Zootexniya va agronomiya


Download 36.02 Kb.
bet1/2
Sana06.06.2020
Hajmi36.02 Kb.
#115626
  1   2
Bog'liq
Poziljonov Javlonbek. Dehqonchilik. Kurs ishi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI

ZOOTEXNIYA VA AGRONOMIYA” KAFEDRASI

DEHQONCHILIK” fanidan

KURS ISHI

Mavzu: Lalmikor yerlarda almashlab ekish

Bajardi: Poziljonov Javlonbek Gʻayratali oʻgʻli

(talabaning familiyasi, ismi, otasining ismi)



Agronomiya (Anorchilik) 2 - kurs 18.66

(bakalavriat yo‘nalishi, kursi, guruhi)



Ilmiy rahbar: Yusupova Mohidil

(familiyasi, ismi, ilmiy darajasi, lavozimi)



MUNDARIJA




Kirish

3

I - BOB

Adabiyotlar tahlili



7

II - BOB

Almashlab ekish


15




II.1 Almashlab ekishning ilmiy asoslari

19




II.2. Almashlab ekishning kimyoviy asoslari

21

III - BOB

Lalmikor yerlar


23




III.1. Lalmikor yerlarda almashlab ekish



24




Xulosa







Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati





Dehqonchilik1 agronomiya fanlari orasida muhim

o‘rin tutadi. U tabiiy va ilmiy fanlami amaliy agronomiya bilan bog‘lovchi soha hisoblanadi. Dehqonchilik - amaliy fanlardan biri bo‘lib, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, yerdan oqilona foydalanish, ekinlardan yuqori

va barqaror hosil olish yo‘llarini o‘rgatadi.Dehqonchilik deganda, qishloq xo‘jaligida yerdan foydala­nish va ekin yetishtirishda qo‘llaniladigan tadbirlar tizimi tushuniladi.
KIRISH

Mavzuning dolzarbligi. Respublikamizning 447,4 ming kvadrat kilometrdan ortiq bo‘lgan umumiy maydonining atigi 10 foizini ekin maydonlari tashkil etadi. 0 ‘zbekistonda 1 km2 yerga 51,4 kishi, Qozog‘istonda - 6,1, Qirg‘izistonda - 22,7, Turkmanistonda esa 9,4 kishi to‘g‘ri keladi. 0 ‘zbekistonda har bir kishiga 0,17 gektar, Qozog‘istonda - 1,54, Qirg'izistonda - 0,26, Ukrainada - 0,59, Rossiyada 0,67 gektar ekin maydoni to‘g‘ri keladi.So‘nggi 50 yil mobaynida sug‘oriladigan yerlar maydoni 2,46 mln. gektardan 4,28 mln. gektarga yetkazildi. Faqat 1975-1985-yillar mobaynida 1 mln. gektarga yaqin yer o'zlashtirilib, 1990-yilda yer maydoni 1985-yilga nisbatan 1,5 barobar ortdi. Ana shu yer maydonining qariyb 50 foizini meliorativ holati yomon va shu bilan bir 1qatorda 1990-yilga qadar sug'oriladigan yerlaming 75 foiziga paxta ekilishi tuproq unumdorligini pasayishiga olib keldi.Aholining o‘sib borayotgan ehtiyojini qondirish uchun yerlardan oqilona foydalanish, ekinlar hosildorligini oshirish talab etiladi.Dehqonchilik fanining vazifasi talabalami dehqonchilikda qo‘llanilayotgan nazariy asoslar va ishlab chiqarishdagi jarayonlar bilan tanishtirishdan iborat.Dehqonchilik fani quyidagi bo‘limlami o‘z ichiga oladi: dehqon-chilikning ilmiy asoslari, tuproq rejimlari va ularni boshqarish, begona o‘tlarga qarshi kurash tadbirlari, yerga ishlov berish, ekinlarni ekish, almashlab ekish va dehqonchilik tizimi.Qishloq xo‘jaligi rivojlanib borishi davomida "dehqonchilik" tushunchasi ham o‘zgargan. Ilk davrda uni qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi deb tushunildi va keyinchalik undan chorvachilik ajralib chiqqan.A.Teer XIX asrda "Qishloq xo‘jaligining ratsional asoslari" kitobining 1-qismini umumiy masalalarga, 2-qismini o‘simliklarni ta ’riflashga ajratdi. Keyinchalik 1-qism umumiy dehqonchilik, 2- qism o ‘simlikshunoslik deb atala boshlandi. Qishloq xo‘jaligining rivojlanishi davomida boshqa fanlar ham ajralib chiqdi. Dehqonchilik fanida yerlardan ratsional foydalanish, tuproqning effektiv unumdorligini oshirish, begona o‘tlar va ularga qarshi kurash kabi masalalar qoldi.Dehqonchilik fanining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan qator olimlarni sanab o‘tish mumkin. Masalan: M.V.Lomonosov (1711 -1765)

ʼʼYer qatlamlari haqida" nomli asarida qora tuproqni kelib chiqishini bayon qildi.Bolotov XVIII asrning ikkinchi yarmida yer tuzilishi, almashlab ekish, begona o‘tlarga qarshi kurash, o‘g‘itlash masalalari bo‘yicha maqolalar bilan dehqonchilikning asosiy prinsiplarini ta’rifladi.U yetti dalah almashlab ekishning 3 ta dalasi qo‘riq bo‘lishini bayon etdi.I.M.Komov 1898 yilda "Dehqonchilik haqida" asarida partov sistemasiga qarshi chiqib ko‘p dalali va ekinlar navbatlab ekiladigan almashlab ekishni tavsiya qildi. D.I.Mendeleev mineral o‘g‘itlami qo‘llashni tekshirib, dehqonchilikni intensivlashtirishga da’vat etdi. M.G.Pavlov (1793-1840) almashlab ekishni keng tashviqot qildi. U tuproqning singdirish qobiliyatini o‘rganish bo‘yicha katta ishlar olib bordi.V.R.Vilyams (1863-1939) tuproqshunoslikda biologik nazariya asoschisi hisoblanadi. K.A.Timiryazev, D.N.Pryanishnikov, A.G. Doya- renko, K.K.Gedroyts kabi olimlar o£simliklarning oziqlanishi va uni boshqarish masalalari bo£yicha qator asarlar yaratganlar. N.Rijov (1903-1981) glo‘zani sug£orish va tuproqning fizik xossalarini o‘rganish bo‘yicha ishlar qildi. M .V.Muhamedjonov va A.Q.Qashqarov yer haydash, yer haydashni tabaqalashtirish, oraliq va siderat ekinlarni ekish masalalari bo‘yicha ilmiy ishlar olib borib, ishlab chiqarishga tavsiyanomalar berishdi.Dehqonchilik hozirgi davrda fan va texnika yangiliklari hamda ishlab chiqarish ilg£orlari tajribasi natijalarini umumlashtirgan holda oʼziga xos yo‘nalishda rivojlanmoqda.



M a’lumki, hamma o‘simliklar ham boshqa tirik organizmlar kabi,o‘sib rivojlanishi va hosil berishi uchun muayyan shart-sharoit boʻlishini talab qiladi. Demak, ularning hayot faoliyati tashqi muhit bilan chambarchas bogiiq. Shu boisdan ham о‘sirniiklarning tashqi muhit vositasida o‘zaro bir-biriga ta’sir etishi ilmiy dehqonchilikning asosi hisoblanadi. 0ʼsimlik organlari hosil b o lish id a qatnashuvchi, o‘sishiga, rivojlanishiga, hosildorligiga, yetishtirilgan mahsulot sifatiga ta’sir etuvchi om illar dehqonchilikda madaniy o'sim liklarning hayot omillari deyiladi.

Muammoning o’rganilganlik darajasi. Almashlab ekish tartibi joriy etilgan paytlardan boshlab, har bir yer maydonlari va tomorqa yer maydonlari uchun maʼlum bir qoida va meʼyorlar tatbiq etilmoqda. Bugungi kunda Lalmikor yerlarda almashlab ekish, begona oʻtlar va ularning zararlarini bartaraf etish boʻyicha rejali amaliy ishlar qoʻllanib kelinmoqda. Bu borada olib borilayotgan ishlar va mavjud muammolar toʻlaligicha bartaraf etilayotgani yoʻq.

Tadqiqot maqsadi: Lalmikor yerlarda almashlab ekish va begona oʻtlardan tozalash ilmiy va amaliy usullarini oʻrganish. Lalmikor yerlarda dehqonchilik ishlarini olib borish. Yerdan unumli va rejali foydalanishni yoʻlga qoʻyish.

Tadqiqot vazifalari:

  • Lalmikor yerlarda dehqonchilik bilan shugʻullanish

  • Lalmikor yerlarda almashlab ekishni joriy etish

  • Almashlab ekish texnologiyasini lalmikor yerlarda qoʻllash

Tadqiqot ob’ekti: Lalmikor yerlar va ularning tarkibi.

Tadqiqot predmeti: Lalmikor yerlar va ularda almashlab ekish texnologiyasini joriy etish. Yangi usul va vositalar yordamida hosil olish.

Ilmiy yangiligi: Bugungi kunda koʻplab olimlar tomonidan aniqlangan yangi usullar tuproqning hosildorlik darajasini yanada yuqori bosqichga olib chiqdi. Bugun klaster usuli bilan hosil olish, tomchilatib sugʻorish va koʻplab boshqa yangiliklar bunga misol boʻla oladi.

Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati: Lalmikor yerlarda suvga boʻlgan talabning ozligi va tuproq unumdorligini yuqori boʻlganligi uchun asosan qishloq xoʻjaligi uchun zarur boʻlgan ekinlarni koʻplab ekish va moʻl hosil olish mumkin. Sugʻorma dehqonchilikdan asosiy farqi ham shunda.

Fan va texnikaning rivojlanishi natijasida qishloq xo‘jaligi ekinlarini
ekish usullari ham o‘zgarib, takomillashib keldi. Ilmiy tajribalar yordamida mo‘tadil ko‘chat qalinligi, qator oralarining kengligi, o‘simliklami qatorlarda joylashtirish sxemalari ishlab chiqildi. Ko‘chatlar soni me’yoridan kam yoki ko‘p bo‘lib qolishi ham ekinlar hosili va mahsulot sifatini pasayishiga olib keladi. 0ʼrtacha ko‘chat qalinligi gektariga go‘za uchun 100-110 ming tup, makkajo‘xori (don) uchun 50-60 ming tup, bug‘doy 5 mln., kanop (poya) uchun 1,6 mln. urug‘lik, kanop uchun 200 ming tup boʼlishi kerak. Ekish usullari va me’yori mo‘tadil ko‘chat qalinligini ta’minlashi lozim.


I - BOB. ADABIYOTLAR TAHLILI

Dehqonchilik - qishloq xo‘jaligining asosiy tarmog‘i boʻlib, aholini oziq-ovqat, sanoatni xom-
ashyo, chorvachilikni esa yem-xashak bilan ta’minlaydi, ekinlardan
sifatli va yuqori hosil olish maqsadida ularni parvarish qilish usullari, tuproq unumdorligini oshirish tadbirlari bilan shug‘ullanadi. Yerning asosiy xususiyatlaridan biri uning eskirmasligidir. Yerdan to‘g‘ri
foydalanish qishloq xoʻjaligi xodimlarining eng muhim vazifasidir,
M a’lumki, hamma o‘simliklar ham boshqa tirik organizmlar kabi,
o ‘sib-rivojlanishi va hosil berishi uchun muayyan shart-sharoit
boʼlishini talab qiladi. Demak, ularning hayot faoliyati tashqi muhit
bilan chambarchas bogiiq. Shu boisdan ham о‘sirniiklarning tashqi
muhit vositasida o‘zaro bir-biriga ta’sir etishi ilmiy dehqonchilikning
asosi hisoblanadi.
0ʼsimlik organlari hosil b oʼ lish id a qatnashuvchi, o ‘sishiga,
rivojlanishiga, hosildorligiga, yetishtirilgan mahsulot sifatiga ta ’sir
etuvchi om illar dehqonchilikda madaniy o'sim liklarning hayot
omillari deyiladi.
0 ‘sirniiklarning hayot omillari ikki guruhga boiinadi: birinchisi,
kosmik yoki energetik omil, bunga yoruglik va issiqlik; ikkinchisi,
yer omillari, bunga suv, havo va oziq elementlari kiradi.
0 ‘sirniiklarning o‘sish va rivojlanishiga hayot omillari bilan bir qatorda
muhit sharoiti ham ta’sir etadi. Muhit sharoiti deganda, hayot
omillarining o‘simlikka ta’siri natijasida sodir boiadigan tashqi holatni
tushunamiz. Muhit sharoiti o‘z navbatida uch guruhga boiinadi: 1)
tuproq muhiti (haydalma qatlamning tuzilishi, yeming sho‘rlanganligi,
sizot suvlarining sathi, ishqoriylik, kislotalilik va boshqalar); 2) fltologik
(ekinlaming vegetatsiya davrida unga salbiy ta’sir etuvchi begona octlar,
kasallik va zararkunanda hamda boshqalar); 3) agrotexnik tadbirlar (dala
ishlarini okz vaqtida sifatli o‘tkazilishi yoki olkazilmasligi oqibatida sodir
boʻadigan sabablar va boshqalar).


Ilmiy dehqonchilikning ikkinchi asosi tuproq unumdorligi haqidagi
talimotdir. Tuproq unumdorligi uning tabiiy xossasi boisa ham, u tuproq hosil b oʼlish jarayonida to ‘plangan oziq elementlariga, tuproqning fizik xossalariga hamda iqlim sharoitiga bogiiq bo‘ladi.Shuning uchun har bir tuman va xo‘jaliklaming tuproq hamda iqlim sharoiti oʼrganilib, tegishli mintaqalarga bo‘linadi. Chunki tuproq va iqlim u yoki bu agrotexnikani qo‘llashda asos hisoblanadi. 0‘simliklaming hayot omillari va muhit sharoitini hisobga olib, ulami o‘simlik talabiga qarab qoilash dehqonchilikning uchinchi ilmiy asosini tashkil etadi. 0 ‘slmliklaming hayot omillari va muhit sharoitini tarixiy davr mobaynida o'rganish natijasida ilmiy dehqonchilikning bir qancha qonunlari tarkib topdi.


Dehqonchilikning asosiy qonunlari. Qishloq xo‘jaligini intensiv ravishda rivojlantirish uchun dehqonchilikning quyidagi asosiy qonunlarini bilish lozim:

1. O'simlik hayot omillarining teng ahamiyatlilik va almashtirib

boimaslik qonuni.

2. Minimum, optimum va maksimum qonunlari.

3. Hayot omillarining birgalikda ta’sir etish qonuni.

4. Tuproqdan olingan moddalami qaytarish qonuni.



Akademik V.R.Vilyams birinchi b oʼlib o‘simlik hayot omillarining teng ahamiyatliligi va almashtirib bo‘lmaslik qonunini bayon etdi. Bu qonunga ko‘ra, o‘simlik hayot omillarining hech biri boshqa biron-bir omil bilan almashtirilmaydi, chunki har bir omil o‘simlik hayotida m a'lum bir funksiyani bajaradi.Dehqonchilikda omillaming teng ahamiyatliligi oʼsimlikning unga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashda bir xil sharoit bolmaganligi uchun nisbiy ahamiyat kasb etadi. Masalan, turli xil tuproq-iqlim sharoitida yetishtirilayotgan ekinlar mavjud omillar har xil nisbatda bo‘lishini taqozo etadi.Minimum (minimum, optimum va maksimum) qonuni. Yu. Libix o'simlik hosili minimumda turgan faktor miqdorini ko‘paytirishga to‘g‘ri proporsionalligini bayon etdi, ya’ni hosildorlik minimumda turgan omilga bog‘liq boiadi. 0 ‘simliklaming hayot omillariga b oʼlgan talabi boʼyicha minimal, optimal va maksimal me’yorlami belgilash mumkin.

D ehqonchilikda yuqori va
b arq aro r hosil yyetishtirish uchun minimum qonuniga amal qilish kerak. Bunda minimum yoki maksimumda tu rga n omillarni aniq tadbirlar bilan optim al miqdorga yetkazish, o ‘sim likni butun vegetatsiya davri davo m id a o ‘sishi va
riv o jlanishi u c h u n qulay (optimal) sharoit yaratish zarur. XIX asrda tajriba xulosalariga asosan Libsher minimum qo- nuniga qo‘shimcha kiritdi. U hayot omillarini birgalikda ta’sir etish qonunini quyidagicha ta’rifladi, ya’ni « 0 ‘simlik boshqa omillar bilan qanchalik optimal me’yorda ta‘ minlangan bo‘lsa, u minimumda turgan omildan shuncha samarali foydalanadi».


M a’lumki, o‘simlikning hayot omillari alohida-alohida ta’sir etmay, bir-birlari bilan birgalikda ta’sir etadi. Ular biri ikkinchisining
o‘mini bosa olmasligi nuqtai nazaridan teng ahamiyatlidir.
Hayot om illarining birgalikda ta ’sir etish qonunidan kelib
chiqadigan asosiy xulosa - qandaydir bitta agronomik usul, hatto eng
ta’sirchani bilan emas, balki hamma agrotexnik tadbirlari kompleksi
qo‘llanilganda, dehqonchilikda eng yuqori samaradorlikka erishiladi.
Tuproqdan olingan moddalarni qaytarish qonunini 1840— yilda
Yu. Libix kashf etdi. Bu uning dehqonchilikdagi ikkinchi qonunidir.
Bu qonunga binoan tuproqdan hosil bilan chiqib ketgan moddalar
o‘gʼit solish yo‘li bilan tuproqqa qaytarilishi lozim.
Qaytarish qonuniga ko‘ra, tuproqdagi o‘simlik o‘zlashtira oladigan
oziq moddalarning balansi olinadigan hosil bilanmi yoki boshqa
sabablar natijasida buziladimi, baribir uni tegishli oʼg‘itlar bilanmi
yoki agrotexnik tadbirlar bilanmi tiklash lozim.
Bu qonunga amal qilish faqat tuproq unumdorligini saqlash yoki
oshirishdagina ahamiyatga ega bo‘lmay, balki sifatli va yuqori
mahsulotlar yetishtirishda ham yetakchi rol oʼynaydi.


O‘simliklaming hayot omillari qishloq xo‘jalik ekinlariga bir xil
ta’sir qilmaydi. M a’lum nav yoki tumi o‘suv davri davomida bu omillar turlicha ta’sir qiladi. О‘sirniiklarning hayot sharoitlarini, masalan, tuproq sharoitini har xil agrotexnika usullari bilan boshqarish mumkin. Bu agrotexnik tadbirlar hayot omillarining o‘simliklarga ta’sirini oshiradi. Agrotexnik tadbirlari, birinchi navbatda, nisbatan minimumda omilga ta’sir qiladi. Agrotexnik tadbirlar o‘simlikni butun vegetatsiya davri davomida o‘zgarib turadigan talabiga muvofiq bo‘lganda uning o‘sib rivojlanishini boshqaradigan eng ta’sirchan omil bo‘ladi. Eng yaxshi agrotexnik tadbimi ham sifatsiz o‘tkazilsa, u kutilgan natijani bermaydi. Shudgorlashni o‘z vaqtida o‘tkazmaslik, ekishni sifatsiz o‘tkazish kabi agrotexnik tadbirlar ekinlaming o‘sishi va rivojlanishiga, hosildorligiga salbiy ta’sir qiladi.


Yer qishloq xo’jalikda ishlab chiqarishning asosiy va hyech narsa bilan almashtirib
bo’lmaydigan vositasi hisoblanadi. Ishlab chiqarish vositasidan to’g’ri foydalanish tufayli yerning unumdorligi ortadi bu esa qishloq xo’jaligini yanada rivojlantirishni ta’minlaydi. Tuproq bizning bebaho xazinamiz, rizq– ro’zimiz. Yer taqdiri – el taqdiri deydilar. Yer elni boyitadi, el ham yerni boyitishi kerak. Tabarruk zamin sahovatidan oqilona va unumli foydalanish unga kuch quvvat baxsh etuvchi omillarni ishga solish dehqonchilik oldida turgan asosiy vazifalardan biri hisoblanadi.


Tuproqdan olingan moddalarni qaytarish qonuni. Bu qonun 1840 yil nemis olimi Yu.Libix tomonidan ixtiro qilingan. K.A.Timiryazev va D.N.Pryanishnikovlar bu qonun fandagi yirik ixtiro deb baholaganlar. Bu qonun mohiyati shundan iboratki, o’simliklar hosili bilan tuproqdan oziq moddalarni oladi, ammo o’simliklar o’zlashtirgan oziq moddalardan bir qismigina go’ng tariqasida tuproqqa qaytadi, qolgan qismi olinadigan mahsulotimiz bilan chiqib ketib tuproqqa qaytib tushmaydi. Shunday ekan, dehqonlar yerdan olingan moddalarni tuproqqa qaytarish to’g’risida g’amxo’rlik qilishi kerak. Yu. Libix tuproq unumdorligi masalasiga bir tomonlama yondashib, o’sha davrning ijtimoiy rivojlanish qonunlariga e’tibor qilmay, dehqonchilikdagi kamchiliklarni sezgan holda u qaytarish qonuniga to’la amal qilinganda tuproq unumdorligini saqlab turish mumkinligini qayd qilgan, tuproq unumdorligini talon- taroj qilish halqni kambag’allikka mahkum etadi, unumdorlikni saqlash esa ularning hayoti, boyligi va kuch- quvvati degan edi. Masalan, 1 t paxta hosil bo’lish uchun 30-70 kg gacha (o’rtacha –50 azot), 10-20 kg gacha fosfor va 30-60 kg gacha (o’rtacha – 50) kaliy; ingichka tolali g’o’za navlarida esa o’rta tolalilarga qaraganda oziq moddalar 20-25 % ko’proq sarflanadi. Bugungi kunda Libix fikriga amal qilib paxta ekiladigan maydonlarga mineral o’g’it sifatida paxta hosili bilan birga tuproqdan chiqib ketgan oziq moddalarning o’zini va ko’rsatilgan miqdor qo’llanilsa, tuproqning unumdorligi qonuniga ko’ra bir me’yorda saqlanishi lozim. Ammo, amalda bunday bo’lmaydi, chunki dehqonchilikda oziq moddalarning asosiy qismi hosil bilan tuproqdan chiqib ketadi, Lekin uning bir qismi tuproqning pastki qatlamlariga o’tadi, oqar suvlar bilan tuproq eroziyasi natijasida ham kamayadi va ularni aniq hisobga olish ancha murakkab. Ishlab chiqarish sharoitida mineral o’g’it sifatida tuproqqa asosan azot, fosfor va kaliy hamda ayrim mikroelementlar qaytariladi xolos. Qaytarish qonunining ta’sirini faqatgina oziq elementlari doirasidagina emas, balki keng ma’noda tushunmoq kerak, chunki u o’simliklarining hayot omillariga ham talluqlidir. Almashlab ekish qonuni. Bu qonunni 1838 yilda professor Pavlov tabiat qonuni deb tan olgan. Professor Pavlovni ta’kidlashicha har bir agrotexnik chora – tadbirning samarasi sidirg’asiga ekiladigan ekinzorga ko’ra faqat almashlab ekishni joriy qilishda amalga oshadi. Bu qonun asosida o’simlik va muhit o’zaro birligi yetadi. Ekinlarni navbatlab ekish zarurligi faqat tuproqdan oziq moddalarni bir tomonlama kamayishida, ang’iz qoldiqlari va ildizlarning tuproqda har xil tarqalishida, balki o’simlikning tuproqqa va atrof muhitga ta’siridan kelib chiqadi. Dala ekinlarini fosforga munosabati bo’yicha kritik davri qonuni. Agar o’simlik o’zini rivojlanishining boshlang’ich davrini fosfor yetishmasligida o’tkazsa, keyingi davrlardagi o’sishida fosfor bilan yaxshi ta’minlanganda ham yuqori hosil shakllantiraolmaydi. O’simlik tizimlarini boshqarish qonuni. O’simlik tashqi muhit holatidan tanafussiz axborat oladi va uni sezib ichki jarayonlarida o’zgarish bo’ladi. Bu o’simlikning eng asosiy xususiyatlaridan biri bo’lib, ekin yoki navning shu sharoit uchun yetishtirish imkonini aniqlaydi. U yoki bu ekinning har bir navi potensial moslashuvi evolyusion asoslangan va genetik aniqlangan, shuning uchun ekinlar va navlar yetishtirish arealiga potensial mahsuldorligi va ekologik chidamliligi muvofiqdir. Masalan: shimoliy rayonlarda javdar, suli va arpa, bug’doyga nisbatan ko’proq ekilishi yuqoridagi keltirilgan fikrimizning tasdig’idir. Ular bir yoki bir nechta cheklovchi tashqi omillarga yuqori chidamlikka ega (issiqlik yetishmasligi, namlikning ko’pligi va boshqalar). Tuproq unumdorligini uzluksiz oshib borish qonuni. Bu qonunni akademik V.D.Pannikov qo’yidagicha ta’riflaydi «Tirik mavjudodlarining boshqaruvchi rolida takomillashadigan tuproq paydo bo’lish jarayoni, tabiatning o’zida vaqt o’tishi bilan tuproq unumdorligining muqarrar oshib borishi qo’yilgan». Dehqonchilikda tabiatdagi mana shu umumiy qonunning harakati faqatgina boshqa qonunlar, ayniqsa, qaytarish qonuniga rioya qilingandagina amalga oshadi.

Ekinlardan yuqori va barqaror hosil olish hamda ishlab chiqarishda mehnat
unumdorligini oshirish bevosita tuproqning unumdorlik darajasiga hamda dehqonchilik madaniyatiga bog’liqdir. Tuproq unumdorligi deganda o’simlikni butun (vegetasiya) o’suv davri davomida suv va oziq elementlari bilan taminlash xususiyati tushuniladi. Ana shu xususiyatiga ko’ra tuproq tabiiy jinslar, toshlar, qum va boshqalardan keskin farq qiladi. Inson tuproqning unumdorlik xususiyatidan mutassil foydalanadi va ekinlardan yuqori hosil olish maqsadida uning tarkibiy o’zgarishlariga tasir qiladi. Qishloq xo’jaligining barcha sohalarni rivojlanishi tuproqning unumdorligiga bog’liqdir. Shuning uchun ham, tuproq qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining asosiy
vositasi bo’lib hisoblanadi va tuproq unumdorligi haqida g’amxurlik qilish qishloq xo’jalik bilan bog’liq barcha kishilarning kundalik vazifasidir. Tuproq unumdorligi yerga oqilona tasir etganda yaxshilanib boradi, noto’g’ri ishlov berilganda esa aksincha, pasayib boradi. Tuproq unumdorligi tabiiy va suniy turlarga bo’linadi. Tabiiy unumdorlik tabiiy omillar tasirida paydo bo’ladi. Tuproqning unumdorlik darajasi, yani tuproqning u yoki bu darajada hosil olishni taminlash xususiyati, tabiiy omillarga va tarixiy sabablarga bog’liq. Iqlim, o’simliklar qoplami, tuproqning mineral tarkibi singari tabiiy omillar, tuproqning tabiiy unumdorlik darajasini belgilaydi. Tabiiy unumdorlik inson tasirisiz (ishtirokisiz) ruy beradi. U asosan tabiiy ekinzorlarga xos bo’lib, odatda bunday unumdorlik darajasi tuproqning organik va mineral tarkibiga, kimyoviy, biologik, bioqimeviy xossalariga bog’liq holda past yoki yuqori bo’ladi. Ibtidoiy tizimda dehqonlar o’zining amaliy faoliyatida tuproqning tabiiy unumdorligiga duch kelgan va undan foydalangan. Inson tuproqni ishlash, sug’orish, o’g’itlash singari jarayonlari natijasida tabiiy unumdorlik darajasini o’zgartirdi va uning suniy unumdorligini vujudga keltiradi. Yani suniy unumdorlik inson tomonidan yaratiladi. Fan va texnika yutuklaridan foydalanib inson tuproqning tabiiy xossalarini o’zgartiradi. Tuproq unumdorligi potensial va samarali unumdorlikka ham bo’linadi. Potensial unumdorlik tuproqdagi oziq elementlarning umumiy miqdorini ko’rsatadi. Samarali unumdorlik tuproqdan o’simlik o’zlashtira oladigan oziq moddalar miqdori bilan belgilanadi. Suniy yoki samarali unumdorlik inson faoliyati ishtirokida hosil bo’ladi va u tuproqda inson tomonidan oziq elementlarining ko’paytirilishiga, suv bilan taminlanishiga, tuproq fizik xossala-rining yaxshilanishiga bog’liq. Binobarin, tuproq unumdorligi ijtimoiy, iqtisodiy tuzumga, ilm-fanning, texnika taraqqiyotining, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi bilan bevosita bog’liqdir. Tabiiy unumdorlik inson faoliyati tasirida doimo to’ldirilib boriladi. Ammo, inson tuproq unumdorligi haqida tegishli g’amxo’rlik qilmasa yoki uni malum darajada ushlab tura olmasa, samarali unumdorlik tabiiy unumdorlik darajasidan ham pasayib ketishi mumkin. Tuproqning samarali unumdorligini oshirish usullari xilma-xildir. Tuproqqa maqbul darajada ishlov berish, o’g’itlar va turli meliorativ tadbirlardan foydalanish, almashlab ekish, yerdan foydalanishning ilmiy asosda tashkil etishi, tuproqning ekologik holatini yaxshilash singari tadbirlar tuproq unumdorligining samaradorligini keskin oshirish imkonini beradi.

Madaniylashgan tuproq - deyilganda agrokimyoviy va agrofizikaviy xossalari,
shu tufayli unda suv, havo, issiqlik va oziqa rejimlari yaxshi bo’lgan, ekinlarning normal o’sishi va rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratilgan tuproq tushuniladi. Yer asosan biologik, kimyoviy va fizik usullarda madaniylashtiriladi. Biologik usul - bunda, tuproqdagi organik moddalarning sintezlanishi va chirishini boshqarish, serhosil, kasallik va zararkunandalarga chidamli navlarni ekish, almashlab ekishni joriy etish kabi tadbirlar amalga oshirilishi lozim. Kimyoviy usul - bunda, yerga har xil mineral, bakterial o’g’itlar solinadi, gips va boshqa moddalar qo’llanilib, tuproqda o’simlik oson o’zlashtiradigan holatdagi moddalar miqdori ko’paytiriladi. Yer ohaklanganda tuproqning kislotaligi, gipslashda esa ishqoriyligi normallashib, o’simliklarning o’sishi uchun yaxshi muhit vujudga keladi. Fizik usul – bunda, yerga fizik-mexanik tasir etiladi, ya’ni yerga har xil ishlovlar beriladi, tuproqning strukturali bo’lishi va uning havo, issiqlik, suv va boshqa rejimlarini boshqarishda o’tkaziladigan tadbirlar kompleksi amalga oshiriladi. Bundan tashqari, mayda kartalarni yiriklashtirish, yerlarning zaxini qochirish, sho’rini yuvish, sizot suvlar sathini pasaytirish yuzasidan o’tkaziladigan kollektor-drenaj ishlari hamda ekin ekishdan oldin va keyin olinadigan egat va jo’yaklar ham fizik usulga kiradi. Bundan tashqari mexanikaviy tarkibi og’ir tuproqli dalalarga qum sepish, yengil tuproqli uchastkalarda kalmotaj qilish (loyqa bostirish) mumkin. Tuproqning unumdorlik va madaniylik darajasi undagi chirindi, mikroorganizmlar miqdori, tuproq muhiti, donadorligi, qattiq va yumshoqligi, tuzilishi, haydalma qatlam qalinligi va boshqa ko’rsatkichlarga qarab aniqlanadi. Organik o’g’itlar, asosan, go’ng, yerlarni madaniylashtirishda muhim ahamiyatga ega. Yerlarni muntazam go’nglash natijasida tuproqda chirindi, azot, fosfor va kaliyning harakatchan holatdagi miqdori ko’payib, uning singdirish sig’imi, asoslar bilan tuyinishi darajasi, nitrifikasiya qobiliyatining ortishiga olib keladi, mahalliy o’g’itlar bilan yerga ko’plab mikroorganizmlar tushadi va ular ham tuproqni madaniylashtirishda katta ahamiyatga ega. Dehqonchilik madaniyati past bo’lsa, yerning haydalma qatlamida begona o’t urug’lari va ularning o’suv organlari ko’p bo’ladi. Ular ekinlarni ifloslantirishda asosiy manba bo’lib xizmat qiladi. Begona o’t urug’i va o’suv organlarining ko’p bo’lishiga asosan almashlab ekishga rioya qilmaslik, yerlarni o’z vaqtida sifatli ishlamaslik, ekinlarni yuqori agrotexnika asosida parvarish qilmaslik, begona o’tlarga qarshi kurashishda maxsus tadbirlarni joriy qilmaslik, hosilni o’z vaqtida yig’ib terib olmaslik va xokazolar sabab bo’ladi. Haydalma qatlam qanchalik qalin, unumdor bo’lsa o’simliklarning ildiz tizimi shunchalik chuqur qatlamlarga tarqalib o’sadi va serhosil bo’lib yetiladi.


