Zulfiya (1915-1996)


Download 496.7 Kb.
Sana26.01.2023
Hajmi496.7 Kb.
#1127568
Bog'liq
Zulfiya

ZULFIYA (1915–1996)

Aziz o‘quvchi! Balki Sizning maktabingizda yoki qo‘shni maktablarda Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan qizlar o‘qir. Siz, albatta, shunday mukofot borligini yaxshi bilasiz.

U har yili respublikamizda ta’lim, fan, adabiyot, san’at sohalarida o‘z iste’dodini namoyon etayotgan maktab, kasb-hunar kolleji va akademik litseylar hamda oliy o‘quv yurtlarida o‘qiyotgan qizlarga taqdim etilishini ham eshitgansiz.

Ana shunday nufuzli mukofot nega Zulfiya nomida, uning o‘zi kim, qanday xizmatlari bilan bunday sharafga sazovor bo‘lgan deb qiziqqan bo‘lsangiz ham kerak? Keling, yaxshisi, hikoyamizni diqqat bilan o‘qing!

Zulfiya Isroilova xalqimizning atoqli va ardoqli va-kili, O‘zbekiston xalq shoiri, xalqaro «Nilufar», Ja-voharlal Neru nomidagi hamda Davlat mukofotlari sohibasidir.

U 1915-yili Toshkent shahrining qadimiy Dergez mahallasida tavallud topgan. Avval boshlang‘ich maktabda, so‘ng xotin-qizlar bilim yurtida tahsil olgan.

1935–1938-yillarda O‘zbekiston Fan-lar akademiyasining Til va adabiyot instituti aspiranturasida o‘qigan. Shundan keyin turli nashriyotlarda ishlagan. 1953-yil-dan 1980-yilgacha, qariyb o‘ttiz yilga yaqin respublikamizda keng tarqalgan «Saodat» nomli xotin-qizlar jurnalida bosh muharrir bo‘lgan.

1935–1938-yillarda O‘zbekiston Fan-lar akademiyasining Til va adabiyot instituti aspiranturasida o‘qigan. Shundan keyin turli nashriyotlarda ishlagan. 1953-yil-dan 1980-yilgacha, qariyb o‘ttiz yilga yaqin respublikamizda keng tarqalgan «Saodat» nomli xotin-qizlar jurnalida bosh muharrir bo‘lgan.

Zulfiyaning dastlabki she’rlari «Hayot varaqlari» nomi bilan 1932-yilda bosilib chiqqan. Shundan so‘ng shoiraning «She’rlar» va «Qizlar qo‘shig‘i» (1938-yil), «Uni Farhod der edilar» (1943-yil), «Hijron kunlarida» (1944-yil), «Dalada bir kun» (1948-yil), «Tong qo‘shig‘i» (1953-yil), «Yuragimga yaqin kishilar» (1958-yil), «Kuylarim sizga» (1965-yil), «O‘ylar» (1965-yil), «Shalola» (1974-yil) kabi o‘nlab she’riy to‘plamlari chop etildi.

U atoqli o‘zbek shoiri Hamid Olimjon bilan oila qurgan. Bi-roq ular orzularga to‘la hayot kechirayotgan pallada – 1944-yili mashina halokati tufayli turmush o‘rtog‘idan ayriladi. Shundan so‘ng umr bo‘yi o‘z muhabbatiga sodiq qolib Hamid Olimjon-ning ishlarini sabot bilan davom ettiradi. Uning «Semurg‘», «Zaynab va Omon» dostonlari asosida pyesa va opera libretto-larini yaratadi. O‘zi ham «Quyoshli qalam», «Mushoira», «Xoti-ra siniqlari» kabi poemalar yozadi. Rus, ukrain, ozarbayjon, hind shoiralarining she’rlarini o‘zbek tiliga tarjima qiladi.

Zulfiya keng tanilgan jamoat arbobi edi. U Osiyo, Afrika va Yevropaning o‘nlab davlatlarida bo‘lib xalqaro xotin-qizlar ham-da adabiyot namoyandalarining harakatlarida faol ishtirok etar edi. Uning she’rlari ingliz, nemis, rus, bolgar, xitoy, hind, yapon, arab, fors, vetnam kabi juda ko‘p xorijiy tillarga tarjima qilingan edi. Shoira 1996-yil 81 yoshida vafot etgan.

ZULFIYA SHE’RLARIDAN NAMUNALAR

BAHOR KELDI SENI SO‘ROQLAB


Salqin saharlarda, bodom gulida,
Binafsha labida, yerlarda bahor,
Qushlarning parvozi, yellarning nozi,
Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor...
Qancha sevar eding, bag‘rim, bahorni,
O‘rik gullarining eding maftuni.
Har uyg‘ongan kurtak hayot bergan kabi
Ko‘zlaringga surtib o‘parding uni.
Mana, qimmatligim, yana bahor kelib,
Seni izlab yurdi, kezdi sarsari.
Qishning yoqasidan tutib so‘radi seni,
U ham yosh to‘kdi-yu, chekildi nari.
Seni izlar ekan bo‘lib shabboda,
Sen yurgan bog‘larni qidirib chiqdi.
Yozib ko‘rsatay deb husn-ko‘rkini,
Yashil qirg‘oqlarni qidirib chiqdi.
Topmay, sabri tugab bo‘ron bo‘ldi-yu
Jarliklarga olib ketdi boshini.
Farhod tog‘laridan daraging izlab,
Soylarga qulatdi tog‘ning toshini.
Qirlarga ilk chiqqan qo‘ychivonlardan
Qayda shoir, deya ayladi so‘roq.
Barida sukunat, ma’yuslik ko‘rib,
Horib-charchab keldi, toqatlari toq...
So‘ngra jilo bo‘lib kirdi yotog‘imga,
Hulkar va Omonning o‘pdi yuzidan,
Singib yosh kuydirgan za’far yonog‘imga
Sekin xabar berdi menga o‘zidan.
Lekin yotog‘imda seni topolmay,
Bir nuqtada qoldi uzoq tikilib.
Yana el bo‘ldi-yu kezib sarsari,
Mendan so‘ray ketdi qalbimni tilib:
«Qani men kelganda kulib qarshilab,
Qo‘shig‘i mavjlanib bir daryo oqqan?
«Baxtim bormi deya, yakkash so‘roqlab»
Meni she’rga o‘rab suqlanib boqqan?
O‘rik gullariga to‘nmaydi nega,
Elda hilpiratib jingala sochin?
Nega men keltirgan sho‘x nashidaga
Peshvoz chiqmaydi u yozib qulochin?
Qanday ishqqa to‘lib boqardi tongga,
Kamol toptirardi keng xayolimni.
Uning rangdor, jozib qo‘shig‘ida
Mudom ko‘rar edim o‘z jamolimni.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
Download 496.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling