K I R I SH
Sinusiy tok zanjirlarini hisoblash, talabalar hamda yosh o`qituvchilar uchun qiyinchiliklar tug`diradi. Chunki bu zanjirlarni hisoblashda ramziy deb ataladigan usul qo`llaniladi va amallar kompleks sonlar ustida olib boriladi. Maktab dasturida kompleks sonlarga juda kam soat ajratilganligi sababli. talabalarda ular bilan ishlashga deyarli malaka bo`lmaydi.
Ushbu uslubiy qo`llanmada talabalar bilim bazasidagi bo`shliqni to`ldirishga harakat qilingan, yaoni kompleks sonlar ustida bajariladigan amallar, misollar yechish yo`li bilan batafsil tushuntirib berilgan. Shuningdek, qo`llanmada ramziy usulning mohiyati yoritilib, sinusiy tok zanjiridan o`zgarmas kompleks tok zanjiriga o`tish qoidalari, zanjirning har bir elementi va ishlatiladigan fizik kattaliklar uchun jadval holida keltirilgan.
Qo`llanmada toklarni topishdan tashqari vattmetrning ko`rsatishini aniqlash, topografik va doiraviy diagrammalar qurishga misollar keltirilgan.
Qo`llanma oxirida, induktiv bog`lanish mavjud bo`lgan zanjirlar uchun ularni hisoblashga tenglamalar tuzish tushuntirilgan va murakkab zanjir uchun tenglamalar tuzilgan.
Zanjirning hamma shoxchalaridagi toklarni topish uchun
Kirxgof qonunlari asosida ikki xil:
a) integral - differentsial
b) ramziy shaklda tenglamalar sistemalarini tuzish.
a) Sinusiy toklar uchun ham Kirxgof I - qonunining taorifi o`zgarmaydi: tugunga kirayotgan toklar yig`indisi shu tugundan chiqib ketayotgan toklar yig`indisiga teng.Bu qonun bo`yicha tuziladigan mustaqil tenglamalar NI soni ham avvalgicha aniqlanadi:
NI = NT - 1
NT - zanjirdagi tugunlar soni
Masalan, quyidagi toklar yo`nalishi ixtiyoriy olingan zanjir uchun ko`raylik.
Do'stlaringiz bilan baham: |