II - BOB. ALMASHLAB EKISH

Almashlab ekish va uning ahamiyati.
Almashlab ekish deb, ekinlarni yillar davomida dalalar bo’yicha yuqori agrotexnik sharoitda tuproq unumdorligini yaxshilash va hosilni oshirishni ta’minlaydigan to’g’ri navbatlab ekishga aytiladi. Almashlab ekishning ahamiyati shundaki,uning tarkibidagi ko’p yillik o’tlar o’zidan keyin yerda ko’p miqdorda organik moddalar qoldiradi. Shu tufayli tuproqning strukturasi, suv-fizik xossalari, namlik sig’imi, zichligi, tuproqning oziq, issiqlik, havo rejimlari va mikroorganizmlar faoliyati yaxshilanadi. Almashlab ekish ta’sirida tuproqda turli kasalliklar va hashoratlar miqdori keskin kamayadi. Faqat ekinlar navbatlashuvi ilmiy asosda tashkil etilib, joriy etilgandagina tuproq unumdorligini saqlash va oshirish mumkin. Maydon, kasalliklar manbai va begona o’tlardan tozalanadi, hosildorligini oshirish bilan chorvachilik yem-hashak bazasini ko’tarishda ham katta rol o’ynaydi. Bir dalaning o’zida bitta ekinning uzoq vaqt eqilishi surunkasiga ekish deyiladi. ʼXo’jalik maydonlarining ko’p qismida uzoq vaqt bitta ekinni eqilishi monokulturadeyiladi. Ekinlar o’zaro navbatlashmasdan bir maydonda uzluksiz ekilaversa, hosildorlikka putur yetkazadigan salbiy oqibatlar yuzaga kela boshlaydi, ekinga qanchalik parvarish berilsada hosildorlik ko’tarilmasdan pasaya boradi. Bunga sabab, o’simlikning bir tomonlama tanlab oziqlanishi bo’lsa, unga o’ziga xos kasallik, zararkunanda va moslashgan begona o’tlar paydo bo’ladi. Tajriba ma’lumotlariga ko’ra, surunkasiga g’o’za ekilgan yerda vilt kasali 40-50% ni, almashlab ekilgan dalada esa 9% ni tashkil qilgan. Ma’lumki turli ekinlarning ildizi turlicha rivojlanadi. Shu tufayli ekinlar yerdan oziq elementlarni har-xil o’zlashtiradi. Masalan. g’alla ekinlari tuproqdan ko’p miqdorda fosfor, ildizmevalar esa kaliyni, dukkaklilar fosfor va kaliyni, g’o’za esa azot va fosforni ko’p o’zlashtiradi. Shu tufayli tuproqqa surunkasiga bir xil ekin ekish oqibatida oziq moddalarning bir tomonlama kamayish jarayoni sodir bo’ladi. Bunday jarayon surunkali davom etishi natijasida tuproq unumdorligi keskin pasayadi. Almashlab ekish natijasida begona o’tlar miqdori 30-50% gacha kamayadi, o’g’itlar samaradorligi 30-40% oshadi, har bir gektar ekin maydoniga sarflanayotgan suv 10-25% gacha tejaladi. Almashlab ekish ta’sirida ko’p yillik yem-xashak ekinlari botqoqlanish va sho’rlanish jarayoni ya’ni tuz to’planishini kamaytiradi, natijada ekinlarning hosildorligi 10-35% gacha oshadi.Almashlab ekish turlari.

Almashlab ekish, olinadigan mahsulotlarning turiga qarab dala, yem-xashak va maxsus turlarga bo’linadi.(1- jadval)

1. Dala almashlab ekish. Bunda umumiy maydonning yarmidan ko’pida don va texnik ekinlar ekiladi. Ular asosan bug’doy, g’o’za, zig’ir va hokoza ekinlardir.

2. Yem-xashak almashlab ekishda umumiy ekin maydoning ko’pini yem-xashak ekinlari tashkil qiladi. Ular ham o’z navbatida ikkiga bo’linadi: ferma oldi va pichan tayyorlash (yaylov). Ushbu jadvalda berilgan almashlab ekish klassifikasiyasi Timiryazev nomidagi Moskva qishloq xo’jalik akademiyasining dehqonchilik kafedrasida ishlab chiqilgan. Ferma oldida almashlab ekish fermaga yakin yerlarda tashkil qilinadi va ularda chorva mollariga ko’kat holda yediriladigan silosbop o’simliklar ekiladi. Pichan tayyorlanadigan yaylov almashlab ekishlar esa o’tloqlarda tashkil qilinadi. Bunda asosan ko’p yillik va bir yillik o’tlar ekiladi. Maxsus almashlab ekishda alohida sharoitni talab qiladigan yani tuproq unumdorligi yuqori va sug’orishning maxsus usullarini talab etadigan ekinlar ekiladi. Bunday ekinlarga sholi, sabzavot, poliz, tamaki, kartoshka, kanop va boshqalar kiradi.

Barcha almashlab ekishlarda yem-xashak ekinlarining salmog’i 37,5% ni, shu
jumladan beda 25% ni, boshqa oziq ekinlari esa 12,5% ni tashkil etadi. Sabzavot-poliz ekinlari va kartoshkaning salmog’i 62,5% ga to’g’ri keladi. Sabzavotalmashlab ekishda to’rt dala sabzavot, bitta dala kartoshka bilan band qilingan yoki ularning salmog’i 50 va 12,5% ni tashkil qiladi. Poliz almashlab ekishda poliz ekinlariga uch dala, sabzavot va kartoshkaga bittadan dala ajratiladi yoki ularning salmog’i 37,5; 12,5 va 12,5% ni tashkil etadi. Kartoshka almashlab ekishda kartoshkaga uch dala, sabzavot va poliz ekinlariga esa bittadan dala ajratiladi.Kartoshka 37,5% ni, poliz ekinlari 12,5% ni va sabzavotlar 12,5% ni band qiladi.

1 - jadval

Almashlab ekishlar klassifikasiyasining sxemasi.


Almashlab ekish tiplari

Turlari

1. Dala ekinlari


2.Yem-xashak ekinlari:

a) ferma oldi o’simliklari

b)pichan tayyorlanadi-gan

yaylov o’simliklari

3.Maxsus almashlab ekish


Download 36.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling