Zaxarlanish va uning turlari
Download 34.79 Kb.
|
Saboxat
- Bu sahifa navigatsiya:
- BAJARDI: RAXMONOVA SABOXAT TEKSHIRDI: TO’RABEK FAYZIYEV ZAXARLANISH VA UNING TURLARI Zaxarlanish
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VAZIRLIGI O’ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI XALQ IJODIYOTI FAKULTETI 4-BOSQICH HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI FANIDAN
MUSTAQIL ISH BAJARDI: RAXMONOVA SABOXAT TEKSHIRDI: TO’RABEK FAYZIYEV ZAXARLANISH VA UNING TURLARI Zaxarlanish — zaxarli modda organizmga ogʻiz, meʼdaichak, nafas yoʻllari orqali kirganda, teridan soʻrilganda, teri ostiga, orasiga, venaga yuborilganda roʻy beradigan kasallik holati. Organizm faoliyatining izdan chiqishi bilan kechadi. Zaxarlanishning yuzaga kelishi va kechishi zaharlovchi moddaning organizmga qaysi yoʻl bilan kirganligiga, uning miqdori (dozasi), fizikkimyoviy holati (gaz, eritma, chang va h.k.), shuningdek, organizmning umumiy ahvoli va tashqi muhit omillariga bogʻliq, Odamlarda zaxarlanishning oʻtkir va surunkali xili farq qilinadi. Oʻtkir 3. tasodifiy va qasddan boʻlishi mumkin, ular zaharli moddaning organizmga bir marta kuchli taʼsiri tufayli yuzaga kelib, hayotiy muhim funksiyalarning izdan chiqishi bilan kechadi. Surunkali 3. zaharli moddaning organizmga uzoq vaqt ozozdan taʼsir etishi oqibatida roʻy beradi; dorilardan boʻladigan, shuningdek, kasbkorga aloqador zaxarlanishlar kuzatiladi. Turmushda 3. kundalik hayotda uchrab turadi. Maye, pechka yoqish va gaz plitalaridan foydalanish qoidalariga rioya qilinmaganda is yoki yoritish gazidan 3.; aynigan ovqat isteʼmol qilinganda 3. (qarang Ovqatdan zaharlanish); alkogoldan 3.; dezinseksiya, deratizatsiya va b. maqsadlar uchun ishlatiladigan ximikatlardan 3. Dorilardan 3. ular dozalanganda, yanglish ishlatilganda, notoʻgʻri tayyorlanganda kelib chiqadi. Odamning nechogʻli qattiq zaharlanishi shu doriga organizmning qanchalik sezgirligiga ham bogʻliq (qarang Idiosinkraziya). Kasbga aloqador 3. baʼzi korxonalarda xavfsizlik texnikasi kridalari buzilib, qoʻrgʻoshin, simob, mis, mishyak birikmalaridan zaharlanganda roʻy berishi mumkin. Tasodifiy va qasddan (mas, oʻzini yoki birovni oʻldirish maqsadida) zaharlanish ham ajratiladi. Kuchli taʼsir etadigan moddalar va dorilar notoʻgʻri saklanganda koʻpincha bolalar zaharlanib qoladi. Shuning uchun zaharli dorilar bolalar boʻyi yetmaydigan joyda sakdanish kerak. Kislota va ishqorlardan zaxarlanishda badanda qatgiq ogʻriq seziladi, lab va ogʻiz shilliq pardasi kuyadi. Suv yutganda, toʻsh orqasi va osti ogʻriydi; odam qon aralash qusadi. Ovqatdan zaharlangan kishi qornida ogʻriq sezadi, qusadi, ichi ketadi, boshi ogʻriydi, boshi aylanadi, darmoni quriydi, qattiq zaharlangan boʻlsa, hushidan ketadi, oʻlib qolishi ham mumkin. Alkogol dan zaxarlanishda mastlik, avval qoʻzgʻalish, yuz kizarishi, alkogol hidi anqib turishi, soʻngra alahlash, yuzning boʻzarishi, behushlik qayd qilinadi. Narkotik vauxlatuvchi doril ar (morfin, barbital, fenobarbital va h.k.)dan zaxarlanishda mudrash, bosh aylanishi, quloq shangʻillashi, qusish, tomir urishining sust va zaif boʻlishi, tirishish kuzatiladi. Is gazi [uglerod (P)oksid] va yoritish gazidan zaharlanish shu gazlarning nafas yoʻllari orqali kirishidan boʻladi. Belgilari; bosh ogʻriydi, quloq shangʻillaydi, bosh aylanadi, bemorning darmoni quriydi, halloslaydi; pulsi susayadi, koʻngli ayniydi va qusadi; qattiq zaharlanganda tipirchilaydi, hushidan ketadi, oʻlib qolishi ham mumkin. 3. alomatlari xilmaxil boʻlib, u jigar, buyrak, qon, markaziy va periferik nerv sistemasining qay daraja zararlanganiga bogʻliq. Download 34.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling