“ ” fakulteti “ hayot faoliyati xavfsizligi


Download 493.2 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana20.06.2023
Hajmi493.2 Kb.
#1635897
1   2   3   4
Bog'liq
2-Tajriba ishi

Sun`iy changlar: sanoat korxonalarida va qurilishlarda insonning bevosita yoki bilvosita ta`siri natijasida 
hosil buladi. Masalan, mashinasozlik sanoatida cho`yan ishlab chiqaruvchi domna va marten pechlarida 
va hamda tosh tsexlarida, issiqlik elektrostantsiyalarida yoqilgan ko`mirning ma`lum qismi kul va tutun 
sifatida atmosferaga chiqarib yuboriladi. Qurilish ishlarida er qazish, portlatish, tsement ishlab chiqarish, 
shuningdek tog’lardan ma`danlarni qazib olish va boshqa juda ko`p ishlarda ko`plab miqdorda chang 
ajraladiki, bu changlarni atrof-muhitga chiqarib yuborish tabiatga haloqatli ta`sir ko`rsatishi mumkin. 


Sanoatning ba`zi bir tarmoqlarida, masalan, kimyo sanoatida shunday havfli sanoat changlari ajraladiki, 
ularni tozalamasdan chiqarib yuborish fojiali holatlarni vujudga keltiradi. Kelib chiqishi buyicha organik, 
mineral va aralashma changlar mavjud. CHangning zararli ta`sirining tavsifi asosan uning kimyoviy 
tarkibiga bog’liq. CHangning kattaligi (ya`ni dispers tarkibi) buyicha uch guruxga bo`lib qaraladi: 
a) kattaligi 10 mkm dan katga bulgan changlar yirik chaiglar deb ataladi. Odatda bunday changlar o`z 
og’irligi ta`sirida erga qo`nadi; 
b) katgaligi 10 mkm dan 0,25 mkm gacha bulgan changlar. Bu changlarni mayda changlar yoki 
mikroskopik changlar deb yuritiladi. Ular erga ma`lum ijobiy sharoitlar bulganda, masalan, yomg’ir, 
qor va shabnam kabi erga yog’ilayotgan og’ir zarralarga ilashib qo`nishi mumkin; 
v) kattaligi 0,25 mkm dan kichiq bulgan changlar ultra mikroskopik changlar deb yuritiladi va bu 
changlar hech qachon erga qo`nmay, betartib harakat qilib, uchib yuradi. 
Chang inson organizmiga nafas olish organlari orqali kirib, kasallikka olib keladi. Silikoz, silikatoz, 
changli bronxit, branxal astma, pnematiya va boshqa kasalliklar changdandir.
Umumiy sanitariya talablariga muvofiq havodagi changning ruxsat etiladigan konsentratsiyasi 
(GOST bo’yicha) ishlash joyida 1mg/m
3
dan 10 mg/m
3
gacha bo’lishi mumkin. Buni o’lchashning turli 
usullari bulib, changning og’irlik o’lchash usuli eng qulayidir. Bu usulda changli iflos havoni tuzitib, filtr 
orqali o’tkazishga va filtr og’irligini o’lchashga asoslangandir. Filtrlovchi material sifatida polimerli 
smoladan tayorlangan FPP (Petryanov filtri) materiallari ishlatiladi. FPP da filtrlovchi tuqima sifatida 
perxlorvinil va diatsetit sellini, bunga sabab ularning gidrofoblik va kislota, ishqor, tuzlarning 
erituvchilariga nisbatan yuqori ximiyaviy chidamliligi bilan ajralib turadi. Asetat tolalardan tayyorlangan 
to’qimalarda gidrofoblik bo’lib, kislota asos ta’siriga unchalik chidamli emas, ammo 10
0
C issiqlikka 
chidamli.Perxlorvinilning filtrlash qobiliyati 100% ga yaqin. Ish joyidagi havoning changdan 
himoyalanish vositalaridan biri, shamollatgichlar o’rnatish. Ammo ishlab chiqarishdagi katta 
korxonalarda bu vositalar orqali changni yo’qotish unchalik samarali emas. Shu sababli ham bunday 
korxonalarda nafas olish organlarining individual himoya vositalari (SIZOD – sredstva individualnoy 
zashiti organov dixaniya) ishlatiladi. Bular orasida ShB-1 respiratorlari, "Lepestok", Astra-2,U-2K,RP-
KM, "Kama", "Snejok", F - 62ShM va boshqalar ayniqsa qulaydir. 

Download 493.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling