayidahmedov “Ta’limning harakatlantiruvchi kuchi”-Marifat, 1998 yil 15-yanvar



4.Internet saytlari: www.lex.uz

5. www.@uzteachers
Download 14.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